Toza alyuminiy va uning texnikada ishlatilishi
. Alyuminiy oq-kumush rangdagi
metall bo'lib, yoqlari markazlashgan kub kattakcha asosdagi kristall panjaraga ega
va uning muhim xususiyatlaridan biri o'rtacha zichligining kamligi (γ=2,7 g/sm
3
)
hamda yuqori plastiklik va elektr o'tkazuvchanlikka egaligidir.
Alyuminiy yaxshi payvandlanadi,
bosim ostidan oson ishlanadi, faqat uni kesib
ishlash qiyin.
Suyuq alyuminiy
ning oqish xususiyatlari ham yaxshi, biroq quymada
katta o'lchamdagi cho'kmalarni hosil qiladi. Alyuminiy havoda tez oksidlangani
uchun undan po'lat ustidagi korroziyabardosh qoplamalar olinadi.
Alyuminiyning
oksidlanishidan Al
2
O
3
hosil bo'ladi, undan havo (kislorod) ning ichkariga
diffuziyalanishi qiyin. Yuzadagi oksid qatlami tez ko'chadi, ammo alyuminiyning
oksidlanishi oson bo'lganligi uchun darhol yangi oksid qatlami hosil bo'ladi.
Shuning uchun oksid qatlam ostidagi yuza uzoq vaqt
oksidlanishdan saqlanishi
mumkin. Uning mexanik xossalari tarkibidagi o'zga qo'shimchalarning miqdoriga
bog'liq. Eng toza yoki maxsus tozalikka ega bo'lgan alyuminiy tarkibida 0,001%
qo'shimcha bo'ladi (A999), yuqori tozalikka ega bo'lgan alyuminiy tarkibidagi
qo'shimchalarning miqdori 0,005...0,5% bo'ladi (A995, A99, A97, A95).
Alyuminiy mashinasozlikda tok va issiqlik o'tkazadigan
hamda uncha katta
bo'lmagan hajmli korroziyabardosh vositalarni tayyorlashda qo'llaniladi. Alyuminiy
yuqori mexanik xususiyatlarga ega bo'lganligi uchun undan tashqi kuch ta'sirida
ishlaydigan vositalar deyarli tayyorlanmaydi. Quyma alyuminiyga qaraganda
deformatsiyalangan alyuminiyning xossalari yuqori bo'ladi. Sanoatda 2 turdagi
deformatsiyalangan (AДЛ va AДЛ) alyuminiy ishlab chiqariladi.
Texnik tozalikka ega bo'lgan alyuminiy yupqa tunukasimon (list), quvur,
sim va
boshqa har xil shakllarda chiqariladi. Yuqori kuchlanishga chidamli kabellarni
tayyorlashda hamda elektr o'tkazgich tarmoqlarida alyuminiydan juda samarali
foydalaniladi. Oziq-ovqat sanoati uchun alyuminiy qotishmalaridan
turli idishlar
tayyorlanadi, mahsulotlarni o'rash uchun qog'oz (folga) o'rnida ham ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: