Xalqining yuksak qadriyatidir



Yüklə 28,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü28,91 Kb.
#162221
  1   2   3
ZDTF8039



155 
« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli 8-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi 
MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG’RIKENGLIK O’ZBEK 
XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR 
Pardayeva Maftuna Baxtiyor qizi
Termiz davlat universiteti Ijtimioiy Fanlar 
fakulteti Amaliy Psixologiya 3-bosqich talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6362714
 

Annotatsiya: 
Ushbu maqolada jamiyatda toleranlilikning o’rni, xalqlar o’rtasida 
tinchlikni hamda diniy bag’rikenglikni ta’minlashning dolzarbliligi, inson qadriyatini 
ulug’lashda tarbiyaning ahamiyati, shuningdek, O’zbekistonda saqlanib va rivojlanib 
kelayotgan qadriyatlarning jahon miqyosida tutgan rolini va qanchalik darajada yurtimizda 
millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlashda samaradorligini keltirib o’tamiz. 
Kalit so’zlar: 
Tolerantlilik, fanatizm, irqlashtirish 
Bizning shu mo’jazgina yashil dunyomizda 7 milliarddan ortiqroq inson iste’qomat 
qiladi. Barchasining dini, tili, millati, qadryatlari, huquqlari va erkinliklari bor. O’znavbatida 
esa barcha uchun xavfsizlikni ta’minlash masalasi tug’iladi, ming afsuslar bo’lsinki turli milliy 
va diniy nizolar, to’qnashuvlar, o’zaro urushlar xavfsizlik masalasining yemirilishiga olib kelib 
qo’ymoqda. Vaqtlar o’tgan sayin xavfsizlik masalasi butun jahon miqyosida dolzarb muommo 
tusiga aylanib bormoqda, shuningdek, O’zbekistonda ham diniy bag’rikenglik, inson 
huquqlarini ta’minlash va mamlakatimizda iste’qomat qilayotgan 130 dan ortiq millatlarning 
tinch – totuvligini ta’minlashga ham huquqiy, ham qadriyat jihatidan shunday yondashilganki, 
butun dunyo o’zining yuksak bahosini berib kelmoqda. O’zbek xalqi azal – azaldan 
insonparvarligi, mehmondo’stligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi, oilada har bir 
farzandga mehmon kelganida “Assalomu alaykum”, “Xushkelibsiz” kabi xush yoqadigan 
jumlalar, qanday millat vakili bo’lishidan qat’iy nazar hurmat qilish o’rgatiladi.O’zbek xalqiga 
boshqalarning fikr va qarashlarini o’zining tushunchalariga zid kelsada, imkon qadar sabr va 
chidam bilan tinglab, to’g’ri qabul qilish singdiriladi va bu asrlar mobaynida qadriyat sifatida 
shakillanib kelmoqda.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zaminda diniy nizolar inson tinchligini, huzr - 
xalovatini buzib, barchani sergak tortishga va imkon qadar jamiyatda tolerantlilikni yoyishga 
chaqirmoqda. Dunyo taraqqiyotini ta’minlashning muhim vositasi hisoblangan bag’rikenglikni 
ta’minlash borasida 1995 yil 16 - noyabrda BMT tizimida YuNESKO bosh koinferensiyasining 
28 – sessiyasida “Bag’rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” qabul qilindi unda bir qator 
majburiyatlar belgilab berildi, shulardan biri diniy bag’rikenglikni imkon qadar targ’ib 
qilishdir. Ko’rinib turibdiki, tolerantlilik jamiyat yuksalishing muhim omilidir. Tolerantlik 
(lot.tolerantia – sabr , toqat, chidam) – o’zgalarning fikrlari, odatlari, g’oyalari, e’tiqodlariga 
nisbatan toqatli bo’lishda qo’llaniladi. Bu yo’nalishning muhim tamoyili, har bir shaxs o’z 
e’tiqodiga amal qilishda mustaqildir va boshqalar ham bu huquqga ega ekanligini tan olishdir. 
Bunda o’zining qarashlarini boshqa birovga singdirishga yo’l qo’yilmaydi. Vatan taraqqiyoti 
yo’lida tolmaydigan, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy 
qadriyatlarni va milliy ongni rivojlantirish, bugungi zamon talablariga mos bo’lgan 
tolerantlilikni va diniy bag’rikenglilikni rivojlantirish bugungi jamiyatning ustivor talabidir. 


156 

Yüklə 28,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə