2-mavzu. Boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosati Reja: Hisob siyosati haqida tushuncha va uning nazariy asoslari


- chizma. Hisob siyosatining texnik jihati



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə5/11
tarix31.05.2023
ölçüsü198,5 Kb.
#114724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу

6- chizma. Hisob siyosatining texnik jihati

Boshqaruv hisobida hisob siyosatini shakllantirishning tashkiliy jihatida tashkil qilinadigan buxgalteriya xizmatining tuzilishi va tarkibi aniqlash va ularning lavozimi bo’yicha huquqlari, burchlari va majburiyatlari belgilanadi. «Buxgalteriya hisob to’g’risida» gi Qonunga muvofiq subyekt rahbari bosh buxgalter lavozimini tayinlash va buxgalteriya hisobini talab darajasida faoliyat ko’rsatishi uchun yetarli sharoit yaratilishi uchun javobgar hisoblanadi. Bosh buxgalter buxgalteriya apparatiga rahbarlik qiladi va hisob-kitoblarning aniqligiga, to’g’riligiga va o’z vaqtida bajarilishiga javobgar hisoblanadi. Shuningdek, hisob siyosatining tashkiliy jihatida subyekt buxgalteriyasining ish jadvali xam ko’rsatiladi. Unda buxgalteriya xodimlarining ish kuni taqsimlanishi ish kunlari mobaynida kelib tushgan hisob-kitob pul xujjatlarini o’z vaqtida qabul qilish, qayta ishlash, buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish va kunlik aylanma qaydnomalarni belgilangan vaqtga tuzishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.


Xo’jalik yurituvchi subyektlar hisob siyosatining texnik jihatidagi asosiy masalalardan biri O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan schyotlar rejasi asosida ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish hisoblanadi9. Ammo ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqishda subyekt fakatgina o’zida sodir bo’ladigan muomalalardan kelib chiqqan holda ro’yxatiga o’zgartirish kiritishga xaqlidir va ularning ro’yxatini keltirishi zarur. Bu bazan ikkinchi tartibli ish schyotlari deb ham ataladi va yuqorida aytib o’tilganidek, subyektda amalga oshiriladigan muomalalarning iqtisodiy mazmunini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olishning usuli uslubiy tamoyillariga amal qilinadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar hisob siyosatini shakllantirish, buxgalteriya hisobini yuritish, to’liq va aniq buxgalteriya hisobotini o’z vaqtida taqdim etish uchun subyekt bosh buxgalteri javobgar bo’ladi. Amalda bo’lgan qoidalarga muvofiq subyektlarda buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishini mustaqil belgilaydi. Bu, odatda, yagona buxgalteriya bo’linmasi bo’lib, bir qator bo’limlardan, jumladan: materiallar bo’limi, ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar bo’limi, kassa muomalalari bo’limi, asosiy vositalar hisobi bo’limi, mol yetkazib beruvchilar va boshqa majburiyatlar bilan hisob-kitob bo’limlaridan tashkil topishi mumkin. Tashkiliy tuzilishdan qat’i nazar, barcha buxgalteriya xodimlari bosh buxgalterga bo’ysunishi lozim.
Namuna

Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə