|
V. V. Radlov fikricha, umumturkiy bobo til davrida nechta unli mavjud bo‘lgan?
|
tarix | 19.12.2023 | ölçüsü | 10,44 Kb. | | #152620 |
| Bobo til davrig-WPS Office
Bobo til davriga xos bo'lgan cho'ziq o: unlisi qaysi tildagina uchraydi?
J: Turkman (m.s/jo:l)
Gagauz tili fonetikasida nechta fonema beriladi?
J: 18ta
V.V.Radlov fikricha, umumturkiy bobo til davrida nechta unli mavjud bo‘lgan?
J: sakkizta unli
Turkiy tillarga xos cho'ziq a unlisi qaysi tillarda ko'proq saqlangan
J: turkman va yoqut tillarida.
Qadimgi turkiy til davriga xos til oldi a ning lablangan orqa qator a unlisiga o'tishi qaysi tillar uchun xarakterli?
J: tatar, boshqird tillari uchun
“Oʻroq ", o:rdak “oʻrdak” kabi so'zlarda birinchi unli cho'ziq talaffuz qilinadi. Bunday unlilar turkologiyada choʻziqlikning yaqsi koʻrinishini tashkil etadi?
J: ikkilamchi cho'ziq
Qaysi til adabiy tilida umlautda a ning i ga o'tishi kuzatiladi?
J: Chuvash
Oltoy. gagauz, qirgʻiz, tuva, turkman, yoqut tillarida va oʻzbek tilining qorabuloq shevasida unlilar uzun-qisqaligiga koʻra farqlanadi. Bu holatda fiziologik farq mavjud. Ushbu holat qanday vazifaga xizmat qiladi?
J:maʼnoni farqlash uchun
Qaysi tilda birinchi boʻgʻindagi a ning keyingi boʻgʻindagi i ta’sirida umlautlashuvi kuzatiladi?
J: Uygʻur tilida (белик “baliq”)
Turkiy tillarda j(i) komponentli diftonglarga misol ayting.
J: chuvash tilida kajik “kiyik”
Qaysi til turkiy tillardagi soʻz oxirida unli orttirilishi bilan xarakterlanadi?
J: Chuvash tili (chuv. kule “koʻl”)
Soʻz oxirida tovush ortishi hodisasi qanday izohlanadi?
J: oxirgi bo'g'inning aksariyat hollarda chuvash tiliga xos ochiq holatda bo'lishi bilan.
Chuvash adabiy tilida nechta unli tovushlar mavjud?
J: 9ta
Chuvash tilidagi “a” tovushi qaysi tovushdan kelib chiqqan?
J:J: rus tilidagi “a” tovushidan kelib chiqqan.
Adabiy tilda birinchi boʻgʻindagi soʻz kuchsiz seziluvchi urgʻu bilan aytiladi. о tovushi xuddi nemis tilidagi til oldi i fonemasi kabi talaffuz qilinadi. Qolgan jarangli unlilarning talaffuzi qaysi tilidagi unlilarga mos keluvchi tovushlar talaffuzi bilan deyarli bir xil?
J: rus tilidagi unlilar bilan
о unlisi so'z oxirida kelganda, ayniqsa, murakkab so'zlarda III shaxsga tegishli qo'shimchasi bo'lsa. bu affiksdan oldin sh tovushi keladi va qarindoshiik munosabatlarini, ya’ni kattalik va o'lchamni bildiradi
Chuvash tili vokalizmintng boshqa bir o'ziga xosligi shundaki, bunda ikki unlining yonma-yon kelishi mavjud emas, Biror bir unli tovushdan keyin boshqa unli kelmaydi. Agar so‘z yasalishida yoki morfologik tuzilishda ikkita unlining ketma-ket kelishi zarur boʻlsa, bu holatda har ikki unlini bir-biridan ajratuvchi tovushi keladi. Vu qaysi tovushlar?
J: y yoki n tovushlari keladi
Chuvash tilida unlilarning o'zgarishi juda keng tarqalgan hodisa boʻlib, qaysi unlilari gap oxirida talaffuz etilmaydi?
J: a, о unlilari
a va yo unlilari so'z o'rtasida kelganda o'zi bilan alohida bo'g'in hosil qiluvchi undosh tovushlarni ham tushirib qoldiradi, masalan, karantak-kantak “oyna”, ankarti- karti “poliz”, asatte- atte “bobo” va h.k
Oʻzbek tilidagi old va orqa qator unlilarini ayting.
Qaysi olimning ta’kidlashicha, bir boʻgʻinli soʻzlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil boʻlib, koʻp bo‘gʻinli soʻzlardagi keyingi unlilar esa birinchi boʻgʻinga muvofiqlashad?
J: Sherbak
Singarmonizm nima?
J: Singarmonizm (yun. syn birga va harmonia — ohangdoshlik, uygʻunlik), unlilar garmoniyasi (ohangdoshligi) — asosan, turkiy tillarda uchraydigan fonetik hodisa; bunda muayyan soʻz shaklining (ham asos, ham affikslarning) barcha unlilari talaffuz (artikulyasiya) jihatdan bir turli: old yo orqa qatorga mansub (tanglay garmoniyasi) yoki lablangan yo lablanmagan (lab garmoniyasi) boʻladi.
Palatal singarmanizm qanday boʻladi?
J: Palatal yoki tanglay singarmonizmida birinchi bo‘g‘in unlisi mustaqil bo'lib, keyingi bo‘g‘indagi unlilar unga tobe bo'ladi, ya’ni birinchisiga moslashadi
Singarmanizmning qaysi turiqadimiy va turkiy bobo til davriga oid?
J: Palatal yoki tanglay singarmonizmi
Teskari singarmonizm nima?
J: Asl turkiy bir bo'g'inli so'zlarda (ba’zan ko'p bo'g'inli so'zlarda ham) keyingi bo'g'indagi tor i unlisi ta’sirida undan oldingi bo'g'indagi keng a unlisi torayadi va e tovushiga o'tadi: bas-besi, bala-belesi. Bu hodisa teskari singarmonizm deb ataladi.
Teskari singarmonizm, asosan, qaysi tilga xos?
J: uyg'ur tiliga
Teskari singarmanizm o'zbek tilining qaysi shevalarida uchraydi?
J: Namangan va Uychi shevalarida ham uchraydi: belik “baliq ”, jeyim “joyim ”, temirj “toming”, yeyi "yangi”.
Agar XX asr boshlariga qadar tilda singarmonizmning buzilishi n3cha foizni tashkil qilgan?
J: 18-23 %
Singarmanizmning yoʻqolishi sabablari?
J: Rus va boshqa tillardan kirib kelgan yangi so'zlar yordamida morfologik shakl tuzilganda singarmonizmga rioya qilinmaydi.
Tovush mosligi deganda nima tushuniladi?
J: Bir tildagi biror tovushga ikkinchi qardosh tildagi boshqa bir tovushning muntazam holda mos kelishi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|