Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус



Yüklə 83,21 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.03.2023
ölçüsü83,21 Kb.
#102397
Innovatsion jarayon va modellar



3
-
mavzu. Innovatsion jarayon va modellar
Reja:
1. Kichik innovatsion firmalar tipologiyasi.
2. «Yumshoq firmalar» ning o’ziga xos xususiyatlari.
3. «Qattiq firmalar» ning o’ziga xos xususiyatlari.
4. Innovatsion sohada distibyuter kompaniyalarning faoliyati
.
Bizning asosiy maqsadimiz izlanish taraqqiyotga asoslangan holda ilmiy
yutuqlarni bozor mahsuloti va xizmatlariga shakllantiruvchi kichik va o’rta
kompaniyalar qiziqtiradi. Ularni yutuqlari yoki mag’lubiyatlari to’lig’icha ilmiy
axborot sifati samarali menejment va marketingga bog’liq. Yuqori texnologiyali
kompaniyalar o’z mahsulotlarini oxirgi iste’molchiga sotgan holda yangilik
yaratish tufayli ular oldida yangi bozorlar ochiladi.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ko’p yuqori texnologiyali tor maxsuslashgan
bo’lib, bir necha asosiy mijozlarga ximat ko’rsatadi. Sanoat savdosi bozorning
o’ziga xos turi bo’lib, bu yerda asosiy kompaniyalar mahsulot va xizmatlarni
kichikroq bo’lgan yuqori texnologiyali kompaniyalardan sotib oladi.
Barcha omadli kompaniyalar poydevori bo’lib yaxshi qo’yilgan boshqaruv
strukturasi hisoblanadi.
Yuqori texnologiyali kompaniyalar (Yu. T. K) murakkab strukturali
boshqaruvga ham ega bo’lishi mumkin, chunki ba’zi hollarda ularni boshqaruvchi
menejerlar faoliyat doirasi chegaralanganligiga qaramasdan ko’p masalalarni
yechishlarini talab etadi.
«Yumshoq kompaniyalar» ning asosiy faoliyati shartnoma yoki maslahatlar
asosida izlanishlar va ishlab chiqarishdan iborat bo’lib, ushbu kompaniyalarda
havf-xatarchilik «Qattiq kompaniyalar» ga qaraganda kamroq, shu bilan birgalikda
mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bozordagi noaniqlik bartaraf etiladi. Bundan
tashqari bu kompaniyalar mayda guruhchalardan iboratdir.
Tashkil etish nuqtai nazaridan «konsalting» kompaniyalar eng arzon va
oddiydir. Bunda kompaniyaning ish faoliyatida maxsus ehtiyojlarga talab
qilinmaydi. Ehtiyoj tug’ilgan sharoitda esa mijoz jihozlaridan foydalanish mumkin.
Tadbirkorlar ko’pincha uyda ishlashadi yoki maslahatlar uchun qiymat
bo’lmagan ofislarni ijaraga olishadi.
3. Qattiq kompaniyalar standart mahsulot ishlab chiqargan holda bu
mahsulotning bozorda sotilish kafolati yo’qdir.
Bunday turdagi kompaniyalar o’z navbatida havf-xatarli hisoblanadi.
Ilmiylashgan mahsulot bozori qancha keng bo’lsa, raqobat shunchalik jiddiy va
mahsulot ishlab chiqarish uchun tadbirkor ko’proq pul sarf qiladi, ammo harajatlar
qaytimi juda katta bo’lishi mumkin. Katta bo’lmagan, maxsuslashgan bozorlar
yoki bozor segmentlari yangi kompaniyalar kirib kelishi uchun ma’qul hisoblanadi.
Va bunda asosiy e’tibor normal raqobat shiroitida marketing olib borish


2
texnologiyasiga qaratilishi lozim. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida OEM (original
jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar). OEM kompaniyalari keng tarqalgan
bo’lib, ular boshqa kompaniyalarning yig’ma detallarni sotib oladi. CHegaralangan
doiradagi buyurtmachilar bilan shartnoma tuzish bunday kompaniya tadbirlari
uchun marketing faoliyatini soddalashtirib, havf-xatar darajasini kamaytiradi.
OEM kompaniyasi mahsulotni sotish marketing muhitini kamaytiradi. Ommaviy
bozorlar odatda kattaroq talablarni bildirish bilan farqlanib turadi. Bozorga yangi
mahsulotni kirib kelishi uchun qimmatbaho reklama zaruriyati tug’ilishi mumkin.
Elektronika sanoatida ish olib boruvchi Britaniyalik menejerlik keltirilgan «1-
3-10» qoidasi harajatlarni baholash to’g’riligini tekshiruvchi oddiy usullardan
bo’lib hisoblanadi.
Yuqori texnologiyali mahsulotlarning har–xil turiga quyidagicha bo’lishi
mumkin:«1-3-20» yoki «1-10-100».
Ba’zi bir kichik kompaniyalar o’zining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’lgan
konstruktorlik ishlab chiqarish faoliyatini ilmiylashgan mahsulot marketinggi bilan
bog’lashga harakat qiladi. Lyokin bunday ko’rinishlar chuqur boshqarishni talab
qiladi. Izlanishlar olib borish va ishlab chiqish, ishlab chiqarish va marketing
vazifalari har xil bo’lib menejerlarda qaysi biriga ko’proq e’tibor berish bilan
bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni tug’diradi. Yuqori texnologiyali mahsulotning
sanoat bozorida kompaniya ishga qattiq yondashishi sezilib turiladi.
Ko’pchilik qattiq kompaniyalar boshlang’ich bosqichda yumshoq
kompaniyalardan kelib chiqishgan. Qattiq kompaniya izlanishlarga jalb qilingan
bo’lib, asosan buyurtmaga tayangan holda ish ko’radi va shunga majbur hamda o’z
navbatida mahsulotni rivojlanish strategiyasini o’zgartirib, yetarli darajadagi foyda
olib kelishni ta’minlaydi. Yumshoq kompaniyalar standart mahsulot ishlab
chiqarish va marketingga bo’lgan harajatlarni to’liq baholamaganlari tufayli
mahsulot ishlab chiqarish ishini tashkil qilish murakkab bo’lishi mumkin.
Talab qilingan moliya hajmi deb ichki kompaniya tomonidan ijobiy pul oqimi
kelgunicha sarflangan pul hajmiga aytiladi.
Texnik ekspertizalar olib borish va samarali moliyaviy boshqarish distribyuter
kompaniyalari uchun har xil yondashishga ega bo’ladi.
Odatda distribyuter kompaniyalari juda samarali moliyaviy shartlar asosida
ish olib borgan holda, ularning foydaliligi tijorat samaradorlikka bog’liq. Xuddi
shu shartlar maxsuslashgan ulgurji va chakana savdochilarga to’g’ri keladi.
Savdodagi hamkorlik va texnik bilimlarga egalik muhim bo’ladi. Lyokin
kompaniyaning foydalilik darajasi quyidagi 3 asosiy tijoriy faktorlardan iborat.
a) real distribyuterlik qo’shimcha haqning mavjudligi.
b) yetkazib beruvchilardan olingan kredit kattaligi (kompaniyaning mijozga
kafolatlovchi kattaliklar)
v) faoliyatning umumiy rentabelliklari.
Distribyuter murakkab konstruktsiyalar yoki O. Ye. M. kompaniyalarning
patentlangan komponentlarini sotishda texnik ekspertiza zarurati paydo bo’ladi.
Asosiy element bo’lib, bu yerda tayyor mahsulot yaratishda distribyuter


3
xizmatining foydalanuvchi O. Ye. M. kompaniyalariga ko’rsatiladigan yordam
hisoblanadi. Sotish jarayoni bir necha oylar ichida davom etib, ba’zi hollarda
ma’lum bir komponentdan foydalanish afzalligini isbotlashga to’g’ri keladi.
Buning natijasida ko’chilik yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchi
distribyuterlik huquqlarini savdo - sotiq qilayotgan davlatlarga, kompaniyalarga
sotadi. Bunday distribyuterlar uchun qo’shimcha xaq yuqori bo’lib, ularning ishi
ham yuqori darajada bo’lishi lozim.
Kompaniyalarning omadi asosan distribyuterlar huquqiga yuqori sifatli
mahsulot ishlab chiqaruvchilarning qanchalik samarali sharoitda egalik
bo’lishlaridan iborat.
Qo’shimcha xaqlar doimiy ravishda o’zgarib to’rganligi tufayli distribyuter
kompaniyalari uchun moliyaviy nazorat juda muhim rolni egallaydi. Yuqori
texnologiyali mahsulot bilan bog’liq bo’lgan bozorning nobarqarorliklari yoki
saqlash davrining kichikliklari eski yoki qimmat mahsulot to’planishiga olib keladi.
SHuning uchun eng qulay variantlardan biri ma’lum bir aniq shartnoma asosida
kerak bo’lgan mahsulotga egalik qilishdan iborat.
SHu bilan birgalikda konsignatsiya orqali mahsulot olish yoki yetkazib
beruvchilar tomonidan (eskirgan mahsulotni) qayta sotib olish shartnomasiga ega
bo’lishingiz lozim.
Nazorat savolari
1. Kompaniyaning foydalilik darajasi nechta asosiy faktorlardan iborat.
2. Talab qilingan moliya hajmi deb nimaga aytiladi?
3. Ko’pchilik qattiq kompaniyalar boshlang’ich bosqichda qanday
kompaniyalardan kelib chiqgan?
4. «Yumshoq kompaniyalar» nima?
5. «Qattiq kompaniyalar» nima?
6. Distribyuter nima?
7. Distribyuterni asosiy elementi nima?
8. O. Ye. M. kompaniyalari nima?
9. «Yumshoq kompaniyalar» o’ziga xos ‘ususiyati nimada?
10. «Qattiq kompaniyalar» o’ziga xos ‘ususiyati nimada?

Yüklə 83,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə