Reja: Yuk avtomobillarining harakatini tashkil etishga maxsus talablar. Yuk tashish yo'llarini rejalashtirish parametrlariga asosiy talablar


AHOLI PUNKTLARIDA PIYODLARNING HARAKATINI



Yüklə 56,9 Kb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü56,9 Kb.
#142394
1   2   3   4   5
16 ma`ruza

8.5 AHOLI PUNKTLARIDA PIYODLARNING HARAKATINI


TASHKIL ETISH

Avtomobil yo‘llarining aholi punktlaridan o‘tgan uchastkalrida harakatlanish uchun bir muncha noqulayliklar vujudga keladi. Ular asosan mahaliy harakatning ko‘pligi, piyodalarning harakati. Jamoat transportlarining to‘xtash joylari mavjudligi, yo‘l yaqinida joylashgan har xil binolar borligi «tranzit» avtomobillarining o‘tishiga katta xalal beradi.


O‘zbekiston yo‘l tarmoqlarining 55-95% aholi yashaydigan punktlardan o‘tgan bo‘lib, rossiya va Ukraina yo‘l tarmoqlaridagi xuddi shunday ko‘rsatkichga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p demakdir.
Harakat miqdori aholi yashaydigan joydan o‘tgan uchastkalarda 8-15, ayrim hollarda esa 20 ming avtsut. bo‘lishi mumkin. Jamlovchi avariyalik koeffisiyentlar yig‘indisi ba’zi bir hollarda 180-350 miqdorga yetadi yoki bu normadagi ko‘rsatkichdan 4,5-7 marotaba ko‘pdir. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari yoqasida aholi punktlarini joylashib borishini 1960-1996 y. ichida tahlil qilganimizda aholi punkitini yo‘l yoqasida yildan-yilgacha o‘sib borishi yo‘lning ahamiyatiga qarab 1,5-4,0% tashkil qilar ekan.
Avval aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston yo‘llarida transport oqimida avtomobil transporti bilan traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari birgalikda harakat qilishi natijasida ma’lum qiyinchiliklar tug‘iladi, aholi yashaydigan uchastkalarda esa bu noqulaylik ortadi.
Aholi punktidan o‘tgan yo‘llarda harakatni to‘g‘ri tashkil qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:
1. Yo‘l belgisini, yo‘l belgi chizig‘ini, yo‘l to‘sig‘ini va yo‘naltiruvchi qurilmalarni joylashtirish.
2. Yengil va yuk avtomobillarini alohida harakat polosalari bo‘yicha harakatlantirish.
3. Ajratuvchi polosa o‘rnatish.
4. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish (yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni boshqa-boshqa ko‘chalarda tashkil etish).
5. Sun’iy yoritishni ta’minlash.
6. Piyodalar harakatini tashkil qilish.
7. Velosipedchilarning harakatini tashkil qilish.
Bundan olingan bo‘limlarning 1, 2, 3, 4-bandlarida keltirilgan takliflar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tganimiz tufayli, quyida aholi punktlarini sun’iy yoritish, piyodalar va velosipedchilar harakatini tashkil qilish ustida to‘xtalamiz.
Sutkaning qorong‘i davrida avtomobillarning harakatlanish sharoiti kunduzgi vaqtdagidan kesikin farq qiladi, kunduz kuni ob-havo yaxshi bo‘lgan vaqtda haydovchi to‘g‘ri uchastka yo‘lda 1000 metrdan ortiq masofani ko‘radi. Havo bulut bo‘lsa 800-900 m masofani ko‘rishi mumkin. Kechasi avtomobillarning uzoqni yoritish faralari yordamida yo‘l qoplamasi ustida yotgan narsani haydovchi 100130 m masofadan ko‘radi. Bu esa kunduzgi ko‘rinishga nisbatan 8-10 marotaba kam. Lekin ko‘rish masofasi kechasi keskin kamayishiga qaramasdan haydovchilar tezlikni kunduz kundagiga atigi o‘rtacha 5-10 kmsoat kamaytiradilar. Shu sababli YTH 4550% qorong‘i vaqtga to‘g‘ri keladi, xatto bu vaqtda harakat kunduz kundagidan 2-3 marta kam kuzatilsa ham.
Aholi yashaydigan joylarda yo‘lning qatnov qismining o‘rtacha ravonligi (yorug‘lik) I darajali yo‘llar uchun 0,8 kdm2, II darajali yo‘llar uchun 0,6 kdm2 va chorrahalarga yaqinlashish uchastkalarida 0,4 kdm2 bo‘lishi kerak.
Agarda qatnov qismining kengligi 12 m dan oshmasa, sun’iy yoritish lampalarini tayanchlarining bir tomonidan o‘rnatilishi ma’qul. Qatnov qismining eni 12 m dan katta bo‘lgan holda tayanchlarning yo‘lning ikki tomoniga to‘g‘rima-to‘g‘ri yoki shaxmat shaklida o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Ajratuvchi polosaning eni 5 m dan kam bo‘lsa lampa tayanchlarini shu polosaga o‘rnatish mumkin, lekin bu holda tayanchlarni to‘siqlar bilan o‘rab vertikal yo‘l belgi chizig‘i chizilishi shart. Tayanchlar yo‘l chetidan 0,5 m masofadan kam bo‘lmagan joyda «bermada» o‘rnatiladi. Tayanchlarni bir-biridan 2540 m oraliqda joylashtiribi, lampalarni yo‘l ustidan 612 m balandlikda o‘rnatiladi.
Piyodalarning harakatini tashkil qilish uchun trotuarlar, jihozlanmagan yer usti joylari, yer osti va piyoda yo‘l o‘tkazgichlari quritilishi belgilanadi.
Shahar tipidagi aholi yashaydigan trotuar asosiy yo‘lga parallel ravishda 10-20 sm ko‘tarilgan holda quritiladi.
Ko‘p aholi yashaydigan punktlarda piyodalar o‘tish joylari 300 m masofadan kam bo‘lmagan joylarda o‘rnatiladi. Aholi punkitining uzunligi 0,5 km dan katta bo‘lmasa ikki o‘tish joyi belgilanib, ular orasidagi masofa 150-200 m olinadi. piyodalar o‘tish joylari yaxshi jihozlanib, kamida 150 m masofadan haydovchilarga yaqqol ko‘rinib turishi kerak.
Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida aholi yashaydigan punktlarda transport vositalari va piyodalarning harakat miqdoriga qarab piyodalar o‘tish joylarining jihozlanish darajasi o‘zgarib boradi. «Zebra» tipidagi piyodalar o‘tish joyi II, III kategoriyali yo‘llarda avtomobillarning harakat miqdori 200 avtsoat va undan yuqori bo‘lganda piyodalar yig‘ilib yo‘lni kesib o‘tadigan joylarda o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi.

Piyodalar harakatining avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan transport vositalari uchun ta’sirini umuman yo‘q qilish maqsadida piyodalar yo‘l o‘tkazgichi yoki tonnellari qurilishi kerak.


Piyodalar yo‘l o‘tkazgichlari yo‘l qatnov qismining tepasida o‘tkazilsa qurilishi oson va arzonga tushadi. Lekin piyodalar undan kam foydalaniladilar, chunki yo‘l sathidan 5-6 m balandlikka ko‘tarilib, so‘ngra yana qayta tushishlari kerak. Shu sababli piyodalr yo‘l o‘tkazgichi asosiy yo‘l o‘ymadan o‘tganda yoki yo‘lning harakat bilan yuklanganlik koeffisiyenti juda yuqori 0,7-0,9 bo‘lganda iqtisodiy jihatdan foydali xamma piyodalar foydalanishi yuqori bo‘ladi.
Yer osti piyodalar tonellari piyodalar tomonidan ko‘p foydalaniladi, chunki yer osti tonnellarining balandligi 2-2,5 m dan oshmaydi va piyodalar tushib-chiqishi yo‘l o‘tkazgichlariga nisbatan 2 marta oson bo‘ladi. Lekin tonnellar ko‘rilishi jihatidan bir muncha murakkab va qimmat bo‘ladi.
Piyodalarning yo‘l o‘tkazgich va tonnellar qurilgan joylarda tartibsiz yurishlarini kamaytirish maqsadida yo‘lni o‘qi bo‘yicha yoki ajratuvchi polosada 2-gruppa yo‘l to‘siqlarini yo‘lning har ikki tomoniga 50-100 m masofaga (harakat miqdoriga qarab) o‘rnatish zarur.
Aholi yashash joylarida va ularga kelishdagi yo‘l qismlarida hisobiy harakat miqdori 4000 kelt.birsut va undan ortiq bo‘lsa, yo‘l poyi chegarasidan tashqariga joylashtirilgan holda piyodalar uchun yo‘laklar qurilishi kerak. Yo‘laklarni «SniP 2.07.01-89» talablariga muvofiq loyihalash zarur.
Avtomobil yo‘li aholi yashash joyidan o‘tgan sharoitda piyodalar harakatini tashkil etish maqsadida trotuar qurilishi ko‘zda tutiladi. Trotuar enini ko‘chaning darajasiga, qurilish harakteriga yo‘lovchilarning soniga, hamda trotuar joylashgan machtalarning tayanchlari va daraxtlar mavjudligiga qarab belgilanadi. Trotuar enini hisoblashda yo‘lovchining harakatlanishi uchun 0,75 m tasma kerakligi ko‘zda tutiladi.
Ko‘chalarning umumiy eniga qarab turib trotuarlar quyidagicha joylashtirilishi mumkin: qatnov qismining yonida, ko‘kalamzorlashtirilgan tasmalar oralig‘ida, qatnov qismidan va binolardan ajralgan holda, binolar yonida, qatnov qismidan ko‘kalamzorlashtirish tasmalari joylashtirib ajratilgan holda va h.k.

Trotuar enini kerak bo‘lgan hollarda quyidagi formula orqali hisoblash mumkin


(8.3)
bu yerda: Vyu-piyodalarning trotuarda yuradigan qismi, m; v1-binogacha bo‘lgan zapas tasmaning eni, m; v2-yo‘l qatnov qismining chetigacha bo‘lgan zapas tasmaning eni, m; hisoblarda v1v20,5-1,2 m teng deb olinadi. Vyu quyidagicha formula bilan aniqlanadi.

bu yerda: p-tasmalar soni; vyu-piyodalar yuradigan bitta tasmaning eni vyu*0,75 m.


(8.4)
Tasmaning sonini hisobiy davrda kutilayotgan piyodalar harakat miqdoriga Np(piyoda/soat) va bitta yuradigan trotuar tasmasining Rp (piyoda/soat) o‘tkazish qobiliyatiga qarab aniqlanadi.
Aholi yashash joylaridagi avtomobil yo‘llarida velosipedchilarning harakatini tashkil qilish uchun alohida polosa belgilanadi, agarda transport vositalarining harakat miqdori 1000 avt/sut va velosipedchilarning soni sutkada 100 ko‘p bo‘lsa, velosiped yo‘lagi 8.14-jadvaldagi shartlar bo‘yicha kurilishi ko‘zda tutiladi.

O‘rtacha yillik avtomobillarning harakat miqdori, avt/sut

O‘rtacha yillik velosipedchilarning harakat miqdori, vel/sut

1500 km

300 ko‘p

1500-2250

225

2250-3000

170

3000-4350

120

4250-7000

65

Velosiped yo‘lagi ko‘tarma poyi yonida yoki uning qiyaligidan tashqarida o‘rnatiladi. Velosiped yo‘lagi bilan avtomobil yo‘li orasidagi ajratuvchi polosaning eni kamida 1,5 m bo‘lishi kerak. Velosiped yo‘lagini loyihalash uchun 8.15-jadvaldagi me’yorlardan foydalaniladi.







Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Tavsiya etilgan

Eng kichik

1

Tezlik

kmsoat

25

15

2

Bir polosalik qatnov qismining eni

m

1,0

0,75

3

Bir tomonga ikki polosalik qatnov qismining eni

m

1,75

1,5

4

Ikki tomonga ikki polosalik qatnov qismining eni

m

2,50

2,50

5

Yo‘lak yoqasining eni

m

0,25-0,30

0,25-0,30

6

Rejadagi egrilik radiusi

m

75

50

7

Qabariq egrilik radiusi

m

500

400

8

Botiq egrilik radiusi

m

150

100

9

Maksimal bo‘ylama nishablik

%

60

70

10

Ko‘ndalang nishablik

%

15-20

15-20

Hozirgi kunda barcha davlatlardagi kabi O‘zbekistonda ham piyodalarning harakatini tashkil etishda asosiy vosita bo‘lib yo‘l belgilaridan foydalaniladi. Tex.fan.nomzodi A.A.Nazarov aholi yashaydigan joylarda o‘tkazgan tadqiqotlariga asosan yo‘l sharoitlarining murakkablashuvi va yo‘l-transport hodisalarining ko‘plab sodir etilishi natijasida o‘rnatiladigan yo‘l belgilarining soni boshqa joylarga nisbatan 3-4, ba’zan 5 marotaba ko‘p bo‘lishi aniqladi. Piyodalar harakatining ko‘payishi va yo‘l sharoitlarining murakkablashuvi haydovchilar tomonidan qator o‘rnatilgan yo‘l belgilarini qabul qilishni qiyinlashtirib, ularning samarasi ancha past bo‘lishi kuzatiladi.


Aholi punktlarida harakatni tashkil qilishda va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, shuningdek, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida avtor rahbarligida A.A.Nazarov quyidagi gorizontal yo‘l belgi chizig‘ini tushirishni tavsiya qiladi. «Bolalar» yo‘l belgi chizig‘ini yo‘l qatnov qismiga tushirishda uni 1.21 yo‘l belgi «Bolalar» bilan bir xil masofada «Piyodalar o‘tish joyi» yo‘l belgi chizig‘ini esa shunday yo‘l belgi chizig‘iga (1.4.1, 1.4.2, 1.4.3) 50 metr yetmasdan tushirish tavsiya etiladi.
Yüklə 56,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə