*/ V /*v • •.* • j menejment nazariyasi 0‘quv qollanma 0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/337
tarix31.12.2021
ölçüsü3,01 Mb.
#82242
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   337
@BOOKS KITOB MENEJMENT NAZARIYASI

S. A.Kedberi
 
XII-
 
BOB. MENEJMENTNING KORPORATIV ASOSLARI 
Kalitli  so  ‘zJar:  korporativ  boshqaruv,  firma  shartnomasi  nazariyasi, 
manfaatdor  tomonlar  nazariyasi,  agentlik  nazariyasi,  korporativ  ijtimoiy  mas 
'uliyat nazariyasi, korporativ menejment, korporativ boshqaruv turkumlanishi, 
korporativ boshqaruv kategoriyalari, korporatiya, generatsiY.
 
1.
 
KORPORATIV MENEJMENT TUSHUNCHASI 
Bugungi kunda biznesni yuritishning korporativ shakli, ya’ni korporativ 
boshqaruv  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarda  keng  tarqalgan.  Ular 
iqtisodiyotining  ajralmas  elementi  hisoblanadi,  ularda  korporativ  boshqaruv 
mamlakat  raqobatbardoshligining  asosi  va  iqtisodiy  hamda  ijtimoiy 
taraqqiyotning  muhim  omili  ekanligi  tan  olingan.  Shuning  uchun  samarali 
korporativ  boshqaruv  tizimini  yaratish  masalalari  eng  dolzarb  masalalardan 
biri bo‘lib qolgan. Shu bilan birga, korporativ boshqaruv muammosi nafaqat 
iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlar,  balki  0‘zbekiston  kabi  rivojlanayotgan 
mamlakatlar  uchun  ham  dolzarb  hisoblanadi.  Korporativ  boshqaruv 
tizimidagi  tamoyil  va  yondoshuvlami  tubdan  o‘zgartirish,  ishlab  chiqarish, 
tashqi  iqtisodiy  va  investitsiya  jarayonlariga  zamonaviy  xalqaro  korporativ 
menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tibomi talab qiladi.
 
Shu  o‘rinda  korporativ  boshqaruvning  samarali  rivojlanishiga  erishish 
uning asl mohiyatini chuqur anglash va tushunishni, uning ilmiy soha sifatida 
shakllanishiga  imkon  bergan  ilmiy-nazariy  yondoshuvlarini  tadqiq  qilishni 
taqozo  etadi.  Shu  bois,  ushbu  maqolada  monografik  tahlil,  analiz  va  sintez, 
klassifikatsiya,  tizimli  va  kompleks  yondoshuv  kabi  ilmiy  tadqiqot  usullari 
asosida  korporativ  boshqaruvning  mohiyatini  nazariy  jihatdan  ochishni  va 
metodologik jihatdan rivojlantirishni lozim topdik.
 
Korporativ 
boshqaruvga 
oid 
ilmiy-nazariy 
yondoshuvlaming 
shakllanishi  korporatsiyalaming  rivojlanib  borishi  bilan  birga  sodir  bo‘lgan. 
Korporativ  boshqaruv  nazariyasiga  bir  qancha  yondoshuvlar  ajratiladi:  bir 
tomondan, korporativ boshqaruv nazariyasi iqtisodiy
 
190


 
nazariyalar  evolyusiyasi  bo‘ylab  rivojlanib  borsa,  ikkinchi  tomondan, 
korporativ 
boshqaruv 
nazariyalarining 
evolyusiyasi 
korporativ 
munosabatlaming  asosiy  ishtirokchilari,  ya’ni  aksiyador  va  menejerlar 
o‘rtasida  yuzaga  keladigan  muammolami  yechishga  doir  konsepsiyalar 
rivojlanishi bilan tenglashtiriladi.
 
0‘tgan asming 20 yillarida AQShda T. Veblen, Avstriyada R. Gilferding 
va  Germaniyada  V.  Ratenau  korporatsiyalarda  mulkdorlar  va  menejerlar 
o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalar  muammosini  o‘rganib  chiqib,  ular  korporatsiya 
kapitalini mulkdorlari hisoblangan aksiyadorlar ushbu kapitalni nazorat qilish 
va  boshqarish  huquqlarini  ro‘yobga  chiqarishmaydi,  degan  xulosaga 
kelishgan.  Keyinchalik,  1930  yillar  boshida  A.  Berli  va  G.  Minz
51
  o‘z 
tadqiqotlari  asosida  shuni  ta’kidlashadiki,  faoliyati  daromad  olishga  va  o‘z 
ishtirokchilari  uchun  boshqa  foyda  keltirishga  qaratilgan  tashkilotlar  ichida 
korporatsiyalar  haqiqatda  davlatni  iqtisodiy  hayotining  koordinatorlari  rolini 
bajarishga  va  mulkni  boshqarishga  kirishganlar.  Ulaming  fikricha, 
korporatsiyaning  nafaqat  tashqi  muhiti,  balki  ulaming  ichki  aksiyadorlik 
mohiyati  o‘zgarib  qoldi.  Korporatsiyani  boshqarishga  ta’sir  etolmaydigan 
aksiyadorlar  haqiqatda  oddiy  omonatchilarga  aylanib  qolishdi,  boshqarish 
funksiyalari esa korporatsiyaning yollanma ijrochi organlariga o‘tdi. Shunday 
qilib,  mulkdorlar  va  ular  yollagan  menejerlar  manfaatlari  o‘rtasida  ziddiyat 
paydo  boidi,  ya’ni  -agentlik  muammosi  deb  nomlangan  muammo  yuzaga 
keldi.
 
Nobel  mukofoti  laureati  R.  Kouz
52
  1937  yilda  agentlik  muammosini 
yechish  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liq  boigan  Firma  shartnomasi  nazariyasi 
(Transaction  theory  of  the  firm)ni  ishlab  chiqdi.  Uning  fikricha,  kapital 
ta’minotchilari  hisoblangan  aksiyadorlar  hamda  boshqaruvchi  sifatidagi 
menejerlar  o‘rtasida  shartnoma  tuzilishi  kerak  boiib,  unda  tomonlaming 
barcha huquqlari va o'zaro munosabat shartlari ko‘rsatilishi lozim. Ammo bu 
yerda ham muammo yuzaga keladi, ya’ni barcha vaziyatlami oldindan ko‘zda 
tutib boimaydi. Shuning uchun tomonlar -qoldiq nazorat tamoyiliga muvofiq 
amal  qilishlari  lozim,  unga  ko‘ra  menejerlar  shunday  vaziyatlarda, 
shartnomada  ko‘rsatilmagan  boisa  ham,  o‘z  ixtiyoricha  qaror  qabul  qilish 
huquqiga ega.
 
Bugungi  kunda  korporatsiya  boshqaruvchilarining  jamiyat  oldidagi 
mas’uliyat nazariyasi ommalashib bormoqda. Mazkur nazariya YE.
 
Dodd
53
  tomonidan  shakllantirilgan  aksiyadorlik  jamiyati  ijrochi  organining 
                     
51
  Berle A., Means G. The modem Corporation and Private Property - New York: Macmillan, 1932. - 478 p. 
52
  Coase R.H. The Nature of the Firm // Economica. - November 1937. - Vol. 4, No. 16. - P. 386-405. 
191 
53
  Dodd E.MJr. For Whom Are Corporate Managers Trustees? // Harvard Law Review. - 1932. - Vol.45, No. 7. - P. 1145-1163 


191 
 
aksiyadorlar oldidagi mas’uliyati konsepsiyasidan keyin paydo boidi. Uning 
1932 yilda ishlab chiqilgan Korporatsiyaning ijtimoiy mas’uliyati nazariyasi 
(Theory  of  corporate  social  responsibility)ga  ko‘ra,  korporatsiya  faqatgina 
aksiyadorlardan  iborat  emas,  balki  korporatsiyada  qaror  qabul  qilishda 
ishlovchilar,  kreditorlar,  iste’molchilar  va  hakazolar  ham  o‘z  rolini 
bajarishadi,  chunki  qaror  qabul  qilish  oxir-oqibatda  ulaming  ham 
manfaatlariga  daxldor  boiadi.  Uning  nazariyasiga  muvofiq,  korporatsiyada 
qabul  qilinadigan  qarorlar  jamiyatga  ham  tegishlidir,  korporatsiya  butun 
jamiyatga  ziyon  yetkazadigan  qarorlami  qabul  qila  olmaydi.  Bunday 
yondoshuv  korporatsiyani  faqatgina  foyda  olish  mexanizmi  sifatida  emas, 
balki uni jamiyatning bir boiagi sifatida qarashga ham imkon beradi.
 
Yana bir 50-yillarda K. Bruster, YE. Lazan, 
A. 
Chayer tomonidan ishlab 
chiqilgan  nazariya  -Korporativ  konstitusionalizm  nazariyasil  (Corporate 
constitutionalism  theory)  degan  nom  oldi.  Ushbu  nazariyaga  muvofiq, 
korporatsiya ijrochi organlar tomonidan emas, balki aksiyadorlar vakillaridan 
tarkib  topgan  kengash,  xodimlar,  korporatsiya  bilan  bogiiq  boigan 
tadbirkorlik  birlashmalardagi  ishlovchilar,  shuningdek,  korporatsiya  ishlab 
chiqargan  tovarlami  iste’mol  qiluvchi  shaxslar  kabi  manfaatdor  shaxslar 
tomonidan  boshqarilishi  lozimligi  taklif  etiladi.  Shu  bilan  korporatsiyaga 
manfaatdor boigan shaxslaming istaklari uyg‘unlashtiriladi.
 
Umuman,  korporativ  boshqaruv  bo‘yicha  oxirgi  yillarda  olib  borilgan 
ishlar quyidagi ikkinazariyaningustunligi bilan bogiiq:
 
-Manfaatdor tomonlar nazariyasi (Stakeholder’s Theory) va
 
-Agentlik nazariyasi (Agency Theory).
 
-Manfaatdor  tomonlar  nazariyasi  birinchi  marta  R.  Edvard  Friman 
tomonidan  tavsiflangan  boiib,  unga  muvofiq,  korporatsiyalar  mamlakatda 
nafaqat  iqtisodiy,  balki  siyosiy  hayotini  belgilab  berishga  qodir  boiib,  ham 
o‘zining aksiyadorlariga, ham turli manfaatdor guruhlar (xodimlar, mijozlar, 
ta’minotchilar  va  b.)ning  manfaatlarini  inobatga  olishlari  hamda  ularga 
nisbatan muayyan majburiyatlarga ega boiishlari lozimdir.
-Agentlik  nazariyasi  1976  yilda  amerikalik  iqtisodchilar  M.  Djensen  va 
U.  Mekling
54
  tomonidan  korporatsiyalar  ichida  sodir  boiayotgan  o‘zaro 
munosabatlami  tushuntirish  uchun  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  unda  korporativ 
munosabatlar  mexanizmi  agentlik  xarajatlari  ta’siri  ostida  ко‘rib  chiqiladi. 
Ushbu  nazariyaga  muvofiq,  kapital  egalaii  va  bu  kapitalni  boshqaradigan 
agentlar  manfaatlari  bir-biriga  mos  tushmaydi.  Shunga  muvofiq,  tashkilotda 
korporativ boshqaruv shunday olib borilishi kerakki, u agentlik muammosini 
                     
54
 
Jensen M.C., Meckling W.H. Theory of the Firm: Managerial Behavior, Agency Costs and Ownership Structure  // Journal of 
Financial Economics. - 1976. - Vol. 3, No. 4. -P.305-360 


192 
 
shartnoma  huquqi  asosida  maksimal  darajada  yechish  va  agentlik 
xarajatlaiini
55
 kamaytirishga imkon bersin.
 
Shunday qilib, yuqorida ko‘rib chiqilgan ilmiy nazariyalar asosida aytish 
mumkinki,  korporativ  boshqaruvga  boigan  bir  xil  yondoshuv  mavjud  emas. 
Eng asosiy savollarga, ya’ni kim korporatsiyaning boshqaruv organi tarkibiga 
kirishi kerak, korporativ boshqamv qanday tamoyillar asosida qurilishi kerak 
kabi savollar haligacha muhokama markazida turibdi.
 
Ta’kidlash  joizki,  bugungi  kunda  jahon  amaliyotida  korporativ 
boshqaruv  (ingl.  Corporate  Govemance)ning  barcha  mamlakatlarda  va  har 
qanday  vaziyatda  qoilanilishi  mumkin  boigan  yagona  ta’rifi  mavjud  emas. 
Korporativ  boshqaruv  sohasida  ilmiy  izlanish  va  tadqikotlar  o‘tkazilishi 
natijasida korporativ boshqaruvga turli ta’riflar shakllanib kelgan.
 
-Korporativ  boshqaruv  atamasining  o‘zi  tarixan  1970  yillaming 
o‘rtalarida  AQShda  yuzaga  kelgan.  Keyinchalik,  ushbu  atama  Yevropada 
keng  tarqalib,  unda  korporativ  menejment,  korporativ  huquq  va  korporativ 
strukturalar  (tashkilotlar)ni  yaratish  sohalarida  tadqiqotlar  oikazilishi  davom 
ettirilgan.  Tadqiqotlar  natijasida  shu  aniq  boidiki,  -korporativ  boshqaruv 
atamasi birinchi marta R. Ills tomonidan -korporativ tuzumning stmkturasi va 
faoliyati mohiyatini ochib berish uchun qoilanilgan.
 
-Korporativ boshqaruv konsepsiyasining o‘zi azaldan ma’lum boigan va 
bu  konsepsiya  XX-asr  boshlarida  chop  etilgan  adabiyotlarda  qoilanilgan. 
Xususan,  korporativ  munosabatlar  tizimi  korporativ  va  xususiy  mulkni 
boshqarishni  qoilash  jarayoni  sifatida  birinchi  marta  1932  yilda  amerikalik 
huquqshunos  olim  A.  Berli  va  iqtisodchi  G.  Minzning  klassik  ishlarida 
o‘rganilgan. Ulaming ishlarida -korporativ boshqamv atamasi tilga olinmagan 
boisa-da, ular korporativ boshqamvni 
                     
55
 
Izoh: Agentlik xarajatlari - bu investorlar uchun mulkchilik huquqi va nazoratning ajratilishi bilan bog’liq bo’lgan 
yo’qotishlaming qiymati 


193 
 
ishonib topshiruvchilar - principals (autsayderlar, investorlar) va vakillar
 
-
 
agents 
(insayderlar, 
boshqaruvcliilar) 
o‘rtasidagi 
agentlik 
munosabatlarini o‘rganishgan.
 
Кофогайу boshqaruv alohida fan sifatida 1980-yillarda yuzaga kelgan. -
Korporativ  boshqaruv  nomli  birinchi  kitob  1984  yilda  chop  etilgan,  1993 
yildan  boshlab  -Corporate  Governance:  An  International  Review  deb 
nomlangan  nazariy  jumal  chiqa  boshlagan.  Unga  muvofiq,  tashkilotlarni 
tashkil etish, boshqarish va  samarali o‘zaro faoliyat  yuritish asosida  yotgan 
huquqiy  konsepsiyalar  va  tartibotlaming  umumiy  nomlanishi  -кофогайу 
boshqaruv nomini olgan.
 
Tadqiqotlarga  ko‘ra,  bugungi  kunda  G‘arb  olimlari  tomonidan 
shakllantirilgan  korporativ  boshqaruvning  juda  ko‘p  miqdordagi  ta’riflari 
mavjud.  Xorijiy  mualliflardan  birinchi  bo‘lib  Ser  Adrian  Kedberi
56
  1992 
yilda  -Кофогайу  boshqaruvning  moliyaviy  jihatlari  bo‘yicha  qo‘mitaning 
hisobotida  кофогайу  boshqaruvga  quyidagi  ta’rifiii  bergan:  КофогаОл 
boshqaruv  -  shunday  tizimki,  uning  yordamida  biznes  boshqariladi  va 
nazorat  qilinadi.  Bu  yerda  korporativ  boshqaruv  mexanizmiar  majmui 
sifatida ta’riflanmoqda.
 
Amerikalik  iqtisodchi  olimlar  R.  Monks  va  N.  Minou  korporativ 
boshqaruvni -korporatsiya rivojlanish yo‘nalishi va faoliyat ko‘rsatkichlarini 
belgilash  jarayonida  turli  ishtirokchilar  (bosh  ijrochi  direktor,  rahbariyat, 
aksiyadorlar,  xodimlar)  o‘rtasidagi  munosabat  sifatida  talqin  qilishadi. 
Iqtisodchi olimlar A. Shleyfer va R. Vishni korporativ boshqaruvga o‘zgacha 
ta’rifiii  berishgan:  -Кофогайу  boshqaruv  -  кофога1Б1уа  uchun  moliya 
ta’minotchilarining  o‘zlari  qo‘ygan  investitsiyalar  qaytimi  yordamida 
o‘zlarini  ta’minlash  vositasidir.  Olimlar  K.  Jon  va  L.  Senbet  o‘z 
tadqiqotlarida 
ta’kidlashadiki, 
korporativ 
boshqaruv 
shunday 
mexanizmlardan  tashkil  topganki,  ular  yordamida  кофогаГв1уа  faoliyati 
ishtirokchilari  korporativ  insayderlar  va  menejerlar  ustidan  ulaming 
manfaatlari buzilishiga qarshi nazoratni olib borishadi.
 
Rossiyalik  tadqiqotchi-olimlar  ham  кофогайу  boshqamv  tushunchasiga 
ham  iqtisodiy,  ham  huquqiy  nuqtai  nazardan  bir  necha  ta’riflar  berishga 
urinishgan. Dastlab E. Korotkov menejment konsepsiyasiga oid asarida
 
-Кофогайу  boshqamv  aksiyadorlaming  birlamchi  manfaatlariga 
qaratilgan boshqarish va uning кофога1з1уа rivojlanishidagi roli ta’rifmi
                     
56
 
Manba: https ://studbooks.net/1230022/bankovskoe delo/teoreticheskie osnovy korporativnogo upravleniva 
kommercheskihbankah 


 
keltirgan.  Mualliflar  V.Bashkinsas  va  boshqalar  korporativ  boshqaruvni 
tashkilot 
egalari 
tomonidan 
qo‘yilgan 
kapitallaming 
qaytarilishini 
kafolatlaydigan  usullar  tizimi  sifatida  talqin  qilishadi.  S.Kamauxovning 
fikricha,  korporativ  boshqaruv  muayyan  doiradagi  sinergetik  samarani 
boshqarishdir.
 
0‘zbekiston  tadqiqotchi-olimlari  ham  korporativ  boshqaruv  tushunchasini 
ta’riflashda  chetda  jqolishmagan.  Ular  o‘tkazgan  tadqiqotlari  doirasida 
korporativ boshqaruv tushunchasiga o‘z ta’riflari va izohlarini berib o‘tishgan. 
Ular orasida birinchilardan bo‘lib T. Madiyorov keltirish mumkin.
 
-Korporativ  boshqaruv  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  faoliyati,  mavjud 
moddiy,  moliyaviy  va  mehnat  resurslaridan  oqilona  foydalanishni  kapital 
mablagiaming  yangi  texnika  va  texnologiyalami  ko‘plab  jalb  etilishi  bilan 
uyg‘unlikda olib boriladi deb talqin qilgan.
 
Iqtisodchi  olimlar  SH.  Zaynutdinov  va  D.  Raximova  -Korporativ 
boshqaruv  -  manfaatdor  shaxslaming  daromad  olish  maqsadida  birgalikdagi 
harakatlaridir  degan  ta’rifhi  keltirishgan.  Yana  bir  iqtisodchi  olim  D.X. 
Suyunov
57
ning  ta’rifiga  ko‘ra:  -korporativ  boshqaruv  -  korporativ  mulk 
shakliga  kiruvchi  subyektlaming  huquqlarini  himoya  qiluvchi  amaldagi 
meyorlar  hamda  boshqaruvning  ma’lum  bir  tamoyillari  asosida  korxona 
maqsadiga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlar majmuidir.
 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   337




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə