Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4- kurs 420 -guruh talabasi Shodiyeva Qizlarxonning Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan taqdimoti



Yüklə 17,74 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü17,74 Mb.
#133622
SHODIYEVA QIZLARXON taqdimot

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4- kurs 420 -guruh talabasi Shodiyeva Qizlarxonning Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan taqdimoti

Men tug’ilgan yurt


Sherabod tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarb tomondan Turkmaniston bilan chegaradosh. Tuman shimolidan Boysun, shimoli-sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, jan.dan Muzrabot, janubi-shardan Angor tumanlari, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming km². Aholisi 173.2 ming kishi (2018). Sherobod tumanida 1 shahar (Sherobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Choʻyanchi, Zarabogʻ, Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Talashqon, Koʻhitang, Yangiturmush) bor. Markazi — Sherobod shahri
Tabiati
Relyefi tekislik, adir va togʻlikdan iborat. Tekislik qismi choʻl landshaftli. Tuman gʻarbida Koʻhitang togʻ tizmasi (eng baland joyi Ayri ota choʻqqisi, 3139 m), togʻlar orasida Zarabogʻ va Pashxoʻrd botiqlari joylashgan. Janubiy gʻarbidan shimoli-sharqqa tomon SherobodSariqamish qirlari oʻtadi. Foydali qazilmalardan katta zaxiraga ega boʻlgan osh tuzi, oltingugurt, qoʻmir, yonuvchi slanets, marmar, granit va qurilish materiallari konlari mavjud. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 18°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekislik qismida 3,6°, togʻlarda −6°, eng past tempatura −20°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 32,1°, eng yuqori tempatura 48°. Yiliga 150 mm yogʻin tushadi, gʻarbiy togʻ oldi zonasida 500 mm ga yetadi. Vegetatsiya davri 266 kun. Tuman hududidan Sherobod daryosi va uning Maydon, Ilonsoy, Laylagonsoy irmoqlari oʻtadi. Tumanning janubiy chegarasi boʻylab Zang kanali, sharqdan Sherobod magistral kanali oqadi. Oqtosh, Dashxoʻrd, Zarabogʻ qishloqlari atroflarida qadimda foydalanib kelinayotgan korizlar bor.
Iqtisodiyoti
Tumanda paxta tozalash, keramika, gʻisht, un zavodlari, MTP, „Xoʻjaikon“ tuz koni, „Kampirtepa“ granit karyeri, 130 dan ziyod xususiy firma, 16 aksiyadorlik jamiyati, dehqon bozori, qurilish va transport korxonalari, 250 savdo, 170 maishiy xizmat, 50 jamoa ovqatlanish obyektlari bor. Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan.
Sherobod tumanida 11 shirkat, 3 dehqon fermer xoʻjaliklari uyushmasi, 256 fermer, 1 asalarichilik, 2 qorakoʻlchilik xoʻjaliklari mavjud. Sugʻoriladigan yerlarning 16,5 ming gektariga paxta, 13,4 ming gektariga gʻalla ekiladi. Shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, uzum, meva ham yetishtiriladi. 24,7 ming gektar yer oʻrmonzor, 2,2 ming gektar yer koʻp yillik daraxtzor, 127 ming gektar yer yaylov bilan band (2003).
Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 32,6 ming qoramol (shu jumladan, 15,3 ming sigir), 122,6 ming qoʻy va echki, 57,3 ming parranda, 800 dan ziyod yilqi boqiladi.
Xoʻjaikon tuz koni 1942-yilda ishga tushirilgan edi. Hozirgi kunda u mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir. Tuz konidi yiliga 760 ming tonna sanoat tuzi, 93 ming tonna osh tuzi ishlab chiqarilmoqda 1995-yili Amerika Qoʻshma Shitatlaridan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan istemol tuzi ishlab chiqarish yoʻnalishi tushirildi.
O‘ttiz uch yildan buyon mahalliy va xorijlik tibbiyot turizmi shaydolarining dardiga malham bo‘layotgan sirli go‘sha devorlari 1−3 santimetrgacha tuz qatlami bilan qoplangan. Havo harorati 14 dan 25 darajagacha bo‘ladigan g‘orning uzunligi 200 metrni tashkil etadi. G‘orning ichki uzun yo‘lakchasida tuz eritmali shifobaxsh suv bor.
Mutaxassislarning aytishicha, g‘ordagi muhit yuqori nafas olish a’zolari jumladan, yurak qon tomir tizimi kasalliklarining 1-2 bosqichlari va endokrin tizimi kassaliklari, ayniqsa, zob-bo‘qoq kasalliklariga shifo bo‘ladi. Qon bosimini me’yorlashtirib, bronxit, astma, yosh bolalarda surunkali laringit, katta va kichik yoshdagi rinit, polinoz, zotiljam, pnevmoniya, o‘pkaning shamollashi, asab sistemasi kasalliklarini samarali davolaydi. Sho‘r suvi stomatit, laringit, rinit, polinoz, allergik dermatit, parodontoz, teri kassaliklarini davolashga yordam beradi.
Ayni paytda mahalliy tadbirkorlar bu yerdagi tuz toshidan turli zeb berilgan tungi chiroqlar yasashni ham yo‘lga qo‘ygan. Suvenir shaklidagi bu mahsulot yoqib qo‘yilsa, tarkibida tabiiy yod mavjud tuz toshi qizib, o‘zidan tarqatadigan ion yordamida nafas yo‘li kasalliklarini davolaydi.
Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Termiziy Abu Isoning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilar uning: “Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelganlar”, – degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar.[1] Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.
Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho ed
Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), "ashShamoil annabaviya" yoki "AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlal filhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼ as-sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoil an nabaviya"ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga, yaʼni siyratga bagʻishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "Ash-Shamoil an-nabaviya" oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990-yil Termiziy tavalludining 1200-yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi 2016 2017-yillari qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.
Sheroboddan koʻplab ijodkorlar taniqli kishilar etishib chiqan bulardan bir rang tasvir ustasi Oʻzbekiston xalq rassomi (1987) Roʻzi Choriyevdir. U 1931-yilda Sherobod tumanidagi Poshhurt qishlogʻida tugilgan Roʻzi Choriyev asarlarida oʻlka manzaralari, oʻtmishi va buguni katta mahprat bilan aks etrilgan. "Boysunlik qariya ", „ Poshhurtlik qiz Barno “ „Sayroblik Chol“"Boysun manzarasi " "Bahor Sherobod manzarasi " „Togʻlar manzarasi“ shular jumlasidandir. Roʻzi Choriyev asarlari Respublika va -xalqarokoʻrgazmalarda namosh etilgan. U — Respublikada xizmat koʻrsatgan sanat arbobi, Xamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati.
Sherabod anorlari
Surxon vohasi, xususan, Sherobod tumanida oʻziga xos anorchilik maktabi yaratilgan va u muttasil rivoj topib bormoqda. Gap shundaki, vohaning boshqa hududlariga nisbatan Sherobodning yeri, suvi, iqlimi anor yetishtirish uchun juda ham qulay. Eng muhimi, mirishkorlarning koʻp yillik tajribasi bois bugungi kunda Sherobod anorlari yetti iqlimga maʼlum va mashhur.
Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, respublikadagi anorzorlarning uchdan bir qismi, yaʼni 33 foizi Surxondaryo viloyatida joylashgan. Aynan Sherobod tumanida 33 ta mahalla anor yetishtirishga ixtisoslashgan. Tumanning drayver tarmogʻiga aylangan anorchilik tajribasini oʻrganish va uni yondosh tumanlar - Bandixon, Qiziriq hamda Muzrabotda joriy qilish maqsadida amaliy harakatlar boshlangan.
Sherobodda mavjud anorzorlarning 1 ming 521 gektari aholi tomorqasi, 3 ming 551 gektari esa fermer xoʻjaliklariga qarashli. Ana shu bogʻlardan har yili aholi 5 ming 815 tonna, qishloq xoʻjaligi korxonalari esa 8 ming 612 tonna hosil oladi.
Yüklə 17,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə