“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 495,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü495,54 Kb.
#138188
1   2   3   4   5   6
jaloliddin-manguberdining-mo-g-ullarga-qarshi-kurashi (3)


Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
135 
Oqshoh va Rukniddin G‘ursanjiylar mo‘g‘ullar tomonidan turli davrlarda o‘ldiriladi. 
Yana bir ukasi G‘iyosiddin Kirmon hukmdori bo‘lib, Jaloliddinga Erondagi 
kurashlarida ancha yordam beradi. Jaloliddin esa Nishopurga kelib, mo‘g‘ullarga 
qarshi qo‘shin to‘plashga intiladi. Lekin mahalliy noiblar uni qo‘llashmaydi va bu 
yerda turish xavfli bo‘lgani uchun Jaloliddin G‘aznaga yo‘l oladi. Jaloliddin 
G‘aznaga yetmasdan avval Hirot hokimi va qaynotasi bo‘lmish Amin Malik bilan 
birlashadi va Qandahor qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ullar ustiga yurish qiladi. Bu 
jangda Jaloliddin harbiy ilm tarixida ilk bor “piyoda yoyandozlar”ni mo‘g‘ullarning 
otliq askarlariga qarshi qo‘yadi. Uch kunlik jangdan so‘ng mo‘g‘ullar mag‘lub etiladi 
va Jaloliddin G‘aznaga ketadi. 
G‘aznada Jaloliddinni katta tantana bilan kutib olishadi. Bu yerda Jaloliddinning 
xizmatiga Sayfiddin O‘g‘roq al-Xalajiy, Balx hokimi A`zam Malik, afg‘onlar sardori 
Muzaffar Malik, qarluqlar rahbari al-Hasan qarluq o‘z qo‘shini bilan qo‘shiladi. 
Natijada Jaloliddinning qo‘shinlari soni 90-130 ming kishiga yetadi. Bu qo‘shin bilan 
Jaloliddin 
Valiyon 
qo‘rg‘onini 
qamal qilayotgan Tekechuk va Molgor 
boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlarini yengadi. Bu jangda mo‘g‘ullarning 100dan 
oshiq kishisi halok bo‘ladi. 
Endi Chhingizxon Jaloliddinga qarshi Shiki Xutuxu boshchiligida qo‘shin 
yuboradi. 1221-yilning kuzida shimoliy Afg‘onistonning Lagar daryosi bo‘yidagi 
Parvon dashtida Shiki Xutuxu qo‘shiniga qarshi jang bo‘ladi. Birlashgan qo‘shinga 
Jaloliddinning o‘zi rahbarlik qilib, o‘ng qanotga Amin Malik, chap qanotga Sayfiddin 
O‘g‘roq boshchilik qilishadi. Jaloliddin o‘zi Shiki Xutuxu qo‘shini o‘rtasiga bostirib 
kirib, uning xarbiy tartiblarini buzdi va mo‘g‘ul bayroqlarini otlarining oyoqlari 
ostida poymol qildi, lashkarboshisini esa o‘z joyini tashlab qochishga majbur qildi[3, 
B. 24]. Parvon jangida mo‘g‘ullar mutlaq mag‘lubiyatga uchraydi va Shiki Xutuxu 
Chingizxon huzuriga zo‘rg‘a yetib boradi. Bu g‘alaba Movarounnahr va Xuroson 
uchun juda ahamiyatli bo‘ladi. Mo‘g‘ullarning “ilohiy”, “yengilmas” qudrati haqidagi 
afsonalarga butunlay chek qo‘yiladi. G‘alaba ta’sirida Saraxs, Marv, Hirot va boshqa 
Xuroson shaharlarida mo‘g‘ullarga qarshi isyon boshlanadi. Buxoroda esa mahalliy 
aholi mo‘g‘ullarni siqib chiqarishga erishadi. Kuchayib borayotgan Jaloliddin katta 
xavf ekanligini anglagan Chingizxon Jaloliddinga qarshi katta qo‘shinga o‘zi 
rahbarlik qiladi. 
Parvon jangidagi o‘ljani taqsimlashda Amin Malik va Sayfiddin Ag‘roq 
o‘rtasida nizo kelib chiqadi. Sayfiddin Ag‘roq va boshqalar qo‘shindan ajralib 
ketgach, Jaloliddinning qo‘shini sezilarli darajada kuchsizlanadi. Jaloliddin ichak 
kasali bilan og‘riydi, lekin shu holatda ham mo‘g‘ullar Gardizga joylashganini bilib, 
u yerga yurish qiladi hamda O‘rxon boshchiligidagi mo‘g‘ul otryadini mag‘lub etadi. 
Keyichalik Chingizxonga qarshi oz qo‘shin bilan kurashib bo‘lmasligini anglab, Sind 
daryosi bo‘yiga chekinishga qaror qiladi. 



Yüklə 495,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə