0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

^
sug'urta faoliyati chegaralarini o’matib beruvchi normativ aktlarni qabul 
qilish;
S
sug'urta kompaniyalarini litsenziyalash;
^
sug'urtalovchilamingjoriy nazoratini amalga oshirish;
^
sug'urtalovchilaming moliyaviy barqarorligini nazorat qilish;
^
sug'urtalanuvchilar huquqlarini himoya qilish;
S
sug'urtalovchilar buxgalteriya hisobi va hisobotlarini nazorat qilish;
^
sug'urta faoliyati sohasida metodologiyalarni ishlab chiqish;
^
muammoli sug'urta kompaniyalarga o'z vakillarini yo'naltirish.
Germaniyada sug'urta sohasining eng katta ulushi davlatlararo jismoniy 
shaxslami sug'urtalash bo'lib, nemis sug'urta bozorining 87% ni tashkil qiladi.
9.3. Sug'urta faoliyatini qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish
Qonun osti hujjatlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va 
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va 
idoralaming normativ hujjatlari kiradi.
102


Mustaqillik davrida sug‘urta faoliyati bilan b o g iiq bir qancha Prezident 
farmonlari qabul qilingan. 1997 yil 18 fevralda «0'zbekinvest» eksport-import milliy 
sug'urta kompaniyasini, 1997 yilning 25 fevralida esa « 0 ‘zagrosug'urta» davlat- 
aksiyadorlik sug'urta kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha Prezident farmonlari qabul 
qilingan. Bu farmonlarda qayd etilgan kompaniyalar 5 yil muddatga daromad (foyda) 
solig'i to'lashdan ozod etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2002 yil 31 yanvarida «Sug"urta bozorini 
yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g'risida» farmon qabul 
qildi. Bu farmon sug'urta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada 
rivojlantirish va iqtisodiv islohotlami chuqurlashtirish, respublikada sug'urta bozorini 
taraqqiy ettirishning iqtisodiv omillarini kuchaytirish, sug'urta tashkilotlarining 
moddiv-texnika bazasini mustahkamlash hamda ulaming moliyaviy barqarorligini 
ta'm inlash maqsadida qabul qilinganligini alohida ta’kidlash joiz.
Shuningdek. farmonda 
2002 yilning 1 
fevralidan boshlab, mulkchilik 
shakllaridan qat'iyy nazar. sug'urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) 
solig'i to'lashdan ozod qilinishi va buning natijasida bo'shaydigan m ablag'lar aniq 
maqsadni ko'zlagan holda mazkur tashkilotlaming moddiy-texnika bazasini 
rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik shaxobchalarini tashkil etishga. 
kadrlar tayvorlash va qayta tayyorlashga, shu jumladan. chet ellarda tayyorlash va 
qayta tayyorlashga yo'naltirilishi aniq belgilab qo'yilgan.
Shunisi e’tiborliki, soliq olishdan bo'shaydigan m ablag'lam i tarkibida davlat 
ulushi bo'lgan sug'urta tashkilotlari ustav jam g'arm alarini ko'paytirishga vo'naltirish 
chog'ida mazkur m ablag'lar davlatga tegishli ulush miqdoriga qo'shib hisoblaydi. 
2002 yilning 1 fevralidan boshlab to'rt yil mobaynida sug'urta tashkiloti tugatilgan 
yoki u sug'urta faoliyatini to'xtatgan hollarda daromad (foyda) solig'ining summasi 
ushbu farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli davr uchun to'liq miqdorda undirib 
olinadi.
Farmonda belgilab qo'yildiki, yuridik shaxslaming ixtiyoriy sug'urta turlari 
bo'yicha sarf-xarajatlari daromad (foyda) solig'ini hisob-kitob qilish chog'ida 
qonunchilikda belgilangan m e’vorlar doirasida soliqqa tortiladigan baza hisobidan 
chegirib tashlanadi. 2002 yilning 1 fevralidan boshlab xo'jalik yurituvchi subyektlar 
xaridorlarga xizmat qiladigan banklaming kafolatlari yoki eksport shartnomalarining 
siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug'urta polisi mavjud bo'lgan taqdirda 
oldindan haq olmasdan va akkreditiv ochmasdan erkin almashtiriladigan valvutaga 
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishlari mumkin.
Mazkur F;armonga muvofiq ravishda sug'urta tizimini rivojlantirishni 
rag'batlantirish. sug'urtalovchilarning moddiy-texnika bazasini va moliyaviy 
barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va 
aholining sug'urta tashkilotlariga bo'lgan ishonchini oshirish maqsadida Vazirlar
103


Mahkamasi "Sug'urta xizmatlari bo/.orini vanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to'g'risida” 2002 yilning 27 noyabrida 413-sonli qaror qabul qildi.
Ushbu qarorga ko'ra, sug'urta bozori professional ishtirokchilari uchun ustav 
kapitaining eng kam miqdorlariga bo'lgan talab belgilandi. Shuningdek. ular 
faoliyatini litsenziyalash tartibi ham amaliyotga joriv etildi. Eng muhimi, yuridik 
shaxslaming ixtiyoriy sug'urta bilan bog'liq xarajatlari ular tovar aylanmasining 2,0 
foizi miqorida soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashianadigan bo'Idi.
2002 yil 27 novabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi 413- 
sonli Qarorining 1-ilovasiga muvofiq, "Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining 
sug'urta 
faoliyatini 
litsenziyalash 
to'g'risida“gi 
nizomda 
sug'urta 
faoliyati 
klassifikatori tasdiqlangan.
Mazkur 
sug'urta 
faoliyati 
klassifikatorining 
qabul 
qilinishi 
sug'urta 
kompaniyalari uchun sug'urta faoliyatini amalga oshirishda asos hisoblanadi. Sug'urta 
kompaniyalari sug'urta faoliyati uchun litsenziya olishda Moliya vazirligi tomonidan 
qo'yiladigan talablarda ham faoliyat yuritmoqchi bo'lgan sug'urta xizmatlari bo'yicha 
sug'urta shartomlaridan nusxa taqdim etilishi hamda arizada sug'urta klasslari nomlari 
ham keltirilishi shart. Keltirilgan sug'urta turlari bo'yicha boshqa talablar ham 
o'matilgan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi 
“Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo'shim cha 
chora-tadbirlar to'g'risida” 872-sonli qarori qabul qilinib, mazkur qarorda sug'urta 
kompaniyalarining 
kapitallashuv 
darajasini 
oshirish, 
ulaming 
respublika 
mintaqalarida agentlik shaxobchalarini kengaytirish va investitsion jarayonlardagi 
ishtirokini kengaytirishda katta ahamiyat berildi.
Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodivot 
vazirligining 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga 
oshiradigan sug'urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini belgilash 
to'g'risidagi taklifi qabul qilindi100:
> umumiy sug'urta sohasida - 750 ming yevroga ekvivalent summada;
> hayotni sug'urta qilish sohasida - 1000 ming yevroga ekvivalent summada;
> majburiy sug'urta bo'yicha - 1500 ming yevroga ekvivalent summada;
> faqat qayta sug'urta qilish bo'yicha - 4000 ming yevroga ekvivalent
summada.
Faoliyat ko'rsatayotgan sug'urta kompaniyalari (sug'urtalovchilar) 2010 
yilning 1 yanvarigacha bo'lgan muddatda ustav kapitali miqdorlarini yuqorida 
ko'rsatilgan talablarga muvofiqlashtirilishini ta'minlanishi belgilab qo'yildi. Agarda 
2010 yilning 1 yanvaridan boshlab mazkur qaroming 1-bandi talablariga javob *
1
0
4
100 O 'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sug'urta xizmatlari bozonni yanada isloh qilish 
va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g ‘risida” gi 872-sonli qaror.
104


bermaydigan sug'urtalovchilarning litsenziyalari amal qilishini belgilangan tartibda 
to'xtatib turish va tugatish bo'yicha choralar ko'rish maqsadga muvofiq deb topildi.
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2011 
yil 
31 
mayda 
«Sug‘urtachiIaming moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo'shimcha 
chora-tadbirlar to'g‘risida» 1544-sonli qarori qabul qilinib. ushbu qarorda sug'urta 
faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtachilaming kapitallashuvi va moliyaviy 
barqarorligini oshirish, shuningdek sug'urta xizmatlaridan foydalanuvchilaming 
huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga katta e'tibor qaratildi. Shu bilan birga 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining ilovaga 
muvofiq sug'urta faoliyati turlariga qarab. sug'urtachilaming ustav kapitali minimal 
miqdorlarini 2012-2014 yillar mobaynida bosqichma-bosqich. tabaqalashtirilgan 
tarzda oshirib borish to'g'risidagi taklifi qabul qilindi. Unga ko'ra:
9.2- jadval

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə