• Основные стратегические варианты


  1.4. Marketingni ustuvor rolining o‘zgarishi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169
Strategik marketing (1)

 


26 
1.4. Marketingni ustuvor rolining o‘zgarishi 
Bozor raqobati sharoitida kommunikasiya va ayirboshlashni amalga oshirish 
nuqtai nazaridan qaraganda, hozirda kuzatilayotgan yuksalishga qaramay, marketing 
faoliyatining yangi turi emasligi shubhasizdir, chunki u har doim ham mavjud bo‘lib 
kelgan va erkin ayirboshlashga asoslangan har qanday tuzimda ham u yoki bu tarzda 
ko‘rib chiqilgan vazifalarni o‘z ichiga oladi. 
Firmaning marketing funksiyasini barpo etish, so‘ngra uni kuchaytirish 
zaruratining yuzaga kelishiga texnologik, iqtisodiy va raqobat muhitlarining 
murakkabligi sabab bo‘ldi. Marketingning bugungi kundagi rolini yaxshiroq anglab 
olish uchun ushbu evolyusiyaning tarixini ko‘rib chiqish qiziqarlidir. Bu erda uch 
bosqichni ajratib olish mumkin, ularning har biri marketingning ustuvor maqsadi 
bilan tavsiflanadi: 
passiv marketing; tashkiliy marketing; faol marketing. 
Passiv marketing
cheklangan taklif sharoitida yirik potensial bozor mavjud 
bo‘lgan, ishlab chiqarish quvvatlari bozor ehtiyojlarini qondirish uchun etarli 
bo‘lmagan iqtisodiy muhitga xosdir. SHunday qilib, talab taklifdan ko‘p. Passiv 
marketing mazkur bozordagi ehtiyojlarning ma’lum va barqaror bo‘lishini, 
texnologik jarayonning esa sekinlik bilan borayotganligini ko‘zda tutadi. 
Ko‘rinib turibdiki, taklif etarli bo‘lmagan hollarda marketing cheklangan va 
passiv rol o‘ynaydi. Strategik marketing tabiiy tarzda faoliyat ko‘rsatadi, chunki 
ehtiyojlar ma’lum. Operasion marketing tayyor tovarlar oqimini tashkil qilishdan 
iborat bo‘ladi, ularni ilgari surish borasidagi faoliyat esa ortiqcha hisoblanadi, chunki 
firma bozorni o‘z ko‘nglidagidek ta’minlay olmaydi. Bozor bilan muloqotlar 
ko‘pincha tovarning birinchi xaridori bilan cheklanadi, bu birinchi xaridor ko‘pincha 
vositachi, ulgurji savdogar yoki sanoat tovarlarining distribyutori bo‘ladi. SHu 
sababdan pirovard talab bilan o‘zaro ta’sirlashuv unchalik katta bo‘lmaydi, bozor 
tadqiqotlari esa tez-tez o‘tkazib turilmaydi. Bunday ahvol firmaning tashkil
qilinishida ham aks etadi, firmada operasion funksiya ustunlik qiladi, ishlab chiqarish 
quvvatlarining rivojlanishi va unumdorlikning oshirilishi esa asosiy ustuvor 
yo‘nalishlar bo‘ladi. Marketing ishlab chiqarilgan tovarning sotilishiga xizmat qiladi. 


27 
“Tovar konsepsiyasi”ni qabul qilgan firmaning tarkibiy tuzilishi quyidagi 
xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 
-

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə