Reja: Yuk avtomobillarining harakatini tashkil etishga maxsus talablar. Yuk tashish yo'llarini rejalashtirish parametrlariga asosiy talablar



Yüklə 56,9 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü56,9 Kb.
#142394
  1   2   3   4   5
16 ma`ruza


16-mavzu. Yuk avtomobillar harakatini tashkil etish.

REJA:

1. Yuk avtomobillarining harakatini tashkil etishga maxsus talablar.

2. Yuk tashish yo'llarini rejalashtirish parametrlariga asosiy talablar.

3. To'xtash joylari va yuklash-tushirish joylarini tashkil etish.


Harakatni tashkil qilishning asosan ikkita usuli mavjud bo‘lib, ular transport oqimini tezliklar bo‘yicha polosalarga ajratish va transport oqimini yo‘nalishlar bo‘yicha ajratishdir.


Transport oqimini tezliklar bo‘yicha polosalarga ajratishda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Ko‘p polosalik yo‘llarda sekin yuruvchi avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, mahalliy transport vositalari, tranzit transportlar va velosiped harakati uchn maxsus ixtisoslashtirilgan polosalar ko‘zda tutiladi.
2. Yo‘lning tik ko‘tarilish uchastkalarida sekin harakatlanuvchi avtomobillar uchun qo‘shimcha polosa quriladi.
3. Murakkab chorrahalarda tormozlanish va tezlanish uchun polosalar qilinadi.
4. Yo‘lda harakatlanayotgan transport vositalari, piyodalar va yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan yo‘l inshootlari oldida to‘xtash. Turish uchun polosalar va maydonchlar nazarda tutiladi.
5. Jamoat transportlari to‘xtaydigan bekatlarda tormozlanish va tezlanish polosalari bilan birgalikda avtobuslar to‘xtab turishi uchun «cho‘ntak» kuriladi.
Transport oqimini yo‘nalishlar bo‘yicha ajratishda quyidagi ishlar rejalashtiriladi:
1. Ajratuvchi polosa yordamida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l qatnov qismini bitta yaxlit yo‘l poyida joylashtirish, masalan, Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxgacha bo‘lgan bo‘lagida, TAXY, Kiyev-Barispol, Moskva-Domodedova va h.k.;
2. Yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov qismini alohida yo‘l poyida joylashtirish, masalan, Toshkent-Chimkent yo‘lida va ko‘pchilik chet el yo‘llarida;
3. Ko‘rinishi ta’minlanmagan radiusi kichik egriliklarda yo‘nalishlar bo‘yicha ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini o‘rnatish (Toshkent-Dushanba ylining Sirdaryogacha bo‘lgan egri uchastkalarida oshkent-Qo‘qon, Kushka-Xirot yo‘llarida);
4. Aholi yashaydigan joydagi parallel ko‘chalarda bir tomonlama harakatni tashkil qilish.
5. Chorrahada kesishadigan yo‘llarni har xil sathda joylashtirish;
6. Bir sathda joylashgan chorrahalarda chapga buriladigan avtomobillar kutib turishi uchun xavfsizlik orolchalari (yo‘l belgi chizig‘i orqali) yordamida kutish polosalarini ajratish.
Harakatni tashkil qilishda bajariladigan ishlar quyidagi talablarni qondirishi kerak:
a) harakat tezligini yo‘l uchastkalari bo‘ylab asta-sekin o‘zgarishi;
b) haydovchiga sutkaning har qanday vaqtida harakatlanishi uchun yo‘lning oldingi uchastkalari yo‘nalishi aniq va ravshan bo‘lishi;
v) transport vositalarining tez va xavfsiz harakatlanishi;
g) transport vositalarini maksimal darajada o‘tkazish;
d) ekologik jihatidan qulay bo‘lishi;
ye) piyodalarning qulay va xavfsiz harakatlanishi;
j) iqtisodiy jihatdan tejamkor bo‘lishi.
Og‘ir yo‘l sharoitlarida harakatni tashkil qilishning asosiy tamoyillari.
Og‘ir yo‘l sharoitiga quyidagi yo‘l bo‘laklari kiradi:

  • chorraha va yo‘lning to‘xtash joylari;

  • rejadagi kichik radiusli egriliklar;

  • tikka ko‘tarilish va tushish joylari;

  • ko‘rinish ta’minlanmagan uchastkalar;

  • aholi yashaydigan joylar;

  • avtomobil-traktor harakati kuzatiladigan uchastkalar;

  • tor ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar mavjud joylar.

Bunday og‘ir yo‘l sharoitlarida quyidagi tamoyillarga asosan harakat tashkil qilinadi:
1. Yo‘l sharoitiga va transport vositalarining harakat rejimiga asosan yo‘l belgilarini, yo‘l belgi chiziqlarini, yo‘l to‘siqlarini va yo‘naltiruvchi qurilmalarni o‘rnatish.
2. Planirovkani o‘zgartirish.
3. Avtomatlashtirilgan boshqarishga o‘tish (yashil to‘lqin bilan boshqariladigan svetofor ob’yektlarini o‘rnatish, boshqarishni muvofiqlashtirish va boshqalar).
4. Ba’zi bir uchastkalarda tig‘iz soatlarda harakat miqdorini kamaytirish.
5. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish.
6. Jamoat va yuk tashuvchi avtomobillarning optimal marshrutini tuzish.
7. Haydovchilar yo‘lning oldingi uchastkalarini ko‘rishlarini yaxshilash.
8. Qo‘shimcha polosa belgilash.
9. Ba’zi bir transport vositalarining o‘tishini ta’qiqlash.
10. Transport vositalarini ularning tezliklariga qarab polosalarga bo‘lish.
11. Transport vositalarini yo‘nalishlariga qarab bo‘lish.
12. Tormozlanish va tezlashish polosalarini ko‘rish.
13. Yer usti, osti va yo‘l ustidan piyodalar o‘tish joyini belgilash.
14. Xavfsizlik orolchalarini kurish.
15. Piyodalar uchun yo‘lakchalar kurish.
16. O‘zgaruvchan sxema bo‘yicha harakatni boshqarish.
Avtomobil yo‘laridan aralash avtomobil-traktor oqimini o‘tkazishni tashkil qilish.
O‘zbekiston territoriyasidan sug‘oriladigan maydonlar 8,77% tashkil qilsa ham, lekin asosiy 65% yaqin umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘l tarmoqlarini shu maydonga to‘g‘ri keladi. Aralash transport oqimi harakati kuzatiladigan yo‘llar O‘zbekiston yo‘llarining asosiy qismini tashkil etishini hisobga olib, biz quyida shunday harakat oqimi bilan ishlaydigan yo‘llarda harakatni tashkil qilish to‘g‘risidagi avtor tomonidan ishlab chiqilgan ko‘rsatmalarga taxtalamiz.
Ikki polosalik yo‘llarda aralash transport oqimining miqdori 2500 avtsutkadan kam bo‘lsa, u holda qo‘shimcha polosa belgilanmaydigan va yo‘lning parametrlari QMQ 2.05.02-95 ko‘rsatilganidek qabul qilinadi.
Sug‘oriladigan rayonlarda juda ko‘p yuk qabul qilishga mo‘ljallangan punktlar avtomobil yo‘liga juda yaqin joylashgan bo‘lib, ular ko‘pincha 3050 metr masofani tashkil qiladi. Paxta qabul qilish puntklari oldida paxta yig‘im-terim davrida traktor poyezdlarini yo‘l chetiga navbat kutib turishi uchun maxsus polosalar qilib harakatni tashkil qilish amalda ishlatiladi.


Yüklə 56,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə