Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali



Yüklə 1,36 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#140206
Dinshunoslik

Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Funksional ovqatlanish va bolalar maxsulotlari texnologiyasi yo‘nalishi 18-23-guruh talabasi Asatova Nasibaning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Mavzu: Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi sabablari, e‘tiqodidagi bo‘linishlarning sabablari va oqimlari.

Reja:

  • 1.Islom dinida e’tirof etilgan yo’nalish va mazhablar.
  • 2.Shialik va uning mazxablari.
  • 3.Xorijiylar.
  • 4.E’tirof etilmagan mazxablar hamda zamonaviy diniy siyosiy partiya va oqimlar.

Islom hayot falsafasi ekani, u jamiyaqt a’zolarini eng yuksak bashariy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashni, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik, boshqa dinlarga ehtirom, oliyjanob axloqni targ’ib etishni yaxshi anglab, yetmoq bu muqaddas dinimiz tarixidan xabardor bo’lib, vatandosh ulamolarimizning islom taraqqiyotiga qo’shgan buyuk xissasini bilmoq – har birimiz uchun ham farz, ham qarz.
Mazhab (arabha – yo’nalish, oqim, yo’l, ta’limot). Mazhablar keng tarqalgan barcha dinlarga xos bo’lib, u dinlarda asrlar davomida yuz bergan ixtiloflar bo’linishlardan yuzaga kelgan. Dinlarda vujudga kelgan yirik ajralishlar fanda oqim deb nomlanadi.Islomdagi diniy mazhablar diniy e’tiqod va marosimchilik masalalarida shariat mazhablaridan va diniy ilohiyot oqimlaridan keskin farq qiladi.
Islomda ilk davrda paydo bo’lgan eng birinchi yirik muammo – oily hokimiyatni egallashga pauyg’ambarlardan keyin kim haqliroq degan masala bo’ldi. Ali tarafdorlari “Shia” nomini olib, Islomda birinchi bo’linishni boshlab berdi. Ikki taraf sunniylik va shialik o’rtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yo’nalish ham paydo bo’ldi.
Sunniylik yo’nalishi “Ahli sunna va – l - jamoa” deb ataladi va to’rtta fiqhiy mazhabdan iborat:
1.Xanafiy
2.Shofiiy
3.Molikiy
4.Hanbaliy.
Sunniylikda ikkita aqidaviy ta’limotga amal qilinadi: Motrudiya, Ashariya Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1 mlrd. 300 mln musulmonning 92.5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo’yicha quyidagi nisbatda bo’linganlar:
1.Xanafiylar – 47%
2.Shofiiylar – 27%
3.Molikiylar – 17%
4.Hanbaliylar – 1.5%
Shia yo’nalishi ismoiliy, ibodiy, ja’fariy, zaydiy mazhablarini o’z ichiga olib dunyoda musulmonlarning 7.5 foizini tashkil qiladi.
Xanafiy mazhabi. Xanafiya islomdagi eng ko’p tarqalgan mazhab. Uning asoschisi Abu Xanifa 669 – 767 yillarda yashagan. Imom Abu Xanifa butun umri mobaynida 55 marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotida amaliy jihatdan tadbiq etish imkoniyatiga ega bo’lib, qonun-qoidalarni “qiyos” va “istihson”ni ishlatish orqali boyitadi. Qiyosni shakllantirishda “ra’y” (fikr)ga tayanish tufayli uning maktabi “Ahl – ur – ra’y ” nomini oladi. Hadislarga tayanganlarni “Ahl ul-hadis” deydilar. Biroq Abu Xanifa maktabi an’anani yaxshi bilgan va tan olgan. U: “bizning bu boradagi eng a’lo bilimimiz ra’ydir. Bu – biz erisha olgan eng a’lo narsalardir”, degan. Umumiy tarzda Abu Xanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o’zga huquqshunoslardan farq qilgan.
Xanafiylik fatvolar chiqarish va shaxs masalalari yuzasidan hozir ham Usmoniylar imperiyasining sobiq elatlari, jumladan, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab. Bolqon, Kavkaz, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo mamalakatlari va Xitoyda ham ustuvor mazhab. Bu mazhab musulmonlar dunyosining deyarli yarmiga yoyilgan.
Molikiya mazhabi. Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan. Asoschisi Molik ibn Anas Asbahiy 713 yili Madinada kamon o’qlari yasovchi oilasida tavallud topib, shu yerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga boorish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan. Molik hech bir siyosiy oqimga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo’lmagan. Baxslar va ilmiy munozaralarda ishtirok etmagan, chunki u “ilm – xo’rozlar va qo’chqorlar orasidagi urush emas”, deb hisoblagan. Payg’ambar, sahobalar va tobeinlarining fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavmlarini o’zining “Al – Muvatta” kitobida jamlangan.
Shofiiy mazhabi. Bu mazhab jug’rofiy mintaqa mahsuli bo’lmasdan, ikki o’zga mazhab bilan yaqindan tanishish natijasida payg’ambar ajdodi – Hoshimning akasi Mutallib avlodidan bo’lgan Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn Shofiiy uning asoschisi bo’ldi. Shofiy 767 yil Falastin (G’azna)da tug’ilib, 820 yili Misrda vafot etadi. Shayboniy rahbarligida Iroq fiqhini o’rgandi. Shofiy nazariyasini ifoda etgan “risola” Bog’dodda yozilib, 814 -815 yillarda Misrda qayta ishlanadi. Qonun sohasida Shofiy o’zini Madina mazhabining izdoshi sifatida ko’radi. Behisob bahslarda o’zga mazhab izdoshlarini o’z fikriga o’tkazishga harakat qiladi. Biroq ular o’z qarashlarida qolib, uning ba’zi huquqiy jihatlarinigina o’zlashtiradilar, xolos. Shu asosida yangi mazhab yuzaga keladi. Birgina inson tomonidan ishlab chiqilgan mazhab avvaliga Bog’dodda, keyin Misrda shakllana boradi. Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo’lgani uchun u yerda bu ta’limot chuqur ildiz ortgani tabiiy.
Hanbaliya mazhabi. Bu shaxsiy mazhab.chunki u asosan bir shaxs – Axmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bog’dodda tug’ilib, 855 yili shu yerda vafot etadi. Hadis to’plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko’p sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam etgan 6 jildlik “Musnad al-Imom Ahmad” asarini yaratgan. Shuning uchun va fiqh bo’yicha hechqanday kitob yozmagani tufayli ko’plab musulmon ulamolari uni fiqh emas ko’proq muhaddis sifatida ko’radilar. Biroq shogirdlari uning huquqiy qarashlari va fatvolarini to’plab, bu mazhabga aloqador huquqiy tamoyillar va qonunlarni shakllantiradilar. U “Islomni bid’atlardan qutqaruvchi” degan nom olgan, mu’taziliylarga qarshi ochiqdan – ohiq kurashchilarining tashabbuskori bo’lib maydonga chiqdi.
Shialik yo’nalishidagi mazhablar asosan beshta bo’lib, ularga quyidagilar kiradi : Ismoiliy, Karomatiy, Ravofiziy, Zaydiy, Jafariy mazhablari. Shia yo’nalishining Ismoiliy mazhabi VIII asro’rtalarida shakllanib, X-XI asrlarda yaqin va o’rta sharqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning vujudga kelishi arab xalifaligida sinfiy ziddiyatlarni hamda feodal guruhlar o’rtasida kurash va xalq qo’zg’alonlarining kuchayishi bilan bog’liq. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo’lgan bir guruh shialar 6 – imom Ja’far Sodiqning katta o’g’li Ismoil atrofiga jipslashadilar. IX asr oxiriga kelib Ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topadi. Uning ta’limoti avvalo, ikkiga – zohiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy) yo’nalishiga bo’linadi. O’rta asr mobaynida ismoiliylar orasidan Nazariy (Hashshoshiy), Musta’liy, Druz, Qirmitiy oqimlari ajralib chiqqan,hozirgi davrda Nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Avg’oniston shimolida, Pomirda Musta’liy mazhabi esa, Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, Druz mazhabi Suriya va Livanga saqlanib qolgan.
Qaromatiy mazhabi. Qaromatiylar shia mazhabidagi Ismoiylarning asosiy shaxobchalaridan biri bo’lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ularning rahnamosi Hamdosh ibn Ash’asning o’g’li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaromatiylar 930 yil haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon- taroj qilganlar, bir necha ming hojini va makka aholisini qatl etib, asrga olganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo’lib, Bahroinga olib ketganlar. Faqat 20 yildan keyin katta to’lov evaziga u makkaga qaytarib berilgan.
Zaydiy mazhabi. Zaydiya firqasining asoschisi Zayd ibn Ali Zayn al- obidin (698-740) Madinada tug’ilgan. Imom Zayd otasi qo’lida tahsil oladi. Otasining vafotidan so’ng diniy ilmlarni akasi Muhammad Boqirdan o’rganadi. Shuningdek, o’z tengqurlaridan bo’lgan Ja’far as-Sodiqdan hadis va fiqh ilmlarini o’rgandi. Zayd ibn Ali ilm yo’lida Basraga borib, mu’tazila, qadariya, jahmiya va boshqa turli firqalar aqidalari asoslarini o’rgandi. U vaqtda Basra va Kufada mazkur firqalar kabi xristian va fors falsafasidan ta’sirlangan oqimlar ko’p edi. Bu yerda Vosil ibn Ato (mu’tazila kalom maktabi asoschisi)dan aqida ilmini mukammal egallagach, o’zi uchun mu’taziliylar yo’lini tanladi.
Ja’fariy mazhabi-Shia yo’nalishidagi diniy huquqiy tuzumga kirib, 12- imomga e’tiqod qiluvchi ismoiliylarning asosiy oqimi Ismoiliylar 6-imom Ja’far Sodiqni(vafoti 765) shialik fiqh tuzimining asoschisi deb biladilar. Aslida, bu tuzim bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bo’lib, bunda imom Jafarning deyarli o’rni bo’lmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar qolmagan. Shunga qaramay shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham Ja’fariya deb nomlanadi. Ja’fariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o’rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega.
Ja’fariy mazhabi-Shia yo’nalishidagi diniy huquqiy tuzumga kirib, 12- imomga e’tiqod qiluvchi ismoiliylarning asosiy oqimi Ismoiliylar 6-imom Ja’far Sodiqni(vafoti 765) shialik fiqh tuzimining asoschisi deb biladilar. Aslida, bu tuzim bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bo’lib, bunda imom Jafarning deyarli o’rni bo’lmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar qolmagan. Shunga qaramay shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham Ja’fariya deb nomlanadi. Ja’fariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o’rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega.
Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat:ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. Shunga ko’ra xalifa Usmonni Abu Bakr va Umar yo’lidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Ali, Mu’oviya, Abu Muso al-Ash’ariy, Amr ibn al-Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar;«zolim» podshohga qo’lda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O’z e’tiqodini yashirish printsipini (taqiya) rad etadilar. O’zlari harbiy jihatdan zaif bo’lsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo’laveradi, deb hisobladilar;xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab bo’lishligidan qat’i nazar musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan;namoz, ro’za, zakot va boshqa amallarni imonning bir bo’lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas.
Islom dinida o’z g’oya va qarashlarini ilgari surgan e’tirof etilmagan mazhablar hamda muayyan bir guruhni manfaatini ko’zlagan uning orzu intilishlarini ro’yobga chiqarish maqsadida tuzilgan diniy-siyosiy oqimlar paydo bo’lgan. Bularga: Murjiylar, Mu’taziylilar, Jabariylar, Jahmiylar, Qadariylar, Mushabbihalar yoki ahli At-tashbeh, As-Sifatiya, Salafiya, Vahobiylik, Ahmadiya harakati “Hizbat-tahrir Al-Islomiy” diniy tashkiloti, Tablihchilar jamoasi, Akromiylar, Nurchilar jamoasi, “Tavba”, Islom uyg’onish partiyasi, “Islom lashkarlari”, “Adolat” harakatlari kiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  • Dinshunoslik kitobi.
  • http://reja.tdpu.uz
  • moturidiy.uz

E‘tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə