Umumhind davlatining vujudga kelishi. Klassik davr tarixi Reja



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix07.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#115808
  1   2   3   4   5   6   7
Umumhind davlatining vujudga kelishi. Klassik davr tarixi




 Umumhind davlatining vujudga kelishi. Klassik davr tarixi 
 
Reja 
 
I.Kirish…………………………………………………………2 
Il. Asosiy qism ……………………………………………….4 
1. Hudud va aholi, davrlashtirish, manbashunoslik va 
tarixnavislik …………………………………………………4 
2. Hind sivilizatsiyasi………………………………………….7 
3. Budda davri: Er. avv. VI-III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot. Umum Hindiston davlatining vujudga kelishi. 
«Klassik davr» …………………………………………….…13 
4. Qadimgi Hindiston madaniyati ………………………….21 
Ill.Xulosa …………………………………………………...26 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ..……………………………28 
 



Kirish
Hindistonning bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, re'lefi, joyi va tuprog`i 
jihatdan bir necha zonaga bo’linadi. Shimoliy-g`arbiy viloyatlar qadimda qalin 
o’rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog`i juda hosildor. Shu yerda 
eramizdan avvalgi III ming yillikda janubiy Osiyoda eng qadimgi shahar 
sivilizatsiyasi shakllandi. Hindiston shimoldan va shimoliy-sharqdan Osiyoning 
boshqa qismidan Himolay tog`lari bilan ajratilgan. Err. avv. II ming yillikda bu 
yerdan hind-yevropa qabilalari yo’li o’tgan. 
Hind-Gang tekisligining markaziy qismi qadimda «oriy» larning «muqaddas yeri» 
(Ar'yavarta) deb atalgan. Ikki buyuk daryoning oralig`ida va Gangning yuqori 
qismida er. avv. I ming yillikning birinchi yarmida veda sivilizatsiyasi shakllandi. 
Gang daryosining shimoliy-sharqiy havzasida namlik darajasi juda yuqori va boy 
tropik o’simliklarga ega. Er. avv. I ming yillik o’rtalarida bu hududda keng 
miqyosda dehqonchilik ishlari boshlanadi. Er. avv. I ming yillikning ikkinchi 
yarmida bu yerda Qadimgi Hindistonning eng muhim siyosiy va madaniy markazlari 
vujudga keldi. 
Hind-gang tekisligining Dekan (qadimgi hind tilida «Danishna» - janub) yarim 
orolidan yassi tog`lar ajratib turadi. Dekan yarim orolida faqat eramizning 
boshlarida yirik davlatlar paydo bo’ldi. Orolning markaziy qismida Shri-Lanka 
(Seylon) o’rmonli tog`lik hudud. Orolning geografik o’rnini janubiy Hindiston 
qirg`og`i bilan muntazam aloqalar shartlab keladi. 
Janubiy Osiyoning hozirgi aholisining katta qismi asosiy yevropoid irqiga mansub. 
Faqat yarim orolnig janubiy qismi va Shri-Lankaning aholisi irqiy belgilariga qarab 
(badani, sochining qora rangi va boshqalar) avstroloidlarga yaqin turadi. Shimoliy 
sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid irqiga mansub. 
Shimolda Hind-Yevropa tillari (hind, bengal va boshqalar), janubda dravid (masalan, 
tamil.) Dekan va shimoliy sharqiy Hindistonning qator tillari Janubiy –Sharqiy 
Osiyo, Tibetda va Xitoyda tibet-birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka 
aholisining ko’pchilik qismi hind-yevropa (singal ) tilida ozchilik qismi dravid 
(tamil) tilida so`zlashadi. 
Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so’zlashuvchi oriylar Hindistonga er.avv. II ming 
yillikda kirib kelganlar. Singallar materikdan Shri-Lankada er.avv. I ming yillikda 
paydo bo’lganlar. 
Janubiy Osiyning qadimgi tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi: 
1. Eng qadimgi hind sivilizasiyasi. Taxminan er. avv. XXIII-XVIII asrlar bilan 
belgilanadi. (ilk shaharlar, davlatlarning paydo bo’lishi) 



2. Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida oriylarning paydo bo’lishi. Er. avv. 
II ming yillikning oxiridan er.avv. VII asrgacha «Veda» davri. Bu davrda yaratilgan 
muqaddas kitoblar «vedalar» nomi bilan mashhur. 
3. «Budda davri». Er. avv. VI-III asrlar. Budda dinining paydo bo’lishi va tarqalishi 
davri. Bu davrda iqtisodiyotning yuqori taraqqiyoti, shaharlarni shakllanishi-yirik 
davlatlar Mauriylar Umum Hind davlatining tashkil topishi. 
4. Er. avv. II asrdan eramizning V asrigacha . «Klassik davr» janubiy Osiyo 
mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan davri. 
Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va 
o’rta asrlarda bu yerda keskin etnik o’zgarishlar yuz bermadi. Ijtimoiy 
munosabatlarda kasta tuzumi va madaniy an'analarning barqarorligi ko`rinib turadi. 
Qadimgi Hindistonning ko’pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning 
muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko’plab yetib 
kelgan. Sanskrit tilini o’rganish qadimgi til grammatik asarlariga, asosan Panini 
grammatikasiga (er. avv. IV asr) asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar 
(rigveda va boshqa vedalar) ritual sharxlar, nasihatlar to’plamidan iborat 
Ijtimoiy munosabatlarni o`rganish uchun asosiy manba bo’lib, diniy-ahloqiy 
majburiyat draxmalar («Manu qonunlari») siyosat san'ati to’grisidagi (Artxashastra), 
muhabbat to’g`risidagi (Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu 
manbalarda fikrlar sxolastik, an'anaviy ruhda bayon qilingan, shu bilan birga bu 
asarlar qachon va qayerda tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar 
adabiyotda kam tilga olinadi. U ko’p hollarda yarim afsonaviy kissalarda aks etadi. 
Yilnomalar eramizning I asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan va 
boshqa asosan budda ta'limotiga oid siyosiy-xo’jalik hujjatlari bo’lgan. Davlat va 
xususiy arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po`stloq yoki mato 
parchasi kabi murt asosda yozilgani uchun saqlanmagan. 
Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid o’qish qiyin bo’lgan 
Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. avv. III 
asr) yozuvlarigina yetib kelgan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə