Test 5 ball, har



Yüklə 133,15 Kb.
tarix21.09.2023
ölçüsü133,15 Kb.
#122708
12-variant


Oraliq nazorat (20 ball) 12-variant
Test (5 ball, har biri 1 ball )

  1. Bankning kredit portfeli 65 mlrd.so`m tashkil etdi, to`lanmagan kreditlar miqdori 2,3 mlrd.so`m. Berilgan kreditlar miqdori 49,8 mlrd.so`m. Kredit riski darajasini aniqlang.

4,6%;

  1. Kredit riski, foiz riski, bozor riski qanday risk turiga mansub?

moliyaviy risk;

  1. ……………………………. bu ma’lum sanaga kelib, murakkab foizlar yozilishi (hisoblanishi)ni inobatga olgan holda investitsiya qilingan pullar inflyatsiyani inobatga olgan holda teng bo’ladigan summa.

bo’lajak qiymat;

  1. Nikkei”, “Topix” kabi indekslar qaysi davlat fond bozorlarida qo’llaniladi.

Yaponiya;

  1. Inflyatsiyadan himoyalangan yangi turdagi qo‘shimcha jamg‘arma obligatsiyalari qanday nomlanadi?

I Bond

Topshiriqlar (15 ball, har biri 5 balldan)
1.Savol. Likvidlilik koeffitsiyentlari (batafsil izohlang) (5 ball).
Likvidlik darajasini baholashga xizmat qiladigan asosiy koeffitsiyentlar – bu joriy likvidlik koeffitsiyenti va ancha aniqroq hisoblanadigan kritik baholash koeffitsiyentlari (yoki lakmus qog‘oz koeffitsiyenti) bo‘lib, ular yordamida eng yuqori likvidlikka ega aylanma aktivlar: pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari baholanadi.
Jismoniy yoki yuridik shaxs ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga egaligi holati likvidlik, deyiladi. Aks vaziyat nolikvidlikni anglatadi, ya’ni inson yoki firma ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga ega, ammo buni zudlik bilan amalga oshirolmaydi. Aktivlarining nolikvidligi oqibatida biror-bir muammo kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun firma bo‘lajak daromad va xarajatlar bo‘yicha prognozlarni imkon qadar aniq tuzishi kerak. Ushbu barcha prognozlar aks ettiriladigan reja kassa rejasi, deb ataladi.
2.Masala:“Saltanat” korxonasi kelasi yili 1300,0 ming birlik mahsulotni sotishni rejalashtirgan. O‘zgaruvchan xarajatlar savdoning 45 % tashkil etadi. Firma foiz va soliqlar to‘lovidan avval mavjud bo‘lgan daromadni 15000,0 ming so‘mga ko‘tarmoqchi. Bunga erishish uchun har bir birlik mahsulot narxini qanchaga ko’tarish kerak? (5 ball).




  1. Chizmani nomlang va batafsil izohlang (5 ball).





Foydaning riskka bogʼliqligini
Foydaning riskka bogʼliqligini koʼrsatilgan. Siz risk kamroq (r1 = 0) yechimni tanlashingiz mumkin, lekin bunda olinadigan foyda (F1) ham kam boʼladi, eng yuqori riskda esa (r3) foyda ham F3 ga teng eng yuqori qiymatga ega boʼladi.
Taʼkidlash lozimki, tadbirkor riskni qisman iqtisodning boshqa subektlari zimmasiga yuklab qoʼyishga haqli, lekin undan toʼliq chetlab oʼtolmaydi. Kim tavakkal qilmasa, oʼsha odam gʼalaba qozonolmaydi, deb juda oʼrinli aytilgan. Boshqacha aytganda, iqtisodiy foyda olish uchun tadbirkor ongli ravishda riskli qarorlar qabul qilishi kerak boʼladi.
Tadbirkorlik faoliyatida noaniqlik va risk juda muhim oʼrin tutishini ishonch bilan ayta olamiz, chunki u rejalashtirilgan va haqiqiy natijalar oʼrtasidagi qaramaqarshilikdan iborat, yaʼni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish manbaidir. Bozor munosabatlarida tadbirkorning iqtisodiy xattiharakatlari tanlanadigan, qonunchilik hujjatlaridan kelib chiquvchi imkoniyatlar doirasida tadbirkorlik faoliyati boʼyicha individual dasturda amalga oshiriladigan oʼz riskiga asoslangan. Bozor munosabatlarining har bir qatnashchisi bozorda ishtirokning taʼminlangan ulushi, ishlab chiqarish resurslarini fiksirlangan narxlarda qoʼlga kiritish, pul birliklarining xarid qobiliyati barqarorligi, norma, normativ va boshqa iqtisodiy boshqaruv instrumentlarining oʼzgarmasligi kabi oldindan maʼlum, aniq belgilangan parametrlar, muvaffaqiyat kafolatlaridan avvalboshdan mahrum sanaladi.
Tadbirkor riski, odatda, noanʼanaviy metodlar bilan salmoqli natijalar olishga yoʼnaltirilgan. Shu bilan u konservatizm, dogmatizm, qoloqlik, istiqbolli innovatsiyalarga toʼsqinlik qiluvchi psixologik toʼsiqlarni yengib oʼtish imkonini beradi. Risk qilish qobiliyati –tadbirkor faoliyati muvaffaqiyatli kechishini taʼminlovchi yoʼllardan biri. Tadbirkorlik riskiga xos regulyativ funktsiyaning konstruktiv shakli unda namoѐn boʼladi.Shu bilan birga, agar qaror hodisa rivojiga oid qonuniyatlar kerakli darajada hisobga olinmagan holda, toʼliq axborotga ega boʼlmagan sharoitda qabul qilingan boʼlsa, risk tavakkalchilik ifodasiga aylanishi mumkin. Bu holatda risk beqarorlashtiruvchi omil sifatida namoѐn boʼladi.
Yüklə 133,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə