6-amaliy mashg’ulot



Yüklə 25,91 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü25,91 Kb.
#150873
6-amaliy mashg\'ulot


6-amaliy mashg’ulot: Sonli tenglik va tengsizliklarga oid masalalar yechish. Murakkab masalalarni yechish usullari. Masalani bir o‘zgaruvchili tenglama yordamida yechish.
Reja:
1.Sonli tenglik va tengsizlikka oid masalalar yechish
2.Masalani bir o‘zgaruvchli tenglama yordamida yechish.
3.Murakkab masalalarni yechish usullari.
4.Boshlahg’ich sinf darsliklari bilan ishlash
Boshlang’ich sinflarda maktabda matyematik masalalarni yechish o’quvchilarga matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirishga uni o’rab turgan muhitning o’zaro aloqadorlikdagi turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o‘rganilayotgan nazariy qoidalarni qo‘llashga, kuzatilayotgan hodisalardagi har xil sonli bog‘lanishlarni yuzaga chiqarish imkonini beradi.
Shu sababdan o‘qituvchilarning misol va matnli masalalar bo‘yicha o‘quvchilarga mashg‘ulotlar o‘rtasida o‘ziga xos jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi. Zero, bolaning yoshiga ko‘ra faqatgina sonlardan iborat misollarni yechish uning mohiyatini tushunmaslik sabab tezda zeriktirib qo‘yishi tabiiy. Nuqul matnli masalalarni ishlash ham bolalarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun ham umumta’lim maktablari matematika darsliklarida misol va masalalar o‘ziga xos tizimda navbatma-navbat berilishi tartibga solingan.
Shu bois boshlang‘ich sinf matematika darslarida amaliy xarakterdagi masalalarni tuzishga va ularni yechishda turli sxemalardan foydalanishga e’tibor qaratishi kutilgan samara beradi.
Murakkab masalalarni turli xil usulda yechishda tayanch sxemalardan foydalanishning ba’zi bir usullarini ko‘rib chiqamiz.
7- masala 104 bet (4 sinf matematika darsligi,)
Ikki maktabda bir xil bog‘lamdagi 10 000 ta kitob yuborildi. Birinchi maktabga 200, ikkinchisiga esa 300 bog‘lam kitob jo‘natildi. Har bir maktabga nechta kitob yuborilgan?
Masalaning tayanch sxemasi:


Barcha kitoblar

1-maktab jo’natgan kitob

2-maktab jo’natgan kitob

+ =
Yechish:
1-usul.
a) Ikkala maktabga necha bog‘lam kitob jo‘natilgan?
200+300=500 bog‘lam
b) Har bir bog‘lamda nechta kitob bor?
10 000:500=20 ta
v) Birinchi maktabga nechta kitob jo‘natilgan?
200∙20=4000 dona
g) Ikkinchi maktabga qancha kitob jo‘natilgan?
300∙20=6000 ta
Masalani sonli ifodasi:
10 000 : ( 200 + 300 ) ∙ 200
10 000 : ( 200 + 300 ) ∙ 300
2-usul.
Har bir bog‘lamda x ta kitob bo‘lsin. U xolda masala shartiga ko‘ra
x ∙ (200+300) – barcha kitoblar soni bo‘ladi. Dyemak:
x ∙ (200+300) =10 000
x ∙5000= 10 000
x=10 000:5000
x=20
Birinchi maktabga jo‘natilgan kitob
200∙20=4000 ta
Ikkinchi maktabga jo‘natilgan kitob
300∙20=6000 ta
Yüklə 25,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə