Urganch innovatsion university “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika” fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Egamberganova Matluba Jobborgonovnaning



Yüklə 21,4 Kb.
tarix19.09.2023
ölçüsü21,4 Kb.
#122450
2022-2023-o\'quv yili yillik hisoboti


Urganch innovatsion university “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va
pedagogika” fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar” kafedrasi
katta o‘qituvchisi Egamberganova Matluba Jobborgonovnaning
2022-2023-o‘quv yili uchun yillik
HISOBOTI
2022-2023-o‘quv yili uchun umumiy yuklama 1 stavka hajmidagi jami 610 soatni tashkil qildi (shundan 110 soati kuzgi, 500 soati bahorgi semester davomida o‘qitildi) va o‘quv yili davomida shaxsiy ish rejaga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
I. O‘quv ishlari
O‘quv yili uchun o‘quv ishlari turlari va miqdori me’yoriy hujjatlar asosida belgilandi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlandi. Yil davomida o‘quv ishlarining amaliy va seminar mashg‘ulot turlari bajarildi:
Kuzgi semestrda kuzgi semestrda Tarix ta’lim yo‘nalishining (sirtqi) 2-kurs 21\01-guruh talabalariga “raqamli tarix”, “maxsus tarix”, “fan va texnika tarixi” fanlaridan va Tarix ta’lim yo‘nalishining (kunduzgi) 1-kurs 22\01-guruh talabalariga “jahon tarixi” fanlaridan jami 110 soat amaliy-seminar mashg‘ulotlari to‘liq bajarildi. Dars qoldirgan talabalar bilan qayta o‘zlashtirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Yuqoridagilarning barchasi tegishli tartibda hemis tizimiga rasmiylashtirildi.
Nazoratlar o‘z vaqtida olindi va hemis tizimiga qayd qilindi. Mavjud fanlardan moodle tizimiga ham materiallar joylandi.
bahorgi semestrda Tarix ta’lim yo‘nalishining (kunduzgi) 1-kurs 22\01-guruh talabalariga “jahon tarixi”, “o’zbekiston tarixi” fanlaridan va Tarix ta’lim yo‘nalishining (sirtqi) 1-kurs 22\01, 22\02, 22\03, 22\04, 22\05, 22\06, 22\07-guruh talabalariga “jahon tarixi” fanidan, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi (sirtqi) 1-kurs 22\01, 22\02, 22\03, 22\04, 22\05, 22\06 talabalariga “o’zbekistonning eng yangi tarixi” fanlaridan jami 500 soat ma’ruza-seminar mashg‘ulotlari to‘liq bajarildi.
Yuqoridagilarning barchasi tegishli tartibda hemis tizimiga rasmiylashtirildi. O‘quv yuklamasidagi 610 soat kalendar reja bo‘yicha o‘z muddatida bajarildi.
II. O‘quv-uslubiy ishlar.
Kuzgi semestr davomida ilmiy-uslubiy ishlarga ham alohida e’tibor berilib, mo‘ljallangan tadbirlar bajarildi. Dastavval o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari va dasturlaridagi talablarni bajarishga harakat qilindi. Shu maqsadda
“jahon tarixi”, “o’zbekiston tarixi” fanlaridan ishchi dastur, kalendar reja va majmua tayyorlanib, tayanch tushunchalar, savol-javob va topshiriqlarga oid uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi. Mavjud fanlardan elektron modul papkasi yaratildi.
O‘quv yili davomida har bir amaliy va seminar mashg‘ulotlariga muntazam ravishda tayyorgarlik ko‘rib borildi. Amaliy mashg‘ulotlarga tarqatma materiallar, seminar mashg‘ulotlarga taqdimot slaydlari tayyorlandi. O‘qitiladigan fanlar bo‘yicha tuzilgan mustaqil ta’lim mavzularini o‘zlashtirishda talabalarga uslubiy ko‘rsatma va yordam ko‘rsatildi.
III. Ilmiy tadqiqot ishlari.
Ilmiy tadqiqot ishlari sohasida joriy o‘quv yilida ilmiy ishim mavzusiga aloqador 1 ta maqola, 2ta xalqaro va 1ta Respublika miqiyosida tezislar tayyorlandi va nashr qilindi:

  1. Etnik identiklik tushunchasi bilan bog’liq ilmiy-uslubiy yondashuvlar. “Imom Buxoriy” jurnali. 1/2023. 104-107 betlar.

  2. Xorazm vohasi turkmanlari moddiy madaniyatidagi o‘ziga xoslik va o‘zgarishlari(turar-joylar misolida). Xorazm vohasi Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tizimida” mavzusidagi xalqaro konferensiya. 2023-yil 27-29 aprel.

  3. Abu Rayhon Beruniyning ma’naviy va madaniy merosi. Beruniy va Ibn Sino – Ikkinchi ming yillikning taqdirini oʻzgartirgan daholar: Maʼmun akademiyasining jahon fani taraqqiyotida tutgan oʻrni mavzusidagi xalqaro konferensiya. Xiva. 4-may. 2023-yil. 119-120 betlar.

  4. Etnik identiklik tushunchasining etnologiya fanidagi ahamiyati. Х.Есбергеновтың 90 жыллығына бағышланған илимий-əмелий конференция. 91-94 betlar.

IV. Ustoz-shogird ishlari
1. Talabalarga baholash tizimi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Ularga qayerdan ta’lim va akademik sohada yordam olishi mumkin ekanligi tushuntirildi va amaliy yordam berildi.
2. O‘qish jarayonida shaxsiy va akademik muammolar yuzaga kelganda va ular ta’lim olish darajasiga ta’sir ko‘rsatganda, talabalarning murojaatlariga qarab ularni hal qilish ko‘maklashildi.
3. O‘zlashtirishdan orqada qolgan talabalar bilan darsdan bo‘sh vaqtlarda grafik asosida ishlandi.
Katta o‘qituvchi (PhD) M.J.Egamberganova


Yüklə 21,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə