Reja: Yuk avtomobillarining harakatini tashkil etishga maxsus talablar. Yuk tashish yo'llarini rejalashtirish parametrlariga asosiy talablar


REJADAGI KICHIK RADIUSLI EGRILIKLARDA



Yüklə 56,9 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü56,9 Kb.
#142394
1   2   3   4   5
16 ma`ruza

8.4 REJADAGI KICHIK RADIUSLI EGRILIKLARDA


XAVFSIZ HARAKATNI TARTIBGA SOLISHNING
AMALIY TADBIRLARI

O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan avtomobil yo‘llarining ko‘pchilik qismi tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, kichik radiusli bo‘laklardan tashkil topgan. Tex.fan.nomzodi F.K.Beknazarov Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlaridagi II-IV darajali ikki polosalik 11307 km avtomobil yo‘llarida joylashgan egri uchastkalardagi radius qiymatlarini tahlil qilib, II darajali yo‘llarda 50%, III darajali yo‘llarda 60% va IV darajali yo‘llarda 65% egri bo‘lagidagi radius qiymatlari me’yorda belgilangan minimal normadan kichik bo‘lishini aniqladi.


Avtomobil yo‘lidagi egri bo‘lakning radiusi qancha kichik bo‘lsa, unda harakatlanish shuncha qiyinlashib, birinchi navbatda harakat tezligining pasayishiga, harakat trayektoriyasining o‘zgarishiga, transport oqimining zichlashishiga va YTH ning ortishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun avtomobil yo‘llaridagi egrilik radiuslarining QMQ 2.05.02-95 ga asosan minimal qiymatlari cheklangan.
Rejadagi tavsiya etilgan egrilik radiusining kamida 3000 m belgilanishi me’yoriy xujjatlarda belgilangan bo‘lib, bunday radiusli egri bo‘laklardan avtomobil harakatlanganda unga markazdan qochma kuch minimal ta’sir ko‘rsatib, to‘g‘ri yo‘l bo‘lagida harakatlanishdan farq qilmaydi.
Rejadagi egrilikning radiusi qancha kichik bo‘lsa, egri uchastkada shuncha ko‘p YTH vujudga kelishi mumkin.
Yo‘lning yuklanganlik koeffisiyentiga qarab quyidagi ishlarni egrining radiusi kichik bo‘lgan joylarda bajarilishi tavsiya etiladi.
«Avtomobil yo‘llari» kursida ma’lumki, xavfsizlikni ta’minlash uchun kichik radiusli egriliklarda «viraj» qurilishi belgilanadi. Egri uchastka serpantinadan iborat bo‘lsa, unda bunday joylarda (tog‘lik rayonlarda) «zinasimon viraj» qurilishi avtomobillarning tezligini va xavfsiz harakatini oshiradi. «Zinasimon virajdagi» nishablik qismi o‘rtasidagi ko‘ndalang nishablik radiusning qiymatiga qarab (oddiy virajdagidek) olinadi, eni 2 metrdan kam bo‘lmagan ichki va tashqi polosalardagi ko‘ndalang nishablik esa ichki polosa uchun 10-20%, tashqi polosa uchun 10-40% asosiy (o‘rtadagi) nishablikka nisbatan katta belgilanadi.
QMQ 2.05.02-95 ko‘rsatmalariga asosan «shovqin chiqaruvchi» ko‘ndalang polosa xavfli uchastkadan 250-300 m oldin o‘rnatilib, eni 5-7 m polosalar orasidagi masofa avvaliga 30 metrgacha, keyingilariniki esa 10-15 m qabul qilinadi. Ko‘ndalang polosalarning balandligi 10-12 mm belgilanadi.
«Silkituvchi» ko‘ndalang polosalarning eni 1 m olinib, birinchi ikkita uchta polosaning balandligi 1,5-2,0 sm, keyingilariniki esa 3 sm belgilanadi. Polosalar orasidagi masofa asosan qabul qilinadi.

Misol:


Egrining radiusi 120 m bo‘lgan joyda avtomobillarning 85% tezligi 75 kmsoat tashkil qilib, har yili shu egrilikda 2-3 YTH bo‘ladi. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamma ko‘rilgan choralar kutilgan natijani bermadi va egri uchastkadagi tezlik radiusining kichikligiga qaramasdan o‘zgarmasdan qoldi. Bizga ma’lumki, radiusga nisbatan xavfsiz tezlik quyidagicha aniqlanadi:


; kmsoat (8.1)
bu yerda: R-egrilik radiusi; -harakatlanishdagi qulaylik koeffisiyenti;
ik-qatnov qismining ko‘ndalang nishabligi.
Ko‘rilayotgan misol uchun R*120 m; *0,15% ik*0,04 va bu egri uchastkada viraj ko‘rilgan, unda bu uchastkadagi xavfsiz tezlik bo‘lishi kerak.


kmsoat
Demak, ko‘rilayotgan egrilikda avtomobillar 21 kmsoat yuqori tezlik bilan o‘tishayotir. Tezlikni xavfsiz darajaga keltirish uchun birinchi navbatda varajning ko‘ndalang nishabligini 60% ko‘tarmiz va bu qiymat uchun xavfsiz harakat tezligini aniqlaymiz, unda V*56,656 kmsoat bo‘ladi. Endi avtomobillar egrilikda 18 kmsoat yuqori tezlik bilan o‘tishadi. Egrilik radiusini yo‘l sharoitiga ko‘ra kattalashtirish imkoniyati yo‘q. Bunday hollarda tezlikni majburan kamaytirish shu uchastkani ta’mirlash ishlarini boshlaguncha xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yaxshi natija beradi.
Avtomobil yo‘lining egri bo‘lagida harakat xavfsizligini oshirish, harakatni to‘g‘ri tashkil qilish va YTH ni kamaytirish maqsadida qatnov qismini kengaytirish amaliyotida keng qo‘llanadi. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida keng tarqalgan avtomobil-traktor oqimining harakatini hisobga olgan ravishda tex.fan.nomzodi F.X.Beknazarov sug‘oriladigan rayonlarda joylashgan ikki polosalik avtomobil yo‘ollarining egri bo‘lagidagi qatnov qismini kengaytirishni egri radiusining o‘zshgarishiga nisbatan tartibga belgilashni tavsiya etadi.
Avtomobil yo‘lining egri bo‘lagida xavfsiz harakatni tashkil etishda yo‘l belgi chiziqlari haydovchilarga qanday trayektoriya bilan harakatlanishni aniq ko‘rsatib beruvchi asosiy yo‘naltiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Yo‘l belgi chizig‘ini qay tarzda belgilash egrining burilish burchagiga, radiusiga, ko‘rish masofasiga v polosalar soniga bog‘liq. Bu ko‘rsatkichlardan egrining burilish burchagi va radiusi ko‘proq ta’sir etadi. Uni shartli ravishda egrining mayinligi (plavnost) deb «R» quyidagi formula yordamida aniqlanadi,


(8.2)
bu yerda: R-egrining radiusi; -trassaning burilish burchagi, rad.
Ikki polosalik avtomobil yo‘lining egrilik mayinligi R*0,11,0 bo‘lib, ko‘rinish ta’minlangan bo‘lsa, unda yo‘l belgi chiziqlari va yo‘l belgilari bilan harakatni tashkil etadi.



Yüklə 56,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə