Reja: Yuk avtomobillarining harakatini tashkil etishga maxsus talablar. Yuk tashish yo'llarini rejalashtirish parametrlariga asosiy talablar


CHORRAHALARDA XAVFSIZ HARAKATNI TARTIBGA



Yüklə 56,9 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü56,9 Kb.
#142394
1   2   3   4   5
16 ma`ruza

8.3 CHORRAHALARDA XAVFSIZ HARAKATNI TARTIBGA


SOLISHNING AMALIY TADBIRLARI

Avtomobil yo‘llarining kesishish va tugatish joylarida maksimal ravishda harakat xavfsizligini ta’minlash zarur. Bu esa ularning bir-biriga nisbatan qulay burchak ostida joylashganiga, kesishuvchi yoki tutashuvchi yo‘llardagi harakat miqdoriga, ko‘rinish masofasiga, texnik vositalar bilan jihozlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib, harakatni tashkil etish sxemasini tuzishda shu sanab o‘tilgan omillar hal qiluvchi o‘rnini egallaydi. Kesishuvchi yoki tutashuvchi yo‘llardagi harakat miqdorining hajmiga nisbatan ular bir yoki har xil sathda joylashtirilishi mumkin.


QMQ 2.05.02-95 tavsiyalariga ko‘ra avtomobil yo‘llarining turli sathda kesishishi va tutashishini asosan quyidagi hollarda qabul qilish zarur:
Ia darajali yo‘llarda-barcha darajali yo‘llarda-barcha darajali yo‘llar bilan, 16 va Ia darajali yo‘llarda IIa va IIIa darajali yo‘llar bilan;
IIIa darajali yo‘llarning o‘zaro kesishish joylarida-kelajakdagi jami harakat miqdori (ikkala kesishuvchi yoki qo‘shiluvchi yo‘llarda) 8000 yengil avtomobilga keltirilgan birsutkadan oshsa.
Avtomobil yo‘llarida ko‘pchilik hollarda tartibsiz ravishda bir sathdagi chorrahalar va tutashmalar uchraydi. Harakatni tashkil etishda birinchi navbatda yo‘l bo‘ylab joylashgan chorrahalarni (u oddiymi, qisman kanallashtirilganmi yoki boshqacha turdagi bo‘lishidan qat’iy nazar) quyidagi me’yoriy ko‘rsatkichlarga keltirish darkor. 16, IIIa darajali yo‘llarida kesishishlar yoki tutashishlar soni juda kam bo‘lishi kerak.
16 darajali yo‘llarda tutashishlar yoki aholi yashash joylaridan tashqarida, asosan 105 km oraliqda; II-III darajali yo‘llarda 52 km da ko‘zda tatilishi lozim.
Shahardan tashqaridagi bir sathdagi chorrahalarda harakat xavfsizligini va harakatni tashkil qilish samaradorligini oshirish uchun quyidagi ishlar bajarilishi lozim: 1. Kerakli bo‘lgan yo‘l belgilarini, yo‘l belgi chiziqlarini, yo‘l to‘siqlarini va yo‘naltiruvchi qurilmalarni o‘rnatish. 2. Svetofor ob’yektini va avtomatik boshqaruv tizimini joriy qilish. 3. Chorrahadagi ko‘rinishni yaxshilash, (daraxtlarni qirqish, turli to‘siqlarni olib tashlash, elektr tarmoqlari tayanchlarining joyini o‘zgartirish va h.k.). 4. Sekinlashish va tezlashish poloslarini qurish. 5. Aylanma harakatni tashkil etish. 6. Chorraha planirovkasini o‘zgartirish. 7. I-III darajali yo‘llarga barcha tutash yo‘llarda 100200 m masofada qattiq qoplama ko‘zda tutilishi kerak. IV darajali yo‘llarga tutashuvchi yo‘llarda 50100 m masofada qatnov qismi qoplama bilan qoplangan bo‘lishi shart.
Avtomobil yo‘llarining kesishish yoki tutashish to‘g‘ri burchak ostida bo‘lishi harakat xavfsizligini ta’minlashga yaxshi sharoit yaratadi. Kichik burchak (2510) ostida tutashish harakat xavfsizligini ta’minlashda bir qancha noqulayliklar olib keladi. Aholi yashash joylarini aylanib o‘tishda yo‘lga tutashish istisno tariqasida to‘g‘ri burchak ostida o‘tkazilmasa, uni 30 gacha kichraytirish mumkin, lekin oxirgi holda harakatni to‘liq kanallashtirilish kerak.
Yo‘lning tutash joylarida harakat xavfsizligini ta’minlash va qulay harakatni tashkil etish maqsadida ikkinchi darajali yo‘llarda xavfsizlik orolchalari qilinadi. Ularning optimal soni 3 ta bo‘lib, uning formasi yo‘lning tutashish burchagiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Ib-II darajali avtomobil yo‘llarida ikkinchi darajali yo‘ldagi harakat miqdori asosiy yo‘ldagidan 20% kam bo‘lganda chorrahani bir sathda joylashtirishni te.fan.nomzodi I.S.Sodiqov tavsiyaga ko‘ra chapga bo‘rilishni uzaytirilgan shaklda bajarish maqsadga muvofiq.
Shahardan tashqaridagi avtomobil yo‘llarida aylanma harakatli chorrahalarni ko‘zda tutish maqsadga muvofiq emas. Ularning shaharga kirishda yoki aholi punktlarida qo‘llanilgan ma’qul. Aylanma harakatni chorrahalarda harakat xavfsizligini oshirish va harakatni to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida aylanadan chiqish joylarini bosqichma-bosqich kengaytirilishini ko‘zda tutish kerak.



Yüklə 56,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə