mohiyatidan kelib chiqadi. Sug'urta har bir fuqaro to'g'ri
tushuncha hosil qilishi
mumkin bo'lgan shunchaki oddiy narsa emas. Sug'urta jamiyatlarning faoliyati hatto
ehtiyotkor va mulohazali xo‘jayin uchun ham tushunarsiz va noaniq bo'lgan asoslar
ustiga qurilgan48.
Ishning vana bir murakkab tomoni shundaki, sug'urta shartnomasi ba'zi
hollarda uzoq muddatga tuziladi (shaxsiy sug'urta). Sug'urtalanuvchilardan sug'urta
badallarini kechiktirmay olib turgan sug'urta tashkiloti. masalan. bir nccha yildan
keyin sug'urta hodisasi yuz berganda o'z mablag'larini
bajarishga qodirligiga qattiq,
puxta ishonch bo'lmog'i zarur. Hayot sug'urtasidan sug'urtalanuvchi bilan sug'urta
korxonasi o'rtasida uzoq muddatli, chambarchas bog'lanish yuzaga kcladi. Sug'urta
tushunchasidan bexabar sug'urtalanuvchi o'z manfaatlarini himoya qila olmaydi.
Uning manfaatlarini himoya qilish uchun davlatning yordami kerak bo'ladi49.
Ish yana shu bilan murakkablashadiki, sug'urta sohasidagi suiste’mol unga yo'l
qo'vgan korxonalar uchun halokatli bo'libgina qolmasdan. balki aholining sug'urtaga
bo'lgan ishonchini salbiy tomonga o'zgartiradi ham. Vijdonsiz sug'urtalovchilaming
raqobati hatto eng obro'li sug'urta korxonasiga ham zarar yetkazish mumkin.
Shundan ravshanki, sug'urtalanuvchilargina emas balki sug'urtalovchilaming o'zlari
ham sug'urta nazoratidan manfaatdorlar, chunki bundav nazorat yashay olmaydigan
korxonalaming g'irrom raqobatidan muhofaza qiladi.
Xatolar, uquvsizlik voki vijdonsizlik bilan ish vuritish oqibatlari oradan ko'p
yillar o'tgandan keyin ham sug'urtaga ta’sir ko'rsatadi. Bu hoi obro'li,
katta
tashkilotlar uchun g'irrom raqobatchilar bilan kurashni qiyinlashtiradi, boshqa
tomondan esa ana shu yashirin buzilish davrida sug'urtalanuvchilami aldovga olib
kelishi mumkin.
Sug'urta kompaniyalarining faoliyati boshqa turdagi xo'jalik subvektlari
faoliyatidan keskin farq qiladi. Chunki, ular ishlab
chiqarish uzluksizligini
ta'minlashda va sug'urta hodisalari ro'y berganda yetkazilgan zarami qoplash uchun
xizmat qiladilar. Bu holat, sug'urtalovchilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi
va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog'i zarurdir.
O'zbekistonda davlat sug'urta nazorati tushunchasini davlat tomonidan tartibga
solish tizimining qismi sifatida ta'riflash mumkin. Ushbu tizim sug'urta
faoliyati
subyektlarini sug'urta ishi sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilishi,
sug'urta faoliyatini samarali rivojlantirish hamda sug'urta qildiruvchilar va boshqa
manfaatdor shaxslar va davlatning qonuniv manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni
ta’minlash uchun huquqiy hujjatlaming buzilishining oldini olish. ogohlantirish
maqsadida ulami nazorat qilishdan iborat.50
TypoHHa K.E. TeHaerajHH pa3BHnw MHpoBoro pbiHKa cTpaxoBamw. M : AHKHJI, 2000. C.56
3y6eu A.H. CrpaxoBofi MapKeniHr. M :
A
hkhji
,
1998. C. 106.
5.E. Ampa
CTBa pecnv6;iHKH. // PbiHOK aeHLrH
h
KpenHr, 2002. N°11-12. C.21.
66
Sug'urta faoliyatini samarali tarzda nazorat qilish
va boshqarish mexanizmini
varatish hukumatning asosiy maqsadlaridan biridir. Sug'urta bozorini davlat
tomonidan tartibga solish jarayoni 8.1- rasmda keltirilgan.
7.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: