1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja


e) matematikadan sinfdan tashqari ishlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə31/101
tarix27.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#124095
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifa

e) matematikadan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
2. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematika to’garagi, matematika ertaligi, matematikadan fakultativ mashg’ulotlar, matematik matbuot, matematik viktorina va olimpiadalar.
Matematika minutliklarida topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, nostandart masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.
Matematika to‘garagi matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p tarqalgan turi. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqadigan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematika to‘garagi ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.
Matematik tanlovlar. Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan o‘quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Tanlovlar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofikdir.
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).
№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qolpoq to‘qish mumkin. Shunday 9 ta qolpoq to‘qish uchun necha o‘ram ip kerak?
№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor edi. Ular baravardan yeyishgandan keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan eyishgan?
№3. Shaklda nechta uch bor?
№4. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlari berilgan. Bu qatordagi sonlardan uchtalab qo‘shganda 15 soni chiqadigan nechta misol keltirish mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə