“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 495,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü495,54 Kb.
#138188
1   2   3   4   5   6
jaloliddin-manguberdining-mo-g-ullarga-qarshi-kurashi (3)


Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№12
 
137 
kuchayishidan cho‘chigan ko‘pchilik musulmon hukmdorlari u bilan ittifoqqa rozi 
bo‘lmaydilar. Natijada Jaloliddin Gurjistonni ketma-ket ikki marta bosib oladi. 
Ozarbayjon, Shirvon, Gurjiston Jaloliddinning o‘limiga qadar uning qo‘lida qoladi. 
1227-yil kuzida mo‘g‘ullarning Eronga kirib kelish niyatlari borligini bilgan 
Jaloliddin ularga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘radi. Mo‘g‘ullarning o‘sha yili 
yuborilgan 2000 kishilik avangardi tor-mor etilib, ulardan 400 tasi Isfahonda 
namoyishkorona jazolanadi. 
1227-yil 5-sentabrda Eronni zabt etish uchun kelgan Taynal no‘yon qo‘shini 
bilan Isfahon yaqinida xal qiluvchi jang bo‘lib o‘tadi. Jang payti G‘iyosiddin Pirshoh 
xoinlik qilib, Luristonga chekinsada, Jaloliddin baribir bu jangda g‘olib bo‘ladi va 
Taynal no‘yon : “Haqiqatan ham o‘z davrining bahodiri va tengqurlarining 
dohiysidir!”,- deb uning jasoratiga qoyil qoladi. Xatto mo‘g‘ul xoni Tuli sulh taklif 
qilganda ham Jaloliddin buni rad etadi. 
1229-yil Jaloliddin ukasi G‘iyosiddinni afv etadi. Biroq tez orada ukasi yana 
fitnachilarga aldanadi va bu safar uning o‘zi qurbon bo‘ladi. Natijada Jaloliddin 
fitnachilarni jazolab, Kirmonda tinchlik o‘rnatadi. Xorazmshoh Jaloliddin Kirmon, 
Fors, Fors Iroqi, Ozarbayjon, Gurjiston va unga tutash yerlarda katta davlat barpo 
etishga muvaffaq bo‘ladi. 
Bu orada ayrim musulmon amirlari mo‘g‘ullar bilan birlashib, Jaloliddinga 
qarshi ittifoq tuzishdi. Jaloliddin va ittifoqchilar qo‘shini o‘rtasidagi birinchi jang 
1230-yil 7-avgustda Yassi Chaman (Arzinjon yonida) tekisligida bo‘lib o‘tdi. 
Jaloliddin ittifoqchilarni yengdi, ammo ularni oxirigacha ta’qib etmadi. Bu hol ularga 
qo‘l keldi. 
1230-yil 10-avgustida Ko‘niya sultoni, Xims hokimi, Damashq hokimi, 
Xartabart hokimi, Halab hokimi, Mayafariqin hokimi va Baynas hokimlari birlashgan 
ittifoqining ikkinchi jangida Jaloliddin mag‘lub etildi. Ismoiliylar esa butkul xoinlik 
yo‘lini tutib, Jaloliddinning mag‘lubiyati to‘g‘risida mo‘g‘ullarga yashirin noma ham 
yuboradilar. 
Jaloliddin 
mag‘lubiyatidan 
foydalangan 
mo‘g‘ullar 
uning 
Ozarbayjonning Mug‘on, Shirkabutdagi qo‘shin yig‘ishi mumkin bo‘lgan joylariga 
qo‘qqisdan zarba berishdi. 1231-yil bahorida u Ganjga kelib, mo‘g‘ullarga qarshi 
ittifoq tuzish uchun musulmon hukmdorlariga maktub yo‘lladi. Maktubga 17 kun 
javob kutdi, lekin hech qayerdan javob kelmadi. U endi Arrondan chiqib, Kichik 
Osiyoda kuch to‘plamoqchi edi. Ammo Amid amiri Malik al-Ma’sud taklifiga ko‘ra 
Ko‘niya sultoniga qarshi kurash rejasini qabul qiladi. 
1231-yil avgustda Amid yo‘lida Jaloliddinga mo‘g‘ullar hujum qilib qoladi. Uni 
15 chog‘li mo‘g‘ul askarlari ta’qib qildi. Jaloliddin sheriklaridan ajrab, Mayafariqin 
yaqinida Ayn-ad-dar qishlog‘iga keladi va kurdlar qo‘liga tushadi. Bu voqea 
quyidagicha sodir bo‘ladi: 
“…Shundan so‘ng sulton toqqa ko‘tariladi. Tog‘ yo‘llarida esa kurdlar 



Yüklə 495,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə