Umumhind davlatining vujudga kelishi. Klassik davr tarixi Reja


 Qadimgi Hindiston madaniyati



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix07.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#115808
1   2   3   4   5   6   7
Umumhind davlatining vujudga kelishi. Klassik davr tarixi

4. Qadimgi Hindiston madaniyati 
Qadimgi hind adabiyotining mashhur yodgorligi «Rigveda»ning minglab 
madhiyalari va so’nggi veda adabiyotlari oriylarning diniy e'tiqodlari to’g`risida boy 
ma'lumot beradi.Qadimgi Hindistonda xudolar pog`onasi mavjud emas. Xudolar 
samoda yashaydi. Oriylar xudolar tasviriga sig`inganlar. Qurbonlik keltirish, olovga 
moy quyish, arpa donini tanlash bilan ifodalangan, guyeki qurbonlik tutun bilan 
samoga ko`tarilib, xudolar qurbonlikdan to`yib yerdagi bandalariga ovqat 
yuboradilar.Dastlab ibodatxonalar qurish rasm bo’lmagan. Kohinlar yopiq tabaqa 
bo’lgan. So’nggi veda davrida koxinlar aloxida toifa, braxmanlar varnasini tashkil 
qilganlar va boshqa varnalardan mavqelari yuqoriligiga da'vo qilganlar. Uch 
varnadan birortasining to’la huquqli azosi bo’lish uchun faqat bu varnada tug`ilish 
emas balki braxman o’qituvchining uyida o’qish va maxsus bag`ishlov 
marosimlaridan o’tishi lozim edi. Bag`ishlov marosimida bolaga muqaddas ip 
ilganlar bu «ikkinchi tug`ilish» hisoblangan. Shudralarga marosimga ishtirok etishga 
ruxsat berilmagan. «Ikkinchi tug`ilish» marosimi Veda matnlarini o’qish va diniy 
sirlarni bilish huquqini bergan. Veda matnlarini o’qituvchidan o’quvchiga faqat 
og`zaki uzatganlar. Natijada vaqt o’tishi bilan matnlar mazmun o’zgarib ketgan.Er. 


21 
avv. I ming yillik o’rtalarida yangi diniy e’tiqodlar vujudga keldi. Ularning eng 
muhimi budda dinining «Uch qimmat»i edi. Bu Buddaning o’zi, draxma-uning 
ta'limoti va sangxa-unga e'tiqod qiluvchilar jamoasi hisoblanadi. Budda dinining 
asoschisi Shaq'ya zodagon urug`idan bo’lgan shaxzoda Sidxartxa Gautama bo’lgan. 
Uzoq azob chekishlardan so’ng, daraxt soyasida Sidxartxaga yorug`lik ma'rifati 
tushadi. Shundan so’ng, Sidxartxa ma'rifatli (Budda) bo’ladi. 
Guptalar davlati - qadimgi hind imperiyasi (IV VI asrlar). Taxminan 320 -yil 
Chandragupta asos solgan (oʻsha yildan boshlab Hindistonda Guptalar erasi hisobi 
boshlangan). Poytaxti — Pataliputra. Eng gullab rivojlangan davri (Chandragupta II 
davri taxminan 380 — 414)da deyarli butun Shimoliy Hindiston va boshqa bir 
qancha hududlarni oʻz ichiga olgan. Skandagupta davri (455 — 467) da 
boʻysundirilgan xalqlarning qoʻzgʻolonlari va saltanatning shimoli-gʻarbiy 
chegaralariga eftaliylarniig hujumlari boshlangan. V asr oxiridan parchalana 
boshlagan. VI asr boshida eftaliylar Guptalar davlatining gʻarbiy qismini bosib olib, 
uni katta tovon toʻlashga majbur etishgan. Guptalar davlati Markaziy Hindistondagi 
Mandasor davlati bilan ittifoq tuzib eftaliylarni magʻlubiyatga uchratgan boʻlsada, 
bu urushlar natijasida nihoyatda zaiflashgan va natijada VIasr oxirida barham topgan. 
Guptalar davlatining qulashi va Xarsha davlatining vujudga kelishi. Guptalar davlati 
VI asming boshlariga kelib qulagan. U V asrdayoq tushkunlikka uchray boshlagan 
bo'lib, buning asosiy sababi, mehnatkash omma ahvolining og'irligida bo'lgan. 
Hukmronlar haddan tashqari zeb-ziynat ichida yashaganlar, dehqonlarga og'ir
soliqlar solingan, ular o'zlari yetishtirgan hosilning ko‘p qismini soliq uchun 
to'lashga majbur bo'lgan. Aholi davlat foydasiga uzluksiz ravishda turli ishlarni 
bajarishga majbur qilingan. Mana shu kabi omillar hind dehqonlarining ahvolini 
og‘irlashtirgan. Mehnatkashlar o'rtasida norozilik tug'ilganligi alomatlari Guptalar 
zamonidan qolgan adabiy yodgorliklarda ko‘p uchraydi. Guptalar podsholigiga uzil-
kesil zarba bergan narsa ko'chmanchi eftaliylar, ya’ni oq xunnlarning bostirib kirishi 
bo'lgan. Ular V asr oxiri — VI asr boshlarida Shimoliy chegarani buzib o'tib, 
Shimoliy Hindistonning ko'pgina shahar va qishloqlarini vayron qilganlar. 530-
yilda oq xunnlar Guptalarning vassali roja Yasodharma tomonidan mag'lub qilingan. 
Xunnlarni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng Yasodxarma guptalar sulolasiga itoat 
qilishdan bosh tortib, o'zi maxaroja unvonini olgan. Lekin, unga Guptalar davlati 
hududining faqat bir qismigina bo'ysungan. VII asming boshlarida Xarsha (606-647) 
davlati birmuncha vaqtgacha yuksalib borgan. Xarsha Kanauja viloyatining rojasi 
bo'lib, keyinchalik u butun Shimoliy Hindistonni o'ziga bo'ysundirgan. Xarsha 
davlati Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha 
bo'lgan hududni o ‘z ichiga olgan. Markaziy Hindistonning 40 tacha rojasi Xarshaga 
vassal bo'lgan. 


22 
Qisman Mauriya imperiyasining muvaffaqiyati uning tarqalishiga olib keldi. Aryan 
madaniyati Mauriya tinchlik va hamjihatlik davrida ko'pgina subkontinentlarda 
gullab-yashnagan. Shaharlar va shaharlar Mauryan ma'muriy markazlari sifatida 
tsivilizatsiyaning 
tarixiy 
markazlaridan 
uzoqda 
o'sgan. 
Ilk 
Mauryan 
hukmdorlarining qat'iy tushunchasi yo'qolishi bilan, boshqa avtonom davlatlar tezda 
shakllandi 
Tayanch iboralar 
Buddizm, Sidxartxa, hinduizm, Vishna, Shiva, Maxabxorat, Ramayana, Shakun 
Kalidasi, «Panchatatra», «Kalila va Dimna», Sangi monastiri, Ashoki ustunlari, 
Gandxara Ashoki ibodatxonasi, oqsoqollar, mantiq. 
Budda ta'limotining o’ziga xos xususiyati u hayotni azoblanish deb 
tushuntiradi. Azoblanish o’lim va kasalliklar bilangina bog`liq emas, balki eng 
yaxshi bo’lib qayta tug`ilishlar zanjiri bilan bog`langan. Azob ko’rishning sababi 
yangi hayotda boylik, huzur-halovat, yaxshi hayot kechirish yoki yaxshi taqdir 
uchun kuyib-pishishdir. Qiynalishlardan qutilishning yo’li o’z ruxi, yurish-turishi, 
ustidan to’la nazorat o`rnatish va buning oxirgi maqsadi nirvana («uchish, 
sun'iy»)bo`lib, shundan so`ng, kishi zanjirni yorib o`tadi va u boshqa tug`ilmaydi. 
Buddaviylikni ilk o’qituvchini tasvirlash ananasi yo’q edi, faqat budda ramziga 
tayanadigan asosiy e'tiqod inshooti stupa–soyabon ostidagi sun'iy tepalik edi. 
Dindorlar stupa va undagi Budda sochi yoki tishiga chapdan o`ngga (quyosh 
bo’yicha) o’zini gunohlardan holi qilish uchun bu dune hayotidan u oilasidan, 
mulkidan tashqi an'anaviy aloqalardan ruhiy bog`lanishlardan kechishi kerak. Budda 
muridlari qizg`ish kiyimda, sochlari taqir olinib, qishloq va shaharlarni kezib, sadaqa 
so`rab yurganlar. Ularni bxikshu (gadoy) deb ataganlar. 
Budda dini uchun turmush marosimi hech qanday ahamiyatga ega emas edi. 
Dindorlar avvalgiday to`y, o’lim marosimlariga braxmanlarni chaqirar edilar. Budda 
matnlari mahalliy so’zlashuv tillarida tuzilgan bo’lib, aholiga tushunarli edi. 
Braxmanlar esa, sanskrit adabiyotini aholining juda ko’p qismidan yashirar edilar. 
Budda dini ayniqsa, shahar aholisi o’rtasida keng tarqaldi, chunki shahar paydo 
bo’lishining o’zi an'anaviy urug`chilik ijtimoiy aloqalarini yemirilishi, xususiy 
mulkning paydo bo’lishi, shaxsning jamoadan ajralishi bilan bog`liq edi. 
Buddaviylik e'tiqodi yirik davlatlar hukmdorlarining homiyligi ostida bo’ldi. Chunki 
budda matnlarida jahon hukmronligi g`oyasini ilgari surilib, qaysiki, bu hukmdor 
orqali adolat podsholigiga asos solinadi degan tushuncha mavjud edi. Adolatni 
tarqalishi bir vaqtni o’zida hukmdorning hokimiyatini kuchayishi bu diniy g`oyaga 
to’gri kelishini bildiradi. Dastlab budda dini xudosizlar dini edi. Keyinchalik 
Buddaga nisbatan munosabat o’zgardi. Uning tasviri paydo bo’ldi. Ibodatxonalar 
kurilib, budda ilohiy mavjudot ekanligi aytila boshlandi. Dunyoning oxirati va uning 


23 
kelajagida qutqaruvchi Buddaning kelishi tushunchasi shakllana boshlaydi. Budda 
maktablari ikki asosiy yo`nalish: «kichik arava» («yoki qutilishning tor yo’li») va 
«buyuk arava» («yoki qutilishning keng yuli») dan iborat edi. Ularning birinchisi 
eng qadimiylikka da'vo qilib, Ashoki davridayoq Lanka orolida va keyin janubiy–
sharqiy Osiyoga tarqaldi. «Buyuk arava» ta'limoti yanada kattaroq yutuqlarga 
erishdi. Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo`nalish O’rta Osiyo orqali Eron, 
Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqaldi.Hinduizm asosini qadimgi 
Hindistonning arxaik e'tiqodlari daraxtlar, tog`, suv havzalari, ilon, sigir va maymun 
kabilarga sig`inish tashkil etadi. 
Hozirgi kunda ham hinduizmda, qadimgi davrdan boshlab ma'buda onaga sig`inish 
katta rol o`ynaydi. Hinduizmda bosh yaratuvchi – xudo goyasi mavjud. Bu xudo 
Vishna bo’lib, u hayvonlar sirtlon, baliq, toshbaqalar, yoki insonlar odatda qora tanli 
podsho, yoki cho`pon (krishnalar) qiyofalarida namoyon bo’ladi. Vishna boshqa 
kichik xudolar timsoliga kirishi mumkin. Vishna odatda podsho tojida, ba'zida 
dunyo iloniday yastanib yotgan holda tasvirlanadi.Boshqa hinduistlar bosh xudo deb 
sopol parchalarini osgan asket (davrish) yoki raqqos qiyofasida ifodalanadigan 
Shivani hisoblaydilar. Shivaga ko’pincha unga bag`ishlangan muqaddas ho`kiz 
hamkorlik qiladi. Qadimgi davr oxiri va hozirgi kunlarda hinduistlar Vishna va 
Shivaga e'tiqod qiluvchilarga bo’linadi.Hinduistlarning muqaddas matnlari vedalar 
hisoblanadi. Hinduizmda ibodatxonada toat-ibodat qilish rasm bo’ldi. Bayram 
tantanalarining eng muxim qismi tantanali yurishlar, namoyishlar bo’lib, xudoning 
tasviri olib yurilgan. Ibodatxona oldida uning xizmatchilari koxinlar, raqqoslar, 
musiqachilar yashagan. 
Hinduizm mafkurasining asosiy belgilari «Bxagavadgita» («Xudo qo’shiqlari») 
poemasi bo’lib, «Maxabxarot» tarkibiga kiritilgan. Hinduizmning axloqida cheksiz 
sabr-toqat qilishga chaqiriladi. Ijtimoiy munosabatlarda inson muloqoti o’z ijtimoiy 
doirasi bilan cheklanish kerak. Kasta bo’yicha kasbni o’zgartirish ta'qiqlanadi. 
Nikohni bolalikda o’kitish odati tarqalgan. Bevani o’z erini gulxanda kuydirgan 
paytda o’ziga olov berishi eng savob ish hisoblangan.Qadimgi Hind adabiyotida 
markaziy o’rinni diniy adabiyot yodgorliklari egallaydi. Ularning eng qadimgilari 
vedalar, o’qituvchidan o’quvchiga og`zaki uzatilgan. Veda madhiyalarining katta 
qismi qurbonlik rasm-rusumlariga bag`ishlangan. Er. avv. I ming yillikning II 
yarmida budda adabiyoti shakllangan. Ilmiy va didaktik ruhdagi adabiyotlardan er. 
avv. V-IV asrlarda Panini tuzgan sanskrit grammatikasidir. Bu mutaxassislarning 
fikricha jahon fanida XIX asrgacha tilning eng yaxshi bayon qilingan asaridir. 
Hindistonda yozuv kechroq paydo bo’lgan, uning ilk namunalaridan biri Ashoki 
yozuvlaridir.Qadimgi hindlar mantiq, til falsafasida katta yutuqlarga erishdilar. 
Matematika, astronomiya fanlari bo’yicha V asrda mashhur olim Ar'iyabxattaxa 
harakatning nisbiyligi asosida yerning o’z o`qi atrofida aylanishi va uning quyosh 


24 
atrofida aylanishini faraz qiladi. Matematikada nolni kiritilishi, arab raqamlari deb 
aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi.Eramizning I asrlarida turli adabiy 
janrlar mavjud bo’lgan. Bu davrda mashhur dramaturg Shakun Kalidasa ijod qiladi. 
«Panchatatra» deb atalgan kitobda masallar to’planadi, uning arabcha tarjimasi 
«Kalila va Dimna» deb ataladi 
Maurilar davridan so’ng, g`isht va toshdan qurilishda keng foydalaniladi. 
Hozirgacha saqlangan obidalar g`arbiy Hindistondagi budda monastirlari diqqatga 
sazovor.Yer ustidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod qilingan. Sanchida 
tepalik ustida ulkan budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi 
Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir.Maurilardan so’ng, haykaltaroshlikning 
mahalliy maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari shimoliy g`arbiy 
Hindistondagi Gandxara, shimoliy Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va 
Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi asridan Gandxara maktabi 
ellin va Rim madaniyati ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar 
davrida markaziy va sharqiy Osiyoning budda madaniyatiga ta'sir qildi.Madxura va 
Dekan maktablari Hind tasviriy san'ati an'analari bilan ko’proq bog`langan. Ana shu 
maktablar asosida o’rta asrlar hind va janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlari 
madaniyati shakllandi. 
Maurilar davridan keyin ming yil davomida hind tasviriy san'atining noyob 
yodgorligi g`ordagi Ajanta ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi. 
Monastirlarning ba'zi zallari devorlarida budda afsonalaridan manzaralar 
tasvirlangan. Ajantadagidek noyob tasvirlarga o`xshash tasvirlar Shri-Lankadan 
ham topilgan.Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi veda, epik va budda 
adabiyotlari an'anaviy janrlarga tegishli bo’lib, asrlar davomida og`zaki shaklda 
yashab keldi. Aynan muqaddas matnlarni eslab qolish, uzatish va talqin qilish
lingvistika, falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo’ldi. Janubiy Osiyoda 
Maurilardan so’ng, turli davlatlarni gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, 
poeziya va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning noyob yodgorliklarni 
yaratilishiga sabab bo’ldi. I ming yillikning o’rtalarida (shimoliy Hindiston Guptalar 
davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining yakuni bo’ldi. 


25 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə