“ borliq- falsafaning kategoriyasi ”


Islom ta’limotida esa borliq



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə2/7
tarix24.05.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#112681
1   2   3   4   5   6   7
BORLIQ- FALSAFANING KATEGORIYASI

Islom ta’limotida esa borliq bu iloxiy vokelikdir. Ya’ni u Ollox yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vaxdati vujud va vaxdati mavjud ta’limotlari bo`lgan.
Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Olloxning o`zidir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir. Yevropada o`tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan.
Хegel esa borliqni mavxumlik, mutloq ruxning namoyon bo`lishi, deb ta’riflaydi. Ko`pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, ya’ni shu aktual olamga bog`lab tushuntirdilar.
Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo`lib o`ziga butun mavjudlikni, uning utmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo`qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni ob’ektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.
Borliq o`ziga ob’ektiv va sub’ektiv reallikni, mavjud bo`lgan va mavjud bo`ladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, utmish va kelajakni, o`limni va hayotni, rux va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.

Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, G`oyalar, uy-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo`lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat ob’ektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog`liq bo`lmagan jismoniy mohiyatga ega bo`lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi.
Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo`lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o`ziga qamrab oluvchi uta keng tushunchadir. U o`ziga nafaqat ob’ektiv reallikni, balki sub’ektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengrok tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo`lib to`rgan qismi bo`lib, o`tgan va mavjud bo`ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo`lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o`ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta soxasi ajratib ko`rsatiladi. Ularga: tabiat borliqi, jamiyat borliqi, ong borliqi kiradi. Bo`lar uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borliqi va jamiyat borliqining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Тabiat borliqi odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borliqi sifatida tushuniladi. U ikkiga bo`linadi: azaliy tabiat borliqi (yoki tabiiy tabiat borliqi, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo`lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borliqi («ikkinchi tabiat» borliqi, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borliqi esa, o`z navbatida, quyidagi ko`rinishlarda uchraydi:
inson borliqi (insonning narsalar olamidagi borliqi va odamning o`ziga xos bo`lgan insoniy borliqi);
ma’naviy borliq (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq);
sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borliqi va jamiyat borliqi), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.



Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə