Xayr bog’cham, salom maktab



Yüklə 20,06 Kb.
səhifə1/4
tarix10.06.2023
ölçüsü20,06 Kb.
#116479
  1   2   3   4
Xayr bog\'cha ssenariysi


Kogon shahar № 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida
Xayr bog’cham, salom maktab” mavzusidagi
navbatdagi ma`naviy-ma`rifiy o`quv yigilishi


BAYONNOMASI


.05.2023 yil Kogon shahar


Qatnashdilar:
Yig’ilish raisi: Sh. Sharipova
Yig’ilish kotibi: H. Jafarova
Yig’ilish a’zolari: 17-son DMTT pedagog xodimlari

Kun tartibidagi masala:

  1. Xayr bog’cham, salom maktab” mavzusida o’tkazilgan

Ma’naviyat soati to’g’risida

Ma`naviy-ma`rifiy o`quv yig`ilish raisi M. Sharopova ochib berdi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan gapirdi:




Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi. Maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, vazifasi va ijtimoiy burchi o‘qish bo‘lib qoladi. 6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik xislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarish yuz beradi. Bolalarning maktabga o‘tishlari, ularning yaslidan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bola maktabga o‘tishi bilan uning ijtimoiy holatida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Chunonchi maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar bog‘chada "katta" deb hisoblanar edilar. Maktabga o‘tgach, ular yana «eng kichkinalar» qatoriga tushib qoladilar.­ Bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berish, ularniig taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida maktabdagi o‘qitish ishlari bilan bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o‘ptasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi. Bog‘chada bolalarning jismoniy jihatdan o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va ahloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Ularning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib, o‘tkaziladigan turli didaktik mashg‘ulotlarda bolalarning idroklari, tasavvur va xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodalari tizimili tarzda taraqqiy ettirib boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyorlashda ularning nytqini o‘stirish juda zarur shartlardan biridir. Shuning uchun katta guruh bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyorlashda o‘z ona tillarini yaxshi o‘pganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Bolalarning tashqi olam haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, boyitish ishlari ular nutqini o‘stirish asosida olib borilishi kerak.

Yuqoridagilardan kelib chiqib yig’ilish




QAROR QILADI :

  1. Ma`naviy-ma`rifiy o`quv yig`ilish raisi (M.Sharopova)ning ma`lumoti ijro uchun qabul qilinsin.

  2. 17-DMTT da “Xayr bog’cham, salom maktab” mavzusida tadbir tashkil etilsin.

  3. Tadbir bo’yich qilingan ishlarini umumlashtirish (S.Tursunova) zimmasiga yuklatilsin.

  4. Ushbu yig’ilish qarori ijrosini o’z zimmamda qoldiraman.



Yüklə 20,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə