Sharqiy Slavyanlar. Kiyev rusi



Yüklə 5 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü5 Kb.
#163605
Sharqiy Slavyanlar. QADIMGI RUS DAVLATINING VUJUDGA KELISHI

Sharqiy Slavyanlar. QADIMGI RUS DAVLATINING VUJUDGA KELISHI

Sharqiy slavyan qabilalari: drevlyanlar, rodimichlar, tiverlar, dregovichlar, vyatichlar, sevoryanlar va hokazolar ilk o‘rta asrlarda Dnepr daryosi havzasida yashaganlar.


Keyinchalik aynan shu qabilalar birlashuvidan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan.

Arxeologlar slavyanlarning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganliklarini qazishmalardan topilgan mehnat qurollari,


kulolchilik buyumlari, jez va kumushdan yasalgan zeb-ziynatlar orqali aniqlashgan.

Vizantiyada VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari”ga ko‘ra, qishloq jamoasining a’zolari – erkin dehqonlarning yerlari alohida bo‘lib, ular bug‘doy, tariq, arpa va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar.

Yilnomalarda yozilishicha, Sharqiy slavyan qabilalari varyaglarga (skandinaviyalik normannlarga) elchi jo‘natib, ulardan o‘zlariga knyaz yuborishlarini so‘raydi.

Bu taklifga binoan uch aka-uka: Ryurik, Sineus va Truvorlar Rusga kelib, Ryurik Novgorodda, Sineus Beloozeroda, Truvor Izborskda knyazlik qiladilar.


Aka-uka Ryurik, Sineus va Truvorlarning
Rusga kelishi

Igor 945-yilda drevlyan qabilalari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lganidan so‘ng, uning rafiqasi Olga o‘g‘li Svyatoslav balog‘atga yetgunicha Kiyev knyazligini boshqargan.


Kiyev Rusi
hukmdori Olga

Yilnomalarda yozilishicha, Svyatoslav 964-yilda 22 yoshida knyazlik taxtiga o‘tirgach, Sharqqa yurish boshlagan.

Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash so‘ngida Vladimir (980– 1015) taxtni egallaydi.


Buyuk knyaz
Vladimir
Rus tarixida Vladimir istilochi emas, balki 988-yilda ruslarni xristian dinini qabul qildirgan hukmdori sifatida qadrlanadi.

Donishmand nomini olgan Yaroslav davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to‘plami – «Rus haqiqati» tuzilgan.


Yaroslav huzurida aholiga
«Rus haqiqati» o‘qilmoqda

«Rus haqiqati»ga fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha qonunlar kiritilgan.


«Rus haqiqati»dagi ko‘pchilik
moddalarda jarima to‘lash ko‘zda tutilgan.

Qipchoq xonlari zarur paytda o‘n minglab jangchilarni safga tizib, Rus knyazlari yerlariga talonchilik bosqinlari uyushtirganlar.

Rus knyazi Vladimir Monomax (1113–1125) ilk bor qipchoq xonlari qo‘shinini yengadi. Uning davrida urushlar qipchoqlar yashaydigan hududlarga ko‘chadi.


Vladimir Monomax

Lekin Monomaxning vafotidan so‘ng qipchoqlar hujumi qaytadan boshlanadi. Kiyev Rusi esa siyosiy tarqoqlik bosqichiga kiradi.


Kiyev Rusining
otliq jangchilari

Savol va topshiriqlar

1. Kiyev Rusi qay tarzda tashkil topadi?

2. Oleg, Igor, Svyatoslavlar knyazligi davrida davlatning asosiy vazifalari nima hisoblangan?

3. Kiev Rusi davlatining boshlang‘ich va yuksalgan davrlardagi (XI asr) yutuq hamda muammolarini qiyoslab bering.


Yüklə 5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə