TEMA-12. MASSA ALMASHINISH JARAYONIDA TARELKALAR
Massa almashinish jarayonida tarelkalarni vazifalari
Kolonnali qurilmalarda qo‘llaniladigan tarelkalar asosan 4
guruhga
bo‘linadi:
- qalpoqchali (dumaloq, tarnovcha va boshqa shaklli, s-simon elementli va h);
- ag‘dariluvchi (to‘rtburchak tirqishli, elaksimon va h);
- klapanli (turli shaklli va ko‘ndalang kesimli klapanlar);
- oqimchasi yo‘naltirilgan tarelkalar.
Tarelka seksiyalari 2 xil bo‘ladi: to‘g‘ri burchakli va egri chiziqli.
TSK–1 tipidagi dumaloq qalpoqchali tarelka konstruksiyasi 12.1–rasmda
keltirilgan.
12.1-rasm. TSK – 1 tipidagi qalpoqchali tarelka.
1 – segmentli to‘kilish patrubkasi; 2 – tarelka asosi; 3 – to‘kilish to‘sig‘i; 4
– rostlovchi planka; 5 – to‘siq; 6 – siqish halqasi; 7 – tayanch ugolnik; 8 – planka;
9 – ushko; 10 – halqa; 11 – M12x60 o‘lchamli shpilka; 12 – M10x20 o‘lchamli
shpilka; 13 – vtulka; 14,18 –
gaykalar; 15 – vint; 16 – skoba; 17 – qalpoqcha;
19,20 – shaybalar; 21 – zichlagich.
Tarelkali absorberlar
samarali va eng keng tarqalgan qurilmalardan bo‘lib,
uning ichida butun balandligi bo‘yicha bir xil masofada
bir nechta tarelkalar
o‘rnatilgan. Teshikli tarelkalar orqali ham gaz, ham
suyuqlik harakatlanadi va
undan o‘tish paytida bir fazadan ikkinchisiga massa o‘tadi. Gaz fazaning suyuqlik
qatlamidan o‘tishi davrida pufakcha va ko‘piklarning hosil bo‘lish jarayoni
barbotaj
deb nomlanadi. Suyuqlik va gaz (yoki bug‘) ni bir-biri bilan to‘qnashishi
zarur bo‘lgan hollarda barbotaj qo‘llaniladi.
Barobataj asosan ikki rejimda kechishi mumkin: pufakchali va oqimchali. Gaz
yoki bug‘ning sarfi kichik bo‘lsa, pufakchali rejimni kuzatish mumkin. Bunda, gaz
pufakchalari suyuqlik qatlamini bitta–bitta bo‘lib yorib chiqadi.
Pufakchalar
o‘lchami barbotyor tuzilishiga, suyuqlik va gaz xossalariga bog‘liq.
Agar, gaz tezligi oshirib berilsa, oqimchali rejim paydo bo‘ladi. Barbotyordan
chiqayotgan gaz oqimi shakli va o‘lchami o‘zgarmaydigan "mash’ala"
hosil
bo‘ladi. Odatda, mash’ala balandligi 30...40 mm dan oshmaydi.
Tarelkali kolonnalar qalpoqchali,
klapanli, plastinali va elaksimon tarelkali
bo‘ladi. Fazalarning bir tarelkadan ikkinchisiga o‘tishiga qarab quyilish moslamali
va quyilish moslamasiz absorberlarga bo‘linadi.
12.2-rasmda
quyilish
moslamali,
tarelkali
absorber
konstruksiyasi
tasvirlangan.