Umumhind davlatining vujudga kelishi. Klassik davr tarixi Reja


 Budda davri: Er. avv. VI-III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#115808
1   2   3   4   5   6   7
Umumhind davlatining vujudga kelishi. Klassik davr tarixi

3. Budda davri: Er. avv. VI-III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot. Umum Hindiston davlatining vujudga kelishi. 
<>
Janubiy Osiyo tarixini o`rganish XVII oxiridan aniqrog`i, 1784 yil Kalkuttada 
sharqshunoslarning birlashmasi Osiyo jamiyatiga asos solinishidan boshlandi. 
XVIII asr oxirida sanskrit adabiyotining yodgorliklari: «Manu qonunlari», 
Kalidasining «Shakuntali» dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilindi. 
Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX 
asrning birinchi yarmida sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan 
qarindoshligi nazariyasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o’rtalarida va ikkinchi 
yarmida hind adabiyotning yodgorliklari asosan vedalarni tarjima qilish va chop 
qilish yuzasidan muhim ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning muqaddas kitoblari 50 
tomli (Oksford universitetida Maks Myuller asos solgan) seriya, ko’p tomli sanskrit 
lug`atlari paydo bo’ldi. XIX asrning oxirida T.Ris, Devids pali tilidagi matnlarini 
o’rganish va chop etish jamiyatini tashkil etdilar. 


13 
XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik qazishlar 
boshlandi. Asrimizning 20-30 yillarida janubiy Osiyoning eng qadimgi hind 
sivilizasiyasi ochildi. XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy konsepsiyasida 
yevrosentrizm an'anasi kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg`un, mustaqil 
taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati teokratik va despotik, tafakkur chalg`itilgan 
va faqat diniy deb talqin qilindi. Hindistonga makedoniyalik Iskandarning yurishini 
siyosiy ahamiyati burttirib ko’rsatildi. Xind madaniyatining muxim yutuqlari (epik 
asarlar, poeziya, teatr) yunonlardan o’zlashtirilgan deb ko’rsatildi. 
Guptalar davlati - qadimgi hind imperiyasi (IV VI asrlar). Taxminan 320 -yil 
Chandragupta asos solgan (oʻsha yildan boshlab Hindistonda Guptalar erasi hisobi 
boshlangan). Poytaxti — Pataliputra. Eng gullab rivojlangan davri (Chandragupta II 
davri taxminan 380 — 414)da deyarli butun Shimoliy Hindiston va boshqa bir 
qancha hududlarni oʻz ichiga olgan. Skandagupta davri (455 — 467) da 
boʻysundirilgan xalqlarning qoʻzgʻolonlari va saltanatning shimoli-gʻarbiy 
chegaralariga eftaliylarniig hujumlari boshlangan. V asr oxiridan parchalana 
boshlagan. VI asr boshida eftaliylar Guptalar davlatining gʻarbiy qismini bosib olib, 
uni katta tovon toʻlashga majbur etishgan. Guptalar davlati Markaziy Hindistondagi 
Mandasor davlati bilan ittifoq tuzib eftaliylarni magʻlubiyatga uchratgan boʻlsada, 
bu urushlar natijasida nihoyatda zaiflashgan va natijada VIasr oxirida barham topgan. 
Guptalar davlatining qulashi va Xarsha davlatining vujudga kelishi. Guptalar davlati 
VI asming boshlariga kelib qulagan. U V asrdayoq tushkunlikka uchray boshlagan 
bo'lib, buning asosiy sababi, mehnatkash omma ahvolining og'irligida bo'lgan. 
Hukmronlar haddan tashqari zeb-ziynat ichida yashaganlar, dehqonlarga og'ir
soliqlar solingan, ular o'zlari yetishtirgan hosilning ko‘p qismini soliq uchun 
to'lashga majbur bo'lgan. Aholi davlat foydasiga uzluksiz ravishda turli ishlarni 
bajarishga majbur qilingan. Mana shu kabi omillar hind dehqonlarining ahvolini 
og‘irlashtirgan. Mehnatkashlar o'rtasida norozilik tug'ilganligi alomatlari Guptalar 
zamonidan qolgan adabiy yodgorliklarda ko‘p uchraydi. Guptalar podsholigiga uzil-
kesil zarba bergan narsa ko'chmanchi eftaliylar, ya’ni oq xunnlarning bostirib kirishi 
bo'lgan. Ular V asr oxiri — VI asr boshlarida Shimoliy chegarani buzib o'tib, 
Shimoliy Hindistonning ko'pgina shahar va qishloqlarini vayron qilganlar. 530-
yilda oq xunnlar Guptalarning vassali roja Yasodharma tomonidan mag'lub qilingan. 
Xunnlarni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng Yasodxarma guptalar sulolasiga itoat 
qilishdan bosh tortib, o'zi maxaroja unvonini olgan. Lekin, unga Guptalar davlati 
hududining faqat bir qismigina bo'ysungan. VII asming boshlarida Xarsha (606-647) 
davlati birmuncha vaqtgacha yuksalib borgan. Xarsha Kanauja viloyatining rojasi 
bo'lib, keyinchalik u butun Shimoliy Hindistonni o'ziga bo'ysundirgan. Xarsha 
davlati Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha 


14 
bo'lgan hududni o ‘z ichiga olgan. Markaziy Hindistonning 40 tacha rojasi Xarshaga 
vassal bo'lgan. 
Qisman Mauriya imperiyasining muvaffaqiyati uning tarqalishiga olib keldi. Aryan 
madaniyati Mauriya tinchlik va hamjihatlik davrida ko'pgina subkontinentlarda 
gullab-yashnagan. Shaharlar va shaharlar Mauryan ma'muriy markazlari sifatida 
tsivilizatsiyaning 
tarixiy 
markazlaridan 
uzoqda 
o'sgan. 
Ilk 
Mauryan 
hukmdorlarining qat'iy tushunchasi yo'qolishi bilan, boshqa avtonom davlatlar tezda 
shakllandi 
Tayanch iboralar 
Buddizm, Sidxartxa, hinduizm, Vishna, Shiva, Maxabxorat, Ramayana, Shakun 
Kalidasi, «Panchatatra», «Kalila va Dimna», Sangi monastiri, Ashoki ustunlari
Gandxara Ashoki ibodatxonasi, oqsoqollar, mantiq. 
Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy tarixnavisligining juda katta 
tadqiqotlari bunday qarashlarning asossizligini ko’rsatdi. Hind milliy tarixnavisligi 
manbalarda ko’p xollarda yetarlicha tanqidiy taxlil etilmaydi. Qadimgi tarix ma'lum 
darajada modernizasiya qilindi. 
2. Hind sivilizatsiyasi 
Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo’lgan hind sivilizatsiyasi Hind daryosi vodiysida 
(hozir asosan Pokiston hududi taxminan er. avv. XXII-XVI asrlar) paydo bo’lib, 
qadimgi Sharq silizatsiyalaridan paydo bo’lishiga ko’ra uchinchi hisoblanadi. 
Hind daryosining g`arbida neolit davrida er. avv. VII-VI ming yilliklarda aholi 
dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaydi. Vodiyda paxsa uyli kichik qo’rgonlar 
paydo bo’ladi. Dastlabki ikki shaxar markazi Moxenjo-Daro va Xarappa, 
keyinchalik Chanxo-Daro va Kalibangan qazib ochiladi.Hozirgi vaqtda Hind 
vodiysi havzasida Xind sivilizasiyasining bir necha yuz qo’rgonlari ochilgan. 
Moxenjo-Daro, Xarappa va Kalibangan shaxarlari qurilishi ikki qismli rejaga ega. 
Shahring bir qismi sun'iy tepalikda qurilib devor bilan uralgan. Bu ma'muriy-diniy 
ishootlar deb taxmin qilinadi. Moxenjo-Daro qal'asida topilgan katta inshoot yoki 
hokim qarorgohi bo’lgan. Uning yaqinida diniy marosimlar uchun xizmat qiladigan 
basseyn topilgan. Xarappa qal'asida ulkan g`alla ombori qurilgan. 
Moxenjo-Daro bir necha o`n ming kishi yashaydigan 2 kv. km. maydondan iborat. 
To’g`ri ko`chalar o’n metrgacha kenglikda ko’rilgan. Uylar 2 qavatli, 
kanalizatsiyaga ega. Shahar hunarmandchiligi to’g`risida aniq tasavvur hosil qilish 
mumkin. Kulolchilik, to`qimachilik yuqori darajada rivojlangan. Haykalchalar 
kichik hajmda, hokim-koxin, yalang`och ayolning (raqqosa deb taxmin qilinadi), jez 
haykalchalari topilgan. Ikki to’g`ri burchakli muxrlar topilib, ularning ko’pchiligida 
mifologik manzaralar tasviri tushirilgan. Bu yerda topilgan boshqa muxrlarga 
o`xshash buyumlar Hind vodiysidan uzoq bo’lgan Baxreyn orollari, 


15 
Mesopotamiyadan, Eron va Turkmanistondan topilgan. Bu Moxenjo-Daro va 
Xarappaning qadimgi Sharq sivilizatsiyalari bilan keng aloqada bo’lganidan dalolat 
beradi. 
Moddiy madaniyat va san'at yodgorliklari asosida, Hind vodiysi aholisining diniy 
tasavvurlari to’g`risida tushuncha hosil qilish mumkin. Muxrlardagi tasvirlar bu 
yerda yashagan aholining daraxtlar, hayvonlar, osmon jismlariga e'tiqod qilganidan 
guvohlik beradi. Ona ma'buda haykalchasi dinning dehqonchilik xususiyatini 
ko’rsatadi. To’rt hayvon qurshovida Iog holatida turgan erkak ma'bud dunyoning 
to`rt tomonini hukmdori deb qaraladi. 
Er. avv. XVIII asr oxirida Xarappa madaniyati tushkunlikka tushib, sekin-asta halok 
bo’ladi. Hind sivilizatsiyasining siyosiy va ijtimoiy tizimi to’g`risida faqat umumiy 
tasavvur qilish mumkin. Qal'a va shahar rejasi davlat hokimiyati mavjudligidan 
darak beradi. Galla ombori va ishchilar uchun xonalar mavjudligi bu hududni aynan 
Mesopotamiyadagi mavjud ibodatxona, davlat xo’jaligi bilan o’xshashligini 
ko’rsatadi. Ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi, shaharlar va yozuvning mavjudligi, 
uy-joy inshootlari hajmlarining katta-kichikligi aholi o’rtasida ijtimoiy tengsizlikni 
mavjudligidan darak beradi. 
Er. avv. II ming yillikning oxiri I ming yillik boshlarida Shimoliy Hindiston 
tarixining asosiy manbalari «vedalar» Hind diniy adabiyotining eng qadimgi 
yedgorliklaridir. Vedalar madhiyalar, qo’shiqlar, qurbonlik aytishlari, muqaddas 
marosimni tushuntiradigan keng asarlardan iborat to’plamlardir. Til, din va 
mifologiya bo`yicha ular «Avesto» bilan o’xshashdir. «Avesto» vedalari 
tadqiqotchilarning fikricha «Oriy (ar'iya-so’zidan «oliyjanob») qabilalari tomonidan 
tuzilgan. 
Tuzilish bo’yicha «vedalar» ilk veda (er. avv. I ming yillik boshlari) va so’nggi veda 
(er. avv. IX-VII asrlar) davrlariga bo’linadi. 
“Rigveda” (hind-oriylarning vedalarini eng qadimgi qismi)da uchraydigan geografik 
nomlarga ko’ra, u Panjobda tuzilgan so’nggi veda matnlari shakllangan paytda oriy 
qabilalari Hind-Gang tekisligining butun markaziy qismiga tarqalgan edi. “Rigveda” 
yaratilgan davrida oriylarda sinfiy jamiyat va davlat hali shakllanmagan edi. 
Iqtisodiyotda yirik qoramolchilikka asoslangan chorvachilik rivojlangan, 
dehqonchilikka e'tibor berilmagan. Oriylar mis va jezdan foydalanganlar, uy- joyni 
qamish va loydan qurganlar. 
Gang daryosini yuqori qismi, Gang va Jamna o’rtasidagi yerlar “Mahabxarat” epik 
asarining syujetini tashkil qiladi. Ijtimoiy tashkilot qabila bo’lgan, qabila boshlig`i 
roja-harbiy boshliq va yo’lboshchi sifatida o’z qarindoshi va xizmatkorlariga 
tayangan. Qabila uch tabaqa: kohinlar, harbiylar va oddiy jamoachilarga bo’lingan. 
Muhim masalalar yig’ilishda hal qilingan. Vedalarda ko’rsatilgan qo’shnilar bilan 


16 
podalarni haydab ketish mumkin urushlar oddiy hal bo’lgan. Veda tilida “urush” 
(gavishta) so’zi “sigirlarni bosib olish” ma’nosini bildiradi. Ilk veda davrida 
qulchilik mavjud bo’lgan. Qadimda hindcha “dasa” qulni bildirgan so’z ko’pgina 
veda madhiyalarida uchraydi. Asrlar qulga aylantirilgan. Qul erkaklar veda va 
dostonlarda kam tilga olinadi, ayol qullar to’g`risida ko’p so’zlanadi. 
So’nggi veda davrida iqtisodiyot, ijtimoiy siyosiy tuzumda keskin o’zgarishlar yuz 
bergan. Dehqonchilik rivojlanib, Hind-Gang vodiysida keng dalalar o’zlashtiriladi, 
daraxtning qattiq yegochidan omoch yasay boshlanadi. Eshaklar asosiy yuk tortish 
vazifasini o’tagan. Sutlik ovqat kundalik yemish bo’lgan. Bayramlarda chorva 
mollari mo’l-ko’l qurbonlik qilingan. 
Temirdan faqat kamon uqi, nayza uchlari tayerlangan, uylar yog`och va bambukdan 
qurilgan, “Rigveda” (hind-yevropaliklarning mashhur kitobi) davrida harbiy 
yo’lboshchilar aravalarda jang qilganlar. Maxabxarotda yengil jang aravalari 
to’g`risida eslatiladi. Jang aravalarida poygalar o’tkazilgan. Diniy va epik asarlarda 
aholining asosiy qismi to`g`risida ma'lumotlar juda kam. 
Erkin va to’la huquqli dehqonlar jamoani tashkil qilib bir yeki bir necha qishloqda 
yashaganlar. Jamoatchilar qo’shni va kon-qarindosh aloqalar asosida birlashganlar. 
Eng muhim masalalar urug` yiginlarida hal qilinib, yig`ilishib, butun jamoa nomidan 
asosiy marosimlar bajarilgan. 
Qishloq aholisining bir qismi to’la huquqli bo’lmagan. Ular boshqa joydan ko`chib 
kelgan kishilar bo’lgan. To’la huquqli bo’lmaganlar xizmat ko’rsatadigan sohalar 
jumladan, hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Qishloqda keskin mulkiy 
tabaqalanishga jamoa ichki aloqalarining o’ta mustahkamligi qarshilk ko’rsatgan edi. 
So’nggi veda davrida o’z-o’zini boshqarish qishloq jamoasi bilan cheklanib qoladi. 
Qabila va qabilalararo munosabatlardagi barcha masalalar hokim va yo’lboshchilar 
vakolatiga kiradi. 
Er. avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida Shimoliy Hindistonning ijtimoiy- 
siyosiy taraqqiyoti jamiyatning «kohinlar», qabila harbiy zodagonlari, kshatriylar 
to’la huquqli xalq, vayshi jamoani pastki to’la huquqli bo’lmagan aholi qismi shudra 
(qullar) kabi to’rt qatlamini vujudga keltiradi. 
Har bir qatlam yepik toifalar – varna (so’zma-so’z “nav”)ga aylanadi. Har bir varna 
vakilining merosiy mavqei ularning mashg`uloti va diniy majburiyatlarini 
belgilagan. Koxinlik va o’qituvchilik majburiyati braxmanlarga, jang qilish va 
boshqarish kshatriylarga mehnat qilish, shudralarga uch oliy varnalarga so’zsiz 
xizmat qilish majburiyati yuklatilgan. Bu toifaviy mavqe merosiy bo’lib o’tgan. Har 
bir varna o’z huquqi, o’z ovqati, kiyimi, uy anjomi, kiyimini kangi va boshqalar 
qat’iy belgilangan edi. Braxmanlar turli varnalar ilk odam Purushi jismini turli qismi 


17 
(braxmanlar og’zidan, kshatriylar qo’lidan, vayshhilar sonidan, shudralar 
tovonidan)dan yaratilgan deb o’qitar edilar. 
3. Budda davri: Er. avv. VI-III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot. Umum 
Hindiston davlatining vujudga kelishi. «Klassik davr» 
Eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida shimoliy Hindiston jamiyatining 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida keskin o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar 
to’grisida arxeologik va yezma manbalar ayniqsa, budda manbalari boy ma'lumot 
beradi. Er. avv VI-V asrda tarqalgan yangi Budda dini asoschisi Sidxartka Gautama 
hozirgi Nepal hududida joylashgan uncha katta bo’lmagan shak'yalarning oligarxik 
birlashmasining urug`idan kelib chiqqan. 
Hind-Gang tekisligida temir qurollarning tarqalishi sun'iy sug`orish inshootlarni 
qurish va muntazam hosil olish imkoniyatini tug`diradi. Hindistonning shimoliy-
sharqida sug`orma dehqonchilik sharoitida asosiy ekin sholi bo’lgan. 
Bu davrda shaharlar aholisining soni keskin oshadi. Tovar – pul munosabatlarining 
o`sishi natijasida er. avv. I ming yillik o’rtalarida tanga pul zarb qilina boshlaydi. 
Yirik shaharlarning maydoni Udjayin va Kaushanbi – 1,5-2,5 kv. km.ni tashkil etgan. 
Bu o’sha davrdagi eng mashhur yunon shaharlari maydoni bilan teng edi. 
Salavkiylar davlatining elchisi yunon Megasfen elchi sifatida Maurilar saroyiga 
kelganda Pataliputra shahri devorlarini uzunligi 30 km deb hisoblaydi. 
Hind afsonalarida shahar boshqaruvi va ijtimoiy tuzilishi to’g`risida qimmatli 
ma'lumotlar mavjud. Ularda savdogarlar birlashmalari va hunarmandlarning sex 
tashkilotlari eslatiladi. 
Qishloqda oila yetakchi o’rin tutgan. Oila boshlig`i ota yer-chorvani oila nomidan 
boshqargan. Ayollar hurmat qilinsada, lekin mulk huquqiga ega bo’lmaganlar. 
Patriarxal oilada bir necha avlod yashagan. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi 
mulkiy tengsizlikka olib kelgan. Qarzi uchun qul qilish keng tarqaladi. Faqat jamoa 
munosabalarining mustahkamligi bu jarayonni ma'lum jihatdan jilovlab turadi. 
Er. avv. I ming yillik o’rtalarida hokim (roja)lar davlat boshqaruvida 
shakllanayotgan ma'muriy apparat va xizmatga tortilayotgan aslzoda bo’lmagan 
kishilarga tayanganlar. Hokim uchun asosiy tayanch kuch qo’shin edi. Armiyada 
yengil jang aravalari o’rnini og`ir kvadrigalar egallaydi, otliq qo’shinlardan keng 
foydalanildi, jangovar fillardan qo’shin tuzila boshlanadi. Qo’shin endilikda 
muntazam xarakterga ega bo’ladi. 
Er. avv. I ming yillik o’rtalarida Hindistonda yirik davlatlar paydo bo’ladi. Ularning 
ko’pchiligida alohida sulolalar, faqat ayrimlarida oligarxiya hukmron edi. Magatxa 
va Koshala Gang daryosining quyi oqimida, Gang va Yamun oralig`ida Vatsa, 
Avanti davlatlari o’rtasida yetakchilik uchun kurash olib boradilar. Er. avv. IV asrda 


18 
Magatxa davlati kuchli ta'sirga ega bo’ladi va yuz yil o’tgach u birinchi umumhind 
davlatiga asos soladi. 
Er. avv. IV asrda Shimoliy Hindistonda Panjobdan to Bengaliyagacha bo’lgan yerlar 
Mauri urug’idan bo’lgan Magadxilik zodagon Chandragupta (er. avv. 317-yil 
hokimiyatni egallagan) tomonidan bo`ysundiriladi. Uning vorisi davrida Maurilar 
hokimiyati Dekan hududigacha yetib boradi. Ashoki (er. avv. 264-231-yillar) 
davrida er.avv. III asrda Maurilar davlati gullab-yashnaydi. Umum-Hind davlatining 
hukmdori o’zini faqat Magatxa davlatini podshosi deb hisoblagan. Bosqinchilik 
o’rushlari ma'muriy apparatni to’liq almashtirish va eski siyosiy tuzumni 
o’zgartirishga olib kelmaydi. Magatxa podshosi maxsus amaldorlarni har uch yoki 
besh yilda bir marta viloyatlarga nazorat uchun yuborgan.Podsho hokimiyati 
poytaxtda oliy mansablarni egallagan zodagonlar va podsho qarindoshlaridan 
tuzilgan podsho kengashi bilan cheklangan. U o’z navbatida podsholar ham urug` 
zodagonlari kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga harakat qilgan. Ularni o’z 
tarafdorlari bilan almashtirishga harakat qiladi. Podsholar o’z qo’llariga moliyaviy 
boshqaruvni to’plab davlat xazinasini to’ldirishga uringanlar.Hindistondagi barcha 
davlatlarning hukmdorlari noan'anaviy dinlarga, asosan budda diniga homiylik 
qilganlar. Mauriylar budda dini targ`ibotiga jiddiy e'tibor berganlar. Turli 
mamlakatlarga budda g`oyalarini targ`ib qilish uchun missionerlar yuborilgan. 
Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin aloqa bo’lgan viloyatlarda budda ta'limoti tez qabul 
qilinadi. Shri-Lankada bu jarayon tez yoyiladi.Mahalliy tarixnavis bu yerda 
dehqonchilik, hunar va davlatchilikni paydo bo’lishini er. avv. V asrda Shimoliy 
Hindistondan kelganlar faoliyati bilan bog`ladi. Shaxzoda Singala («Yulbars») 
ularning boshida turgan. Uning nomi bilan mamlakatdagi hukmron etnik guruh aholi 
aytila boshladi. Arxeologik qazishmalar ham er. avv. I ming yillik o’rtalarida Shri –
Lankada birdaniga temir asri madaniyati paydo bo’lganidan guvohlik beradi. Seylon 
xronikalari Ashokining ukasi maxsus missiya bilan mahalliy hokimni Budda 
ta'limotini afzalligiga ishontirgani va tez orada bu yerda birinchi budda monastirlari 
paydo bo’lgani to’g`risida hikoya qiladi. Shri-Lanka Ashoki davridan to shu 
kungacha Budda dini hukmron bo’lgan mamlakatdir.Er. avv. IV-III asrlarda sekin-
asta umumhind davlati tashkil topa boshlaydi. Bu butun janubiy Osiyoning barcha 
hududlarining sivilizasiyalashuvida muhim rol o`ynagan. Er. avv. II asr boshlarida 
bu siyosiy birlashma parchalanib ketadi, lekin u to’g`risida xotira qoldi. Madaniy 
birlik davlat paydo bo’ladi. Ashoki kapitelidagi to’rt sher hozirgi kunda Hindiston 
Respublikasining milliy ramzi hisoblanadi.Er. avv. II asr boshlarida Maurilarning 
so’nggi vakili hukmronligi tugab, shu vaqtdan mamlakatda uzoq siyosiy tushkunlik 
boshlandi.Shimoliy-g`arbiy Hindistonda yunon-baqtriyaliklar paydo bo’ldi va ular 
Gandxarada o`rnashib qoldilar. Er. avv. I asrlarda sak qabilalari kirib kelib, 
shimoliy-g`arbda bir necha davlatlarni barpo qiladilar. Sak podsholari o’zlarini 


19 
«buyuk podsholar podshosi» deb ataydilar. Yirik davlat birlashmalarida noiblik, 
satrapliklar joriy qilinib, hududlarda satrap (kshatrap) ancha mustaqil bo’lgan 
Eramizning boshlarida shimoliy–g`arbiy Eronning ba'zi viloyatlari parfiyaliklarga 
bo`ysundi. Eramizning I asrida Markaziy Osiyoda Kushon davlati yetakchi rol 
o`ynaydi. Kushonlar Hindistonning shimoli-g`arbiy qismida o`rnashib oladilar. 
Eramizning IV-V asrlarida Magatxa Gupta sulolasi hukmronligi ostida yana 
rivojlana boshladi. IV asr o’rtalarida Samudragupta (335-380-yillar) davrida 
Magadxa qudratli davlatga aylanadi. Samudragupta shimoliy Hindistonda unga 
yaqin davlatchalarni, Dekanda o’n besh davlatchani tugatadi. Magatxaga janubda 
Tamish shahri Kanchini, shimolda Nepal va Assam kabi chegara viloyatlar ham 
qaram bo’ladilar. Dekan viloyati g`olibona yurishga qaramasdan Gupta davlati 
tarkibiga kirmaydi. Chandragupta II (380-445 yillar davrida) Gupta davlati gullab-
yashnadi. Uning davri hind tarixining “oltin davri” hisoblanadi. Uning vorislari 
davrida o’zaro urushlar kuchayib ketadi. O’rta Osiyodan kelgan eftalitlar V asrda 
Gupta davlatini qulatdi. V asrda shimoliy Hindiston kichik davlatchalarga bo’linib 
ketadi.Dekan mamlakatlari tarixida Satavaxan sulolasi alohida o’rin tutadi. 
Eramizning ikkinchi asrida Satavaxanlar davlati o’z taraqqiyotining yuqori 
cho`qqisiga chiqadi. Uning asosiy markazlari g`arbiy Dekanda edi. III asrda bu 
davlat parchalanib ketadi. Janubiy eng chekka viloyatlar siyosiy tarixiga oid 
ma'lumotlar yo’q darajada.Eramizdan avvalgi I ming yillik oxiri eramizning I asrlari 
Hind iqtisodiyotining gullab-yashnagan davri hisoblanadi. Hindlar yuqori nav po`lat 
ishlashni o`zlashtiradilar. Metall san'atining noyob namunasi sifatida Sandra temir 
ustuni (o’tgan bir yarim ming yil davomida bu temir ustunda biror zang paydo 
bo’lmagan, bu yodgorlik hozirgacha yetib kelgan). Qal'alardan keyin g`or 
ibodatxonalari keng tarqaladi.Turli xil tilda zarb qilingan tangalar paydo bo’ladi. 
Serqatnov savdo yo`llari Taksila, Madxur, Udjain, Varnasi kabi yirik shaharlarni 
qamrab oladi. Varnasi va Madxura ip-gazlama, shimoli-garbiy rayonlar vino, ot, jun, 
buyumlari bilan, Udjain-qimmatbaho toshlar, fil suyagi bilan, janubiy Hindiston esa 
ziravorlari bilan mashhur bo’lgan. Kushon davlati paydo bo’lishi Hindistonni 
Markaziy Osiyo bilan aloqalarini kuchayishiga va uni Buyuk ipak yo’li savdosida 
faol qatnashuvi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.Eramizdan avvalgi II-I asrlarda 
g`arbiy va janubiy Hindistonda Misr savdogarlari paydo bo’ladi. Hind okeani orqali 
Rim bilan janubi-sharqiy Osiyo, Indoneziya orollari bilan savdo aloqalari kuchayadi. 
Hindistonning ijtimoiy tuzumi to’g`risida umumiy tushuncha hosil qilish mumkin. 
Qadimgi Hind qishlog`ida jamoa yetakchi o’rin tutgan. Ekin yerlari oilalar o’rtasida 
taqsimlangan. Jamoa ixtiyerida yaylov, bush yerlar va o’rmonlar qolgan. Jamoa 
a'zolari yo’l, kanallarni ta'mirlash va ko’rishda ishtirok etganlar. To’la huquqli 
jamoa a'zolari jamoa yig`inida ishtirok etganlar. 


20 
Qishloq ichida mulkiy tengsizlik juda kuchli bo’lgan. Yer egalari boy jamoa 
a'zolarini tashkil qilganlar va yerlarini ijaraga berganlar. Yollanib ishlovchilar, 
qarzdorlar ko’p bo’lgan. Jamoada kir yuvuvchilar, qorovul, duradgor va kulollar 
ko’pchilikni tashkil qilgan. Har bir toifadagi kishilarning mavqei o’zgarmas bo’lgan. 
Har bir hududda bir xil mavqeda bo’lgan oilalar epik birdamlik kastani tashkil 
qilganlar. Har bir kasta endogam bo’lgan, chunki uning a'zolari bir-biri bilan 
qarindosh bo’lgan. Kasta a'zolarini iqtisodiy va diniy marosimlar, urf-odatlar 
bog`lab turgan.Boylar va yer egalari o’zlarini braxma-kshatriylarga mansub deb, 
shahar 
savdogar 
sudxo’rlari 
o’zlarini 
vayshilar 
deb 
hisoblaganlar. 
Mehnatkashlarning asosiy ommasi hunarmand-dehqonlar va shudra kastasi eng 
og`ir ishlarni bajarganlar. Qulchilik mavjud bo’lib, qulchilik manbai urush, qarzi 
uchun qul qilish bo’lib, qashshoqlik natijasida o’zini, o’z bolalarini sotish ham 
mumkin bo’lgan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə