Turkiy guliston yohud axloq



Yüklə 23,39 Kb.
tarix12.04.2023
ölçüsü23,39 Kb.
#105087
zebo kenjayeva


Topshiriq: Abdulla Avloniyning “ Turkiy guliston yohud axloq” asarini o’qing va fikr mulohazalaringizni yozing.

Reja
a) Asarni o’qing.Asar to’g’risida fikr-mulohaza yuriting.
b) Tarbiyaga oid fikrlarini tahlil qiling va yaxshi hislatlar va yomon xulqlarni T jadvalda ifodalang.
c) Asardan olgan taassurotlaringiz va fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring.


a) Asarni o’qing.Asar to’g’risida fikr-mulohaza yuriting.
Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o’qub, bilub amal qilgan kishilar o’zining kim ekanin, janobi Haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish qilmak uchun yurganin bilur. Bir kishi o’zidan xabardor bo’lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O’z aybini blib, iqror qilub tuzatmakg’a sa’y va ko’shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Mezon tarozusiga qo’yiladurgan amallarning ichida yaxshi xulqdan og’irroqi yo’qdur. Mo’min banda yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari ro’za tutub ibodat qilgan kishilar darajasiga yetar», – demishlar.
b) Tarbiyaga oid fikrlarini tahlil qiling va yaxshi hislatlar va yomon xulqlarni T jadvalda ifodalang.
T jadval





Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishlar Agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikg’a tavsif bo’lub, «yaxshi xulq» Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga «yaxshi xulq» degan davoni ichidan, «poklik» degan davoni ustidan berub, katta qilmog’i lozimdur.

Agar tarbiyatsiz o’sub, yomon ishlaydurgan bo’lub ketsa, yomonliqg’a tavsif bo’lub «yomon xulq» deb atalur.
 «Eng yomon kishilar ilmiga amal qilmaydurgan kishilar», – demishlar. 
Ammo vijdonsiz kishilarning ishlarida niyat va amallarida, do’st va oshnoliqlarida yashirin bir g’arazlari o’ldig’indan har vaqt hasrat va nadomat chekub, vijdon azobig’a giriftor bo’lurlar.



c) Asardan olgan taassurotlaringiz va fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Fikr va mulohaza o`rnida aytish mumkinki , badiiy adabiyotda inson his-tuyg`usini, ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma`lumki, hayotda turli voqea-hodisalar ro`y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta`sirida shaxs qalbida paydo bo`lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad sodir bo`lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarning namoyon bo`lishini izohlaydi. Shuning uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim. Masalan, “Alpomish” dostoni “Burungi o`tgan zamonda, o`n olti urug` Qo`ng`irot elida Dobonbiy degan o`tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o`g`il farzand paydo bo`ldi. Alpinbiydan tag`in ikki o`g`il paydo bo`ldi: kattakonining otini Boybo`ri qo`ydi. Kichkinasining otini Boysari qo`ydi”, - deb boshlanadi. O`z-o`zidan ma`lumki, Fozil Yo`ldosh o`g`li dostonni tinglovchiga aytilajak asardagi voqealar qanday boshlangani yuzasidan ma`lumot bermoqchi. Matnda baxshi Qo`ng`irot, Dobonbiy, Alpinbiylar bilan tinglovchini tanishtirmoqda. Aslini olganda, dostonning to`liq mazmuni ana shunday xabarlar tizimidan iborat. Endi lirik qo`shiqdan bir namuna keltiraylik:
“Tolga chiqib tol bo`ldim,
Tusholmay behol bo`ldim.
O`z tengimning ichida
Muncha betole bo`ldim”.
Qo`shiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan harakatini aytish emas. Balki o`z tengini topa olmay qalban iztirob chekayotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos. Odatda, qo`shiqlarning dastlabki misralari, ko`pincha, tinglovchini chalg`itish yoki nimanidir ifodalash maqsadida to`qiladi. Asosiy maqsad oxirgi misrada, ba`zan 3-4-misralarda ifodalanadi.Inson qaysi vosita bilan bo`lmasin, o`zining his-tug`usini, ichki kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujudga keladi. Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslarning ma`nosiz qofiyalar yig`indisidan iborat she`riy asarlarini lirika namunasi deb bo`lmaydi. Haqiqiy ma`nodagi lirik asar insonni loqayd qoldirmaydi, unga ma`naviy huzur bag`ishlaydi, estetik rohat beradi.
Xalq og`zaki ijodidagi har bir lirik qo`shiq qachonlardir dil so`zlarini aytish bilan ruhiy olamidagi o`zgarishlarni bildirmoqchi bo`lgan yigit-qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qo`shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak.
Fan o’qituvchisi: Dilfuzaxon Rustamova
Yüklə 23,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə