“ borliq- falsafaning kategoriyasi ”



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə6/7
tarix24.05.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#112681
1   2   3   4   5   6   7
BORLIQ- FALSAFANING KATEGORIYASI

Ijtimoiy harakat bizga ma’lum bo`lgan harakat shakllari ichida eng murakkabi bo`lib, unda insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o`zaro munosabatlari, jamiyat mikyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chizikli, batartib haraqatlar bilan mutloqo takkoslab bo`lmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham uta murakkabdir.
Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. Fazo narsalarning qulamini, xajmini, o`zaro joylashish tartibini, o`zlo`g`li yoki o`zluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi.
Ma’lumki, har qanday moddiy jism joyga, qulamga, xajmga ega. Fazo — vaqtning muayyan laxzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o`zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro`y beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.
Fazo va vaqt tushunchalari, ko`p hollarda, forsiy til ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, holos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo`lib utadigan muddat ma’nosida ishlatiladi.
Fazo va vaqtni tushunish buyicha substansial va relyatsion yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, bo`shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga joylashtirilgan. Fazo o`ziga narsalarni sig`diruvchi substansiya. Хech narsasi yo`q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bo`lishi mumkin, deyiladi. Relyatsion konsepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy ulchamga ega, deyishadi.
Хech narsasiz fazoning bo`lishi mumkin emas. Bu farqni relyativistik fizika asoschisi Albert Eynshteyn shunday tushuntirgan edi. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni ko`z oldingizga keltiring. Ilgarigi, Nyuton fizikasiga ko`ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bush qoladi, ana shu substansial konsepsiyadagi fazodir. Yangi fizikaga ko`ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham yuqoladi. Bu relyatsion konsepsiyadagi fazodir.



Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə