O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
E.G’OZIYEV
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik
I -kitob
Toshkent - "Universitet" – 2002
Mazkur darslik umumiy psixologiya faniga bag’ishlangan bo’lib, psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari to’g’risidagi materiallarni o’zida mujassamlashtirgan. Darslikning o’tmishdoshlaridan farqi shundaki, unda barcha psixologik kategoriyalar, muammolar yangicha metodologik yondashuv negiziga suyangan holda talqin qilinadi. Uning birinchi qismida psixologiyaning predmeti, tadqiqot metodlari, printsiplari, psixikaning evolyutsion taraqqiyoti, faoliyat va ongning psixologik tahlili umumlashtirilgan.
Darslikning ikkinchi qismida shaxs to’g’risida tushuncha, uning tuzilmasi, nazariyalari, asosiy metodlari, shaxs eshtiyojlari, motivatsiyasi, qiziqishi, emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti, bilish jarayonlari hamda ularning jahon psixologiyasi fanida o’rganilishi masalalari o’z ifodasini topgan.
Darslik psixolog mutaxassislarni nazariy va amaliy ma'lumotlar bilan qurollantirish imkoniyatiga ega. Darslik psixolog mutaxassislarga, aspirantlarga va oliy maktab o’qituvchilariga mo’ljallangan.
TAQRIZCHILAR: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Sh.Rasulova
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU ijtimoiy psixologiya kafedrasi dotsenti R.Yu.Toshimov
MAS’UL MUHARRIR: Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU ijtimoiy psixologiya kafedrasi dotsenti M.M.Mamatov
O’zMU o’quv metodik Kengashining 2002 yil Majlis qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. "Universitet" nashriyoti, 2002.
Dostları ilə paylaş: |