Reja: Yuk avtomobillarining harakatini tashkil etishga maxsus talablar. Yuk tashish yo'llarini rejalashtirish parametrlariga asosiy talablar


YO‘L HARAKATINI OPERATIV TASHKIL ETISH



Yüklə 56,9 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü56,9 Kb.
#142394
1   2   3   4   5
16 ma`ruza

8.2 YO‘L HARAKATINI OPERATIV TASHKIL ETISH


VA ULARGA KERAKLI MA’LUMOTLAR TO‘PLASH

Avtomobil yo‘lida harakatlanayotganda haydovchining manzilga tezroq yetib borish hohishi bilan uni amalga oshirish orasida kelishmovchilik mavjud. Ko‘pchilik hollarda haydovchilarning tanlagan harakat tezligi yo‘l, ob-havo sharoitlarini va transport oqimi tavsiflarini hisobga olmasligi sababli harakat xavfsizligi ta’minlanmaydi. Bunday holat esa avtomobil yo‘llarida ziddiyatli sharoitlarni vujudga keltiradi.


Kelajakda bu muammoni hal qilish yo‘llarida biri avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarishni tashkil qilish bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi:

  • yo‘l sharoiti va transport oqimi holati to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish va tahlil qilish;

  • har bir konkret holatda optimal harakat rejimini tanlash;

  • harakat qatnashchilariga tavsiya etilayotgan harakat rejimi to‘g‘risida operativ axborot berish va uning bajarilishini nazorat qilish.

Hozirgi vaqtda avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish uchun ko‘proq texnik vositalar va yangi usullar qo‘llanilmoqda. Bunga harakatni boshqarishning avtomatik tizimi (HBAT) kiradi: HBAT yordamida yo‘l sharoitlarini va transport oqimining holatini hisobga olgan holda operativ ravishda iqtisodiy qulay harakatni boshqarish yo‘llarini tanlash mumkin bo‘ladi.
Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil qilish sxemalarini tanlash vaqtida yo‘lning hamma parametrlarini va transportlar yurishi uchun sifat holatini, ob-havo o‘zgarishlarini va transport oqim tavsiflarini to‘liq hisobga oluvchi sxemaga afzallik berish lozim.
Avtomobil yo‘llaridagi harakatni boshqarish uchun har xil texnik vositalardan foydalaniladi. Harakatni boshqarish tizimining tasnifiga binoan qanday texnik vositalar ishlatilishi.
Avtomobil yo‘lidagi harakatni avtomatik ravishda boshqarish va hisobga olish maxsus o‘lchov asboblarini yaratishga olib keladi. Maxsus o‘lchov asboblari yordamida operativ ravishda transport oqimidagi avtomobillar sonini, tezligini, transport vositasining uzunligini, transport vositasining uzunligini, transport vositasining yuk ko‘tarish qobiliyatini va boshqa parametrlarini o‘lchanadi. Bunday parametrlarni o‘lchovchi asboblarni odatda transport detektorlari deb ataladi.
Transport oqimining harakteristikalarini aniqlashda quyidagi o‘lchash usullaridan foydalaniladi: mexanik-kontaktli; induktiv-magnitli; impulslab zondlash; avtomobillarni nurlash; fotografik televizion; maxsus avtomobil boshlagich.

Yo‘l sharoiti harakat tartibini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, u harakat tartibining qulayligini va xavfsizligini aniqlaydi.


Yo‘l sharoiti o‘z ichiga yo‘lning geometrik parametrlarini, uning transport foydalanishi tavsiflarini, yo‘lning barcha muxandislik inshootlarini jamlaydi. Bu keltirilgan ko‘rsatkichlarni har biri yo‘lning ishlash holatiga, avtomobil harakati bilan yo‘l orasidagi vaziyatga, haydovchining ruhiy holatiga va oqibatda yo‘ldagi transport vositalari rejimiga va harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shu axborotlarga tayanib avtomobil yo‘l tarmoqlarida va har bir avtomobil yo‘li uchun boshqarishning asosiy strategiyasi belgilanadi.
Operativ ravishda harakatni boshqarish uchun muntazam ravishda yo‘lning geometrik parametrlari va holatining o‘zgarishi to‘g‘risida axborot kerak. Bu axborotlarga asosan harakatni tashkil qilish sxemalari tanlab olinadi.
Yo‘ning geometrik parametrlari har xil usullar va asboblar bilan aniqlanishi mumkin: kameral holatda loyiha materiallari bo‘yicha, naturada yo‘lni geodezik asboblar bilan o‘lchab, maxsus harakatlanadigan laboratoriyada o‘rnatilgan asboblar orqali, aerofotos’yemka qilish yo‘li bilan.
Transportdan foydalanish tavsiflarini quyidagi usullar va asboblar yordamida aniqlanadi.
1. Tishlashish koeffisiyentini:

  • maxsus oddiy asboblar (mayatnik usulida ishlaydigan, dinamometrik aravachalar);

1. Yo‘l to‘shamasining mustahkamligini:

  • progibomer;

  • dinamik urish orqali.

2. Ravonlkini:

3. /adir-budirlikni:

  • miroprofilometrlar;

  • «qumli dog‘» usuli bilan.

Yo‘ldan transportlar foydalanishining boshqa tavsiflarini bundan oldingi «Avtomobil yo‘llari» kursida tushuntirib o‘tilganligi sababli, biz bu bo‘limda faqat yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan chegaralanadik.



Yüklə 56,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə