Topshirdi: Muhammadfozilov. M qabul qildi: Rustamov. I



Yüklə 22 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü22 Kb.
#166999
Uzb tarix maruza

Topshirdi: Muhammadfozilov.M Qabul qildi:Rustamov.I

MAVZU:O’zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan islohotlar


BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ
Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi;
2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi;
1999 yil 27 yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi;
1999 yil 4 noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyalari va boshqalar.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.
Farmon bilan, Agentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlash, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy indeks tuzishni tashkillashtirish yuklatildi.
Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan:
2020–2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) ni bosqichma-bosqich joriy etish.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz elektron platformasini joriy etish.
Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy taʼminotni joriy etish.
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga asoslangan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini taʼminlovchi muhim vositalardan biri o‘z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat (compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘plab davlatlarda, xususan Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi rivojlangan mamlakatlarda “Davlat xizmati to‘g‘risida” gi, “Davlat xizmatida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” gi Qonunlar hamda davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, shuningdek sudyalarning xatti-harakat meʼyorlarini tartibga soluvchi Axloq kodekslari mavjud ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Eʼtiborli jihat shundaki, mazkur normalar bilan davlat xizmatchilarining olishi mumkin bo‘lgan sovg‘a yoki hadyalarning aniq miqdori ham belgilab qo‘yilgan. Masalan, AQSH da ushbu miqdor 20 AQSH dollarini, Fransiyada 35 yevro, Buyuk Britaniyada 140 funt, Rossiyada 3000 rubl etib belgilangan, Kanadada esa mansabdor shaxslarning pul ko‘rinishidagi sovg‘alar qabul qilishi qatʼiyan taqiqlanadi, Singapurda davlat boshqaruvida faoliyat ko‘rsatuvchi mansabdor shaxslarning gonorar, zaym, qimmatli qog‘ozlar kabi to‘lovlarni olishi taʼqiqlangan.
Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuqoridagi xorij tajribasi vazirlik tizimida joriy qilingan bo‘lib, unga ko‘ra xodimlarning fuqarolar, boshqa tashkilotlar xodimlari, jumladan turli joylar va xorijiy mamlakatlarga uyushtiriladigan xizmat safarlari davomida sovg‘alar olishi taqiqlandi. Xorijiy safarlar davomida olingan sovg‘alar, vazirlikka o‘tkaziladigan tartib joriy qilindi. Bundan tashqari, bugungi kunda ilg‘or xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish jarayonida qo‘llayotgan usullaridan biri bu davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishning majburiy etib belgilanganligidir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mansabdor shaxslarning noqonuniy daromad olishni oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishdan iboratdir. Davlat xizmatida ushbu usul bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatda qo‘llanilmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.

Korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini xabardor qilish va ong-bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, xususan:
mavzuli audio-, videoroliklar, bannyerlar, plakatlar va innovatsion axborot-targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq xulqni shakllantirishga qaratilgan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida kampaniyalarni o‘tkazish.

Korrupsiya va unga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada koʻpchilik mamlakatlar tizimli ravishda faoliyat yuritib, davlatdagi ijtimoiy-siyosiy holatni inobatga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqyapti. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish borasida bir qancha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinyapti. Xususan, bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga Qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora–tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmonini shular jumlasidandir. Mazkur hujjatni qabul qilishdan asosiy maqsad yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishni tizimli tashkil qilish, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida byurokratik holatlarini bartaraf etish, yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlash hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan islohotlar davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilishiga asos boʻlib xizmat qilgan 2020-yilning 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga Qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora–tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6013-son Farmonini keltirish oʻrinli. Davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida joriy yilda, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanib, muhokama uchun eʼlon qilindi.
Ushbu farmon va qaror loyihalarida Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini yuritish taklif etilgan. 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi belgilangan. Bundan tashqari, loyihalarda “Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish toʻgʻrisida” Qonun loyihasini ishlab chiqish; Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq roʻyxatini belgilash; korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish; daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik oʻrnatish; korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni oʻtashda yengillashtiruvchi normalar qoʻllanishiga cheklovlar belgilash nazarda tutilgan.
Barchamizga ma'lumki, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Buni mamlakatimizda so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma'muriy islohotlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Ta'kidlash joizki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy tuzilma joriy etilgan bo‘lib, ushbu faoliyatni takomillashtirish uchun muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda korrupsiya illatlarini oldini olish va profilaktika qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Jumladan, Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001 xalqaro standarti joriy qilinib, unga tegishli "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi" sertifikatini qo‘lga kiritildi.
Shuni ta'kidlashimiz zarurki, ISO 37001 bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi samarali tizimni yaratish uchun xalqaro modelni o‘z ichiga olgan dunyodagi birinchi xalqaro standart hisoblanadi.
Bundan tashqari, Agentlikda korrupsiya to‘g‘risida xabar berish yangi aloqa kanallari joriy etildi. Xususan, Agentlikning Ishonch telefoni, Ichki nazorat va komplaens xizmati elektron pochta manzili, Agentlikning rasmiy veb-saytidagi so‘rovnomalar o‘tkazish sahifasi yaratildi hamda korrupsiya holatlari va Agentlik xodimlarning hatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni qabul qilish uchun tegishli Telegram-bot ishga tushirildi.
O‘z navbatida, Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida ish samaradorligini oshirish maqsadida Agentlikning barcha hududiy boshqarmalarida va idoraviy mansub tashkilotlarida Ichki nazorat va komplaens xizmati bo‘linmalari tashkil etildi.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib, Agentlik markaziy apparatida korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori deb topilgan boshqarma va bo‘lim xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi keskin ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida, ularga tegishli tushunchalar berish va ularning malakasini oshirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001 xalqaro standarti doirasida o‘quv kurslarini tashkil qilish natijasida Agentlik xodimlari tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 81-son qarori bilan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilgan. O‘z navbatida, Davaktiv agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha ish faoliyati samaradorligi reytingi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “qoniqarli” natija bilan baholandi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, kelgusida Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha murosasiz kurashishni maqsad qilib qo‘ygan.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni 81-moddasiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu vazifa doirasida Agentlik vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning birgalikda samarali faoliyat yuritishini tashkil etadi.
Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha ko’plab vazifalarni bajaradi. Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolat doirasida boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
2020 yil 21 iyul kuni “Korrupsiyaga karshi kurashishda huquqni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusidagi onlayn xalqaro veb-konferensiya o'tkazildi. Tadbirda Bosh prokuratura rahbariyati va xodimlari, IHTT, Yevropa Kengashining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish va hamkorlik qilish boshqarmasi, BMT NJQB, Aktivlarni qaytarish bo'yicha xalqaro markazi (ICAR), “Mintaqaviy muloqot” XNNT, Moldova, Ruminiya, Sloveniya, Ukrainalik ekspertlar hamda 20 dan ortiq xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy va ta'lim muassasa va idoralarining vakillari ishtirok etdilar. Konferensiya doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish, vakolatli organlar maqsad va vazifalarini takomillashtirish, korrupsiyaviy qilmishlarni kriminallashtirish, korruptsiyaviy jinoyatlarni aniqlashda yangi usul va vositalarni qo'llash, yetkazilgan zararni to'la qoplash, korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, jinoiy yo'llar bilan topilgan mablag' va aktivlarni musodara etish borasidagi xorijiy davlatlar yondashuvi va boshqa masalalar muhokama etildi.
2022-yil uchun “Transrarensy International tashkilotining” “Korrupsiyani qabul qilish" indeksi yangi reytingida O‘zbekiston 14 pog‘onaga ko‘tarilib, indeks bahosida qatorasiga 9 yil davomida barqaror o‘sishiga erishildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan jami 17 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, ularning 13 tasi qabul qilingan.
Xususan, mamlakatimizdagi oxirgi yillardagi oʻzgarishlar natijasida Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻz modelini yaratmoqda.
Mazkur natijalarning asosiy ijrochilari korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul organlar, davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va keng jamoatchilik hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida “Soʻnggi besh yilda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga olib chiqilganligini taʼkidlab, bu borada aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, tizimli preventiv choralarni kuchaytirish zarurligi, korrupsiya balosiga qarshi faqat davlat-huquqiy choralar bilangina emas, balki butun jamiyat qarshi kurashmogʻi kerakligi” qayd etildi.
Korrupsiyaning oldini olish sohasida O‘zbekiston tomonidan so‘ngi yillarda BMTTD, milliy darajadagi sheriklar va xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlik sababli erishilgan yutuqlar shu darajada e’tiborni qozondi-ki, ular ba'zi qo‘shni mamlakatlardagi islohotlar va o‘zgarishlarni ilhomlantirdi. 2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi doirasida, loyiha tomonidan 14ta yirik tadbir o‘tkazildi va ularda mehmon sifatida davlat muassasalari, nodavlat tashkilotlar vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar. Ushbu tadbirlarning eng ko‘zga ko‘rinarlisi 2019 yilning may oyida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda innovasiyalar” nomli BMTTD mintaqaviy forumi bo‘ldi. Ushbu tadbirlarda markaziy o‘rinni umumjahon tajriba almashinuvi hamda Xonkong, Singapur, Janubiy Koreya, Butan, Indoneziya va Skandinaviya mamlakalarining tajribalaridan olingan saboqlar almashinuvi egalladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik yozib o’tilgan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə