1 – Mavzu : Kompyuterga jdk (Java Development Kit) dasturi va NetBeans muhitini o’rnatish. Java dasturini buyruqlar qatorida va Netbeans ide muhitida ishga tushirish. Reja



Yüklə 475,81 Kb.
səhifə3/4
tarix19.04.2023
ölçüsü475,81 Kb.
#106190
1   2   3   4
1 - Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

NetBeans muhitini o’rnatish



Hozirgi kunda Java dasturlash tili uchun bir necha muhit (IDE)lar yaratilgan bo'lib, bu maqolada shunday muhitlardan biri NETBEANS haqida gaplashamiz. Java tilini o'rganishda aynan Netbeans muhitidan foydalanamiz, shuning uchun bu dasturni yuklab, o'rnatishimiz lozim bo'ladi. Dastlab, Oracle saytidan, NetBeans dasturini operatsion tizimga mos holdagisini yuklab olamiz(hajmi maksimum 300 MB).
Dasturni o'rnatishdan oldin, JDK paketi o'rnatilgan bo'lishi lozim(JDKni o'rnatish). Undan so'ng, yuklab olingan netbeans dasturini ishga tushiramiz va o'rnatishni boshlaymiz.

Hosil bo'lgan oynadan, o'rnatilishi kerak bo'lgan komponentlarni tanlab olamiz. Uning uchun «Настроить…» tugmasini bosib, kerakli komponentlarni tanlaymiz. Hammasini o'rnatish shart emas, iloji boricha soddaroq qilib o'rnatamiz. Demak quyidagilarni belgilaymiz:
Bazovaya sreda IDE
Далее'>Java SE
Java EE
Java ME
HTML5
Shundan so'ng, «Далее» tugmasini bosib, keyingi oynaga o'tamiz.

Litsenziyaga oid matnni o'qib chiqamiz va rozilik beramiz, agar rozi bo'lmasangiz, o'rnatishni davom ettiraolmaysiz. Далее

Navbatdagi oyna ham litsenziyaga bog'liq matndan iborat, bu safar Java dasturlarini modulli tekshirish kutubxonasi(JUNIT — Java Unit) litsenziyasi haqida gap ketmoqda, rozi bo'lamiz va Далее.

IDE NETBEANS dasturini qaysi papkaga o'rnatish kerakligini «Обзор» tugmasini bosgan holda tanlaymiz, undan tashqari biz o'rnatgan JDK paketini ham o'rnatgan joyini ko'rsatamiz. Shunda netbeans va jdk bir biri bilan bog'lanadi va netbeans orqali kompilyatsiya qilish va java-mashinani ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Далее

Keyingi oynada, o'rnatilayotgan dasturni saytdagisi bilan solishtirib beradi(agar kompyuter internetga ulangan bo'lsa), ya'ni dasturni yangilash(obnovleniya) kerakmi, yo'qmi, undan tashqari bu oynada dastur o'rnatilayotgan joy va dastur hajmi haqida ma'lumot chiqadi. So'ng «Установить» tugmasini bosib, dasturni o'rnatamiz. Kompyuter konfiguratsiyasiga qarab, 10 daqiqa davom etishi mumkin(balki ko'proq, balki kamroq).
Shundan so'ng, dastur o'rnatilishi yakunlanadi va quyidagi oyna paydo bo'ladi.

Agar NetBeans proyektiga yordam bermoqchi bo'lsangiz «Помочь проекту» yozuvini belgilang, aks holda belgilashni olib tashlang, mani fikrim yordam berish shart emas, biza siz ham o'zligi amallashadi(statistikalar uchun ma'lumotlar yig'ish). Oxirida «Завершить» tugmasini bosib, o'rnatilishni yakunlaymiz.
Dasturni ishga tushirish uchun, «Рабочий стол«dan NetBeans «yarlыk»gi ishga tushiriladi yoki Пуск ->Все Программы -> NetBeans -> NetBeans IDE orqali amalga oshirish mumkin.

Yüklə 475,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə