2-mavzu. Boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosati Reja: Hisob siyosati haqida tushuncha va uning nazariy asoslari



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə1/11
tarix31.05.2023
ölçüsü198,5 Kb.
#114724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу


2-mavzu. Boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosati
Reja:
1.Hisob siyosati haqida tushuncha va uning nazariy asoslari.
2.Boshqaruv hisobida hisob siyosatining texnikaviy, tashkiliy va uslubiy jihatlari.
3.MHXS laridan hisob siyosatini ishlab chiqishda faydalanish.


1. Hisob siyosati haqida tushuncha va uning nazariy asoslari
"Korxonaning hisob siyosati" korxonalarda buxgalteriya hisobining yuritilishida alohida ahamiyatga ega. "Korxonaning hisob siyosati" termini XX-asrning 80-yillarida bizning iqtisodiy adabiyotimizga kirib kelgan. Bu termin ingliz tilidagi "accounting policiyes" so’zidan tarjima qilingan. "Ushbu termin dastlab 1994 yil 26 martda qabul qilingan "Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida Nizom"da, so’ngra esa 1998 yil 14 avgustda Adliya vazirligida 474-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan №1 BHMS"Moliyaviy hisobot va hisob siyosati"da o’z aksini topib, hozirgi kunda o’quv adabiyotlari va amaliyotda keng qo’llanilmoqda"1. Korxonlarda hisob siyosatini ishlab chiqishga korxonaning mulkchilik va xo’jalik yuritish shakli, faoliyat turi, makroiqtisodiyotning qaysi tarmog’iga tegishli ekanligi, soliq tizimi, ishlab chiqarish hajmi, hisob xodimlarining malakasi va boshqa omillar ta’sir qiladi. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunida "Korxonaning hisob siyosati" tushunchasining ta’rifi o’z aksini topmagan. Lekin, korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo’yicha boshqa amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarda «Korxonaning hisob siyosati» tushunchasini mohiyati yoritilib berilgan. O’zbekiston Respublikasi 1-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS)da hisob siyosatiga quyidagicha ta’rif berilgan: «hisob yuritish siyosati deganda, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish asoslari va qoidalariga mos ravishda usullarining qo’llanilishi tushuniladi»2. Korxonaning hisob siyosati xo’jalik yurituvchi subyekt buxgalteri tomonidan ishlab chiqiladi va rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hisob yuritish siyosati - bu xo’jalik subyektlarining faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qonunlar va boshqa normativ xujjatlarda ruxsat etilgan buxgalteriya hisobining alternativ usullari va shakllaridan korxona tanlab olgan va e’lon qilgan buxgalteriya hisobining usullari va shakllarining yig’indisidir.
Hisob siyosatiga amaldagi me’yoriy xujjatlarda ham turlicha talqin qilinadi. Masalan buxgalteriya hisobi milliy standartlarida quyidagi tushuncha kelitirlgan: “Hisob siyosati deganda xo’jalik yurituvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qiladigan usullarning yig’masi tushuniladi, moliyaviy hisobot shu usullarga muvofiq va ularning qoidalari va asoslariga muvofiq ravishda tuziladi”3.
Buxgalteriya hisobini guruhlarga ajratish va xo’jalik faoliyati faktlariga baho berish, aktivlar qiymatini to’lash, hujjatlar aylanmasini, mol-mulkni ro’yxatga olishni tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobida hisobotlarni qo’llanish usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va o’zga tegishli usullar, uslubiyatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullariga kiradi.
Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosatini tuzish va uni amalga oshirish bilan bog’liq muammolar jahon hamda O’zbekiston miqiyosida yetarli darajada o’rganilmagan. Ammo xo’jalik yurituvchi subektlarning hisob siyosatiga oid bir qancha ilmiy ishlar jahon va O’zbekiston olimlari tomonidan olib borilgan. Masalan, Smirnova L.R o’zining ilmiy asarida, hisob siyosatining hisob siyosatida hisobning muhim variantlarini har xil operasiyalarda to’g’ri qulay bo’lishi kerak shuningdek, tijorat banklarning hisob siyosatini shakllantirishda uzviy bog’liq soliqlarni rejalashtirish va baholay bilishdir, deb baholaydi4.
Astaxov V.P. tomonidan olib borilgan tadqiqot ishida quyidagi uchta qisimga ajratgan holda hisob siyosati ko’rilgan:
1. Buxgalteriya hisobining metodikasi hisob obyektlarni tan olish, o’lchash va hisob raqamlarida aks ettirishning tanlab olingan usullarini ifodalovchi holatlarni ko’rsatishni, metodologik jihatlarni balans va hisobotning boshqa shakllarning har bir elementi bo’yicha ifodalash lozim deb hisoblaydi.
2. Buxgalteriya hisobini yuritish texnikasi, bunda buxgalteriya hisobini yuritish uchun zarur bo’lgan ishchi schyotlar rejasini, hisob registrlarini schyotlarga biriktirilishini, xujjatlar shakllarining albomini, inventarizasiyani o’tkazish muddatlari va tartibini, zamonaviy kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikasi vositalarni, ularni qo’llash uchun zarur bo’lgan klassifkator va kodifikatorlarni kiritadi.
3. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish buxgalteriya ishini tanlab olingan tashkiliy shaklini, hisob xodimlari mexnatini tashkil qilish usulini, funksional majburiyatlarni buxgalterlar o’rtasida taqsimlashni tanlangan variantini, xujjatlar aylanishining tashkil qilinishini, bosh buxgalterni tayinlanishi, ishdan bo’shatilishi, huquqlari, majburiyatlarini ko’rsatgan.
N.Yu.Jurayev esa, «Hisob siyosati - bu xo’jalik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy – me’yoriy xujjatlarda ruxsat etilgan buxgalteriya hisobining muqobil usullari va shakillaridan korxona tanlab olgan hamda e’lon qilgan buxgalteriya hisobi tizimidir» degan5.
B. Hoshimov xo’jalik yurituvchi subektlarlarning hisob siyosatini buxgalteriya hisobini ma’lum qoidalar va tamoyillar bo’yicha quyidagicha asoslagan:
Tamoyil va qoidalarning shunday majmuini o’rnatish kerakki, uni amalda qo’llash hisob yuritishning maksimal samarasini ta’minlasin”. Bunda samara deb moliyaviy va boshqaruv axborotlarni o’z vaqtida shakillantirish keng doiradagi foydalanuvchilar uchun ishonchliligi, ravonligi va foydaliligini ta’minlash tushunilgan.6
F.G’.G’ulomova esa korxonalar hisob siyosatini tarkibiy jihatdan 4 ta qismga ajratib o’rgangan bu quyidagilar:
1. Umumiy tartiblar – bunda buxgalteriya hisobini yuritish maqsadi, korxona rahbari va bosh buxgalterning xuquqlari, majburiyatlari aks ettirish tavsiya etilgan.
2. Hisob metodikasi buxgalteriya hisobining obyektlari bo’yicha ularni baholash va aks ettirishning tanlab olingan variantlarni ko’rsatish tavsiya etilgan.
3. Hisob texniksi buxgalteriya hisobini yuritish uchun zarur bo’lgan schetlar rejasini, hisobini yuritish texnikasini, inventarizasiya o’tkazish muddatlari ya’ni hisobni yuritish texnikasiga doir aniq usullarni aks ettirish tavsiya qilinadi.7
4. Buxgalteriya hisobini tashkil etilishi - buxgalteriya hisobini kim tomonidan yuritilishini, buxgalteriya ishini tanlab olingan tashkiliy shakilni ko’rsatish tavsiya qilingan.
B.A.Xasanov tomonidan qo’yidagicha ta’rif bergan va 1-son Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga kiritishni maqsadga muvofiq deb bilgan xolda “Hisob siyosati deganda xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning tanlangan aniq qonuniy usullarini o’zida mujassamlashtiruvchi va foydalanuvchilarning axborot olish talablarini to’liq qoniqtirishga xizmat qiluvchi ichki me’yoriy xujjat tushuniladi”deb asoslagan.
K.B.Urazov hisob siyosatiga quyidagicha ta’rif bergan: «Hisob siyosati deganda xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning tanlangan aniq qonuniy usullarini o’zida mujassamlashtiruvchi va foydalanuvchilarning axborot olish talablarini to’liq qoniqtirishga xizmat qiluvchi ichki me’yoriy hujjat tushuniladi»8. Ushbu berilgan ta’rif hisob siyosatini mazmuniga mos keladi, ammo korxonaning hisob siyosati korxonada buxgalteriya hisobini faqat yuritish emas, balki tashkil etish tamoyillari va usullarining ham yig’indisi hamdir. "Korxonaning hisob siyosati" tushunchasini atroflicha o’rganib, unga quyidagicha ta’rif berishni lozim topdik: Korxonaning hisob siyosati - buxgalteriya hisobi bo’yicha amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan, tezkor, to’liq va aniq axborotlarni olish hamda moliyaviy hisobotni tayyorlash maqsadida korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish tamoyillari va usullarining yig’indisidir.
Korxonalarda hisob siyosati asosan moliyaviy hisobni tashkil etish va yuritishga qaratilgan bo’lib, unda boshqaruv hisobining ham ayrim elementlari mavjud. Hisob siyosatida hisobga olish tartibi belgilanadigan: asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashning tanlangan usuli, ta’mirlash uchun zahira yaratish tartibi, kelgusi davr xarajatlarini taqsimlash usullari, materiallarni hisobdan chiqarishda baholash usullari, dargumon qarzlarga zahira yaratish tartibi va hokazolar korxonada xarajatlar hisobiga tegishli bo’lib, hisob siyosatining boshqaruv hisobiga ham tegishli qismi hisoblanadi. Ammo, hozirgi kunda korxona hisob siyosati asosan moliyaviy hisobga tegishli bo’lib, moliyaviy hisob bo’yicha hisob siyosatining metodologiyasi ishlab chiqilgan.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritish boshqaruv tizimini to’laqonli axborotlar bilan ta’minlanishiga olib kelib, boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish bilan birga oxir-oqibat ishlab chiqarish samaradorligini ham oshishiga olib keladi. Boshqaruv hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritishda boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosatini ishlab chiqish zaruriyatini qo’yadi.



Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə