Turizim sohasini rivojlantirish
TURIZIM SOHASINI RIVOJLANTIRISH
REJA
Kirish
Asosiy qism
I. BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy asoslari
Iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi
Buyuk Ipak yoʻli va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati
II. BOB. TURIZMNING RIVOJLANISHIDA ASOSIY OMILLAR
Turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sektorlarning roli
Turizm iqtisodiyotining statistik ma’lumotlari
Turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish muammolari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turistik biznesni amalga oshirishni tashkil qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi:
Hozirgi zamonamizdagi iqtisodiyoti rivojlangan barcha davlatlarda har bir soha, tarmoq va yoʻnalishlarga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, ular mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi, aholi turmush darajasini yaxshilanishi va boshqa bir qancha omillarga ma’lum bir ulushda hissa qoʻshib, ta’sir koʻrsatmoqda.
Turizm sohasi xizmat koʻrsatish sohasini eng katta tarkibiy qismidir. Turizm -bu sayohat qilishning bir turi boʻlib, unda kishilar dam olish, biznes qilish, boshqa xalqlar madaniyatini oʻrganish kabi boshqa maqsadlar uchun odatiy boʻlgan muhitdan tashqaridagi joylarga sayohat qilish tushuniladi. Hozirgi shiddatli zamonda turizmning bir qancha turlari mavjudJumladan, rekreatsion turizm, biznes turizm, ekskursiyaviy turizm, ekstremal turizm, madaniy va ma’rifiy turizm, VIP turizm, ya’ni qimmatli dam olish maskanlariga tashrif buyurish, ekoturizm , togʻ turizmi, etnik turizm, dengiz turizmi va boshqalar. Turizmninmg har bir turidan oʻziga yarasha shiddat zavqini, oʻziga ishonch hissini, jasorat va ma’naviyat kuchini, qiyinchiliklarni yengib oʻtish va boshqa oʻta maroqli tarbiyaviy, ibratli his -tuygʻularni olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shu oʻrinda ta’kidlash joizki, turizm mamlakatdagi bir qator mintaqalarning iqtisodiyoti va madaniyatiga faol ta’sir koʻrsatishdi. Masalan, turizmni faoliyat koʻrsatishi tizimining, sayyohlarga savdo, ijtimoiy-maishiy, madaniy, tibbiy xizmat koʻrsatishning rivojlanishi bilan yaqindan bogʻliqdir.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida turizmning ahamiyati obyektiv ochib berildi. Bugungi kundagi turizmning rivojlantirish bosqichlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Bugungi kunda Turizm sohasidagi qonunlar va Turistik xizmatlar uchun xarajatlar nomli qarorlar metodologik jihatdan olindi.
Yurtimizda boy ma’naviy-madaniy merosi, turli-tuman tarixiy-arxeologik ob’yektlari qulay tabiiy-iqlim sharoiti, hududimizda har qanday landshaftlarini koʻrishimiz mumkin, islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabbarruk qadamjolar koʻp. Ammo mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega boʻla turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toʻliq va samarali foydalanilmadi. Prezidentimizning turizmga oid turli xil hujjatlar qabul qilingani davlatimizning turizm rivojiga yuksak e’tiboridan dalolat boʻldi. Ushbu hujjatlar bilan sohada yigʻilib qolgan muommolarni hal etish, turizm salohiyatini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi, ichki turizmni yanada rivojlantirishga koʻplab imtiyozlar, yengilliklar berildi. Shavkat Mirziyoyev turizmning iqtisodiyotdagi oʻrnini alohida ta’kidlab, mamlakatimizda bu boradagi ahvol va sohani rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini birma-bir tahlil qildi. Turistlar yetarlicha sayohat qilish oʻrniga ichki ishlar idoralarida sarson boʻlayotgandi, ularga yetarlicha sharoit yaratilmayotgandi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” sustkash edi,aeroportlarda eng kichik jihatlar turistlar kayfiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan edi, mehmonxona soni kam edi va koʻrsatilayotgan xizmat a’lo darajada boʻlmayotganini, bir soʻz bilan aytganda, turizm sohasida ulkan imkoniyatlar boʻlishiga qaramay, Oʻzbekistonning turizm infratuzilmasi, turizm xizmatlari sifati va uning darajasi globallashuvva keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmasligini Prezidentimiz tanqid qilib ularga tegishlicha vazifalar belgilagan edi. Bugungi kunda bularning samarasini koʻrayapmiz.
Dostları ilə paylaş: |