1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə33/101
tarix27.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#124095
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifa

Fakultativ mashg’ulotlar. Boshlang‘ich sinflarda fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Fakultativ mashg‘ulotlarda o‘rganiladigan materiallar darslik materiallarini takrorlamagan holda o‘rganilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimini mustah­kamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o‘rganish va matematika darslari samara­dorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg‘ulotda tavsiya etiladi. Masalan, 1-mashg‘ulotda Abu Rayhon Beruniy, 2-mashg‘ulotda Abu Ali ibn Sino, keyingisida al-Xoraz­miy, Mirzo Ulug‘bek kabi mutafakkirlar merosidan bosh­lang‘ich sinfga xos tomonlari o‘rganiladi.
3. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o‘tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, ma’naviyati yuksak, komil mehnatsevar, vatanparvar bo‘lib tarbiyalanishiga yangi g‘oya va ta’limotlarni yaratganlar. Bular: Muso al-Xorazmiy (783–850), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), Ibn Sino(980 –1037); Umar Hayyom (1048–1131); Nasriddin at-Tusiy (1201–1274); Ulug‘bek (2394–1449), G’iyosiddin al-Koshiy; Ali Qushchi (1402–1474); va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga asos bo‘ladi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning o‘qishi, mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e’tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin Tusiy fikri bo‘yicha o‘qituvchi o‘quvchilarni aql-zakovatiga ta’sir qilishi uchun o‘quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas’uliyatini his qilishi lozim. Abu Nasr Forobiy o‘qituvchi faoliyatida yoshlarning axloqiy me’yorlari, amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino fikricha, tarixiy manbaalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va o‘rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g‘oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir.
Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o‘rganib, uni ta’lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma’naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir. Quyida biz boshlang‘ich sinflarda matematikadan dars samaradorligini oshirishga doir to‘garak mashg‘ulotini dars tipida o‘tkazish mumkin bo‘lgan namunasini tavsiya etamiz.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə