1- mavzu. Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,85 Mb.
səhifə19/33
tarix29.11.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#139793
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
1-MAVZU AUDIT FANINING PREDMETI, OBYEKTI

Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida “Auditni rejalashtirish” nomli 3-AFMSning 12 va 13-bandlariga muvofiq auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi belgilangan bo’lib, buning uchun auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan.

Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi

axborotga ega bo’lishi uchun esa uning bir qancha asosiy hujjatlari, jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati, rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari,soliq tekshiruvlari materiallari, sud da’volari materiallari,xo’jalik yurituvchi sub’ektni uning asosiy uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan axborotlar bilan tanishib chiqishni talab etadi.

AUDITNI DASTLABKI REJALASHTIRISH BOSQICHI BU –

xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish, korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.

Auditor tekshiruvi vaqtini rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillar

Audit dasturini tuzish va undan foydalanish tartibi

  • Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir.
  • Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə