Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 20,38 Kb.
səhifə1/4
tarix28.04.2023
ölçüsü20,38 Kb.
#107328
  1   2   3   4
KAFEDRA NIZOMI


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI

BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI” kafedrasi


NIZOMI

Termiz -2022
Tasdiqlayman”
Termiz davlat pedagogika instituti
rektori: ____________ A.Qabulov
“______” _____________ 2022 yil


Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudiri faoliyatini baholab borish
TARTIBI
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Vazirlik tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalari kafedralari (keyingi oʻrinlarda kafedra deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, kafedra mudirlari maʼsuliyati, oʻrni va rolini kuchaytirish, ularning funksional vazifalarini qatʼiy belgilash hamda kafedradagi oʻquv, oʻquv -uslubiy, ilmiy - tadqiqot, ustoz-shogird ishlarni yanada takomillashtirish va kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibini belgilaydi.
Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻra maxsus taʼlim vazirligining 2017- yil 28- apreldagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalari kafedralar faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibini tasdiqlash haqida” gi 267- sonli buyrugʻi asosida tuzildi.
I. Umumiy qoidalar
1. “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi Termiz davlat pedagogika instituti hamda “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Kafedra bir yoki bir necha turdosh fanlar boʻyicha oʻquv, ilmiy -tadqiqot ishlari, ustoz-shogird ishlarni, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
2. Kafedra tarkibiga professor-oʻqituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, shuningdek, oʻquv-yordamchi xodimlar kiradi.
3. Kafedra professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalariga pedagogik xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ga muvofiq qabul qilinadi.
4. Kafedrada oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni taʼminlovchi oʻquv va ilmiy laboratoriyalarga, kabinentlarga ega.
5.Mutaxasis chiqaruvchi kafedralar kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona yoki tashkilotlar hududida tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanishi mumkin.
Kafedra faoliyati Termiz davlat pedagogika instituti va korxona (tashkilot) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.

Yüklə 20,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə