Telefon: (+99894)-918-02-27 Sayt:Shuhratbek.uz Muallifi: Shuhrat Nurg’oziyev Xasanovich
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad:
O’quvchilarga Turkistonda mustamlaka tartibotini kuchaytirish yo‘llari, O‘rta Osiyoga temir
yo‘llarning o‘tkazilishi, o‘lkada harbiy politsiya tartiboti, 1881-yilgi «Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini
qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom», 1892-yildan boshlab 1916-yilga qadar
Turkistonda «kuchaytirilgan qo‘riqlov» hamda mahalliy aholi armiyada xizmat qilishdan ozod etilishi
sabablari haqida tushunchalar berish.
Tarixiy davrlar va yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
Mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar
mazmunini, tarixiy shaxslar haqida, tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi hamda
mazkur davrga oid tarixiy joylarni tarixiy xaritadan ko’rsata oladi, ma’lumot bera oladi.