ziddiyatlaming alohida to'plamiga ega iqtisodiyotdir. Davlat bunday sharoitda alohida
ijtimoiy rolni bajaradi.
U xalq xo'jaligi tizimining barcha sektorlarining xo'jalik yuritish sharoitlarini
tubdan o‘zgartirish tashabbuskori va ijtimoiy barqarorlik kafolatiga aylanadi.
Bunday
sharoitda davlat boshqaruvi ta'sir etishning jamiyat ijtimoiv-iqtisodiy sohasini isloh
qilish modeliga asoslangan boshqa usullari va vositalariga tayana boshlaydi.
O’zbekiston sug'urta bozorining taniqli olim-tahlilchisi S.A.Umarovning
ta'kidlashicha «Davlat boshqaruvi davlatning tarkibiy o'zgarishlar asosi bo'lib xizmat
qiladigan investitsiya faoliyatida ham. yangi bozorlaming paydo boiishida ham o'z
ifodasini topadi. Xususan, O'zbekistonda sug'urta faoliyati davlatning to'g'ridan-
to'g'ri ishtirokida shakliangan. Mamlakatning yirik sug‘urta kompaniyalari davlat
mablagiari asosida tashkil qilingan»5".
Sug'urta bozorini rivojlantirish iqtisodiyotni modcmizatsiya qilish jarayonining
ajralmas qismi bo'lib qolmoqda. U ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish maqsadida yangi iqtisodiy institutlar va xo'jalik yuritish sharoitlarini
yaratishda davlatning yyetakchi rolini nazarda tutuvchi tub o'zgarishlaming
milliy
modeliga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlaming barcha bosqichlarida davlat darajasida
sug'urta xizmatlari bozorining shakllanishi ijtimoiy barqarorlashtirish. biznes
infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish chora-tadbirlarining tarkibiy qismi sifatida
ko'rib chiqildi, u quvidagi yo'nalishlarda amalga oshirildi: sug'urtalovchilar va
sug'urta qildiruvchilar mulkini huquqiy tamiinlash va sug'urta
xizmatlari bozorini
faoliyat ko'rsatishi, sug'urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish mexanizmlarini
o'z ichiga oluvchi rivojlangan jahon bozori tizimiga mos keluvchi yangi sug'urta
institutlarining shakllanishini nazarda tutuvchi o'ziga xos yangi milliy sug'urta tizimi
yaratildi.
Davlat tomonidan tartibga solish sohasida sug'urta qildiruvchilar huquqlari.
sug'urta kompaniyalari tomonidan o'z majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash
mexanizmlarining yaratilishiga alohida ahamiyat berildi:
-davlatning to'g'ridan to'g'ri ishtiroki va ko'magida rivojlanayotgan xususiy
biznes va aliolining qaltisliklarini o'z bo'yniga olishga qodir bo'lgan yangi sug'urta
kompaniyalari shakllandi;
-yangi xususiy sug'urta tashkilotlarining rivojlanishi va hududiy filiallar
tarmog'ini tashkil etilishi rag'batlantirildi;
-aholining yangi sug'urtalovchilar va sug'urta xizmatlariga bo'lgan
ishonchini
oshirish, sug'urta madaniyatini oshirish chora-tadbirlari ko'rildi.
Davlat sug'urta bozorida davlat sug'urta kompaniyalari orqali va sug'urta
faoliyatini turli qonun va me’yoriy hujjatlar orqali tartibga solish yo'li bilan
qatnashadi.
Chet mamlakatlar sug'urta bozoridagi ildam o'zgarishlar o'sha davlatlaming sug'urta
qonunchiligini puxta tayyorlanganligini va amaliyotda qo'llanilishi uchun barcha
sharoitlar yaratilganligini ko'rsatadi. Qonunlar va qonun osti hujjatlar sug'urta
sohasining rivojlanishini asosiy omilidir. 5
2
52 Umarov S.A. O'zbekistonda sug'urta faoliyati rivojlanishini. - T.: Fan, 2009. - 33-b.
7 0
Jamiyatda fuqarolar va ulaming jamoasi o 'z faoliyatlari jaravonida bir-birlari
bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo'ladilar. Ushbu munosabatlami bir qolipga
solish uchun ulami tarlibga keltirish ya'ni fuqarolar va tashkilotlaming
xatti-harakati
doirasini belgilash zarur. Sug‘urta ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyat sifatida huquqiy
tomondan mustahkainlanishni talab etadi. Sug'urta fondini tashkil etish va undan
foydalanish jaravonida pavdo boiadigan munosabatlar davlat tomonidan huquqiy
tartibga solinadi.
Sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni shartli ravishda 3 ga
bo'lishi mumkin. Ular quyidagilar: maxsus nazorat organi. soliq va majburiy
sug'urtani joriy qilish.
Sug'urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda. xususan,
maxsus qonunlar qabul qilish.
soliqqa tortish, allohida hukumat qarorlari bilan
majburiy sug'urtalashni joriy qilish va vakolatli sug'urta nazorati xizmatini tashkil
etish y o ii bilan amalga oshiriladi. Sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga
solishni shakllari va maqsadlari 8.1-jadvalda keltirilgan.
7.1-jad\'al
Dostları ilə paylaş: