Alyuminiy qotishmalari.
Alyuminiy qotishmalari toza alyuminiyga nisbatan
yaxshi mexanik va texnologik xossalarga ega. Shuning uchun mashinasozlik,
samolyotsozlik, kemasozlik, qurilish va qishloq xo'jaligida alyuminiy qotishmalari
keng qo'llaniladi. Alyuminiy legirlovchi elementlar bilan bir xil ko'rinishdagi
o'zgaruvchan tarkibli qattiq eritmalarni hosil qiladi. Shuning uchun ular holat
diagrammasi bo'yicha sinflarga ajratiladi (7.1-rasm).
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari
ning aksariyati yaxshi texnologik
xossalarga ega, plastikligi yuqori va ularni kesib ishlash oson. Shuning uchun
ulardan turli shakldagi yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish mumkin, masalan,
qog'ozlar (folga), listlar, chiviqlar, trubalar, qobirg'ali panellar, turli ko'ndalang
kesimdagi simlar, bolg'alash va shtamplash mahsulotlari. Bunday zagotovkalar
materialni sovuqlayin yoki issiqlayin bosim ostida ishlash usuli bilan olinadi
(presslash, ekstruzerdan o'tkazish, bolg'alash, shtamplash, jo'valash hamda
volchirlash). Zagotovkalarni plastik deformatsiyalash yo'li bilan olish samarali
texnologik
jarayon
bo'libgina
qolmay,
balki
alyuminiy
qotishmalarini
mustahkamligini oshirish usuli hamdir.
7.1-rasm.
Alyuminiy-legirlovchi element tizimi holat
diagrammasining umumiy ko'rinishi:
A-deformatsiyalanadigan
qotishmalar; V-quyma qotishmalar.
Lekin deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalarining ichida termik
ishlov natijasida
mustahkamligi oshmagan (I
) va
oshadigani (II)
ham bor (7.1-
rasmning A qismi). Masalan, Al-C-Mg-Mn turkumga kiruvchi qotishmalar
(duralyuminiy) termik ishlaganda ularning mustahkamligi oshadi (7.2-jadval).
Duralyuminiylar sovuq holda ham, issiq holda ham yaxshi deformatsiyalanadi.
Sovuqlayin deformatsiyalash odatda jarayonning orasida qayta kristallash bilan
yumshatib (350...370
0
C), bosqichma-bosqich olib boriladi.
|