3
Kirish
Mavzu:Payton dasturlash tilida soda masalalarni dasturlash.
Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari
Rasmiy sayt –
www.python.org
Python mashhur dasturlash tili. U Guido van Rossum
tomonidan yaratilgan va
1991 yilda chiqarilgan.
Python – bu o'rganishga
oson va shu bilan birga
imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi.
Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga
yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Stack Overflow saytining 2019-
yildagi dasturchilar o’rtasida dasturlash tillari bo’yicha
olib borilgan
so’rovnomasida, eng qulay va ko’p foydalaniladigan dasturlash tillari ro’yxatida
Python JavaScriptdan so’ng ikkinchi o’rinni egallagan.
Shu bilan bir qatorda
dunyoning Twitter, Pinterest, HP,
Symantec, Instagram
va Groupon kabi yirik
korxonalar aynan Python dasturlash tilidan foydalanmoqda. YouTube, DropBox,
Google va Quora kabi dunyoning mashhur online
platformalarining dasturiy
ta’minoti ham aynan python dasturlash tilida yozilganligi ushbu
dasturlash tiliga
bo’lgan talabning yuqori ekanligini anglatadi. Python nafaqat web sohasida balki
sun’iy intellekt va robotexnika sohasida ham yuqori talabga ega til hisoblanadi.