1 – mavzu. Kirish. Alyuminiy qotishmalari va ularning xossalari Alyuminiy va uning qotishmalari



Yüklə 234,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü234,22 Kb.
#154691
1   2   3   4
1 – mavzu. Kirish. Alyuminiy qotishmalari va ularning xossalari

Alyuminiy qotishmalari.
Alyuminiy qotishmalari toza alyuminiyga nisbatan 
yaxshi mexanik va texnologik xossalarga ega. Shuning uchun mashinasozlik, 
samolyotsozlik, kemasozlik, qurilish va qishloq xo'jaligida alyuminiy qotishmalari 
keng qo'llaniladi. Alyuminiy legirlovchi elementlar bilan bir xil ko'rinishdagi 
o'zgaruvchan tarkibli qattiq eritmalarni hosil qiladi. Shuning uchun ular holat 
diagrammasi bo'yicha sinflarga ajratiladi (7.1-rasm). 
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari
ning aksariyati yaxshi texnologik 
xossalarga ega, plastikligi yuqori va ularni kesib ishlash oson. Shuning uchun 
ulardan turli shakldagi yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish mumkin, masalan, 


qog'ozlar (folga), listlar, chiviqlar, trubalar, qobirg'ali panellar, turli ko'ndalang 
kesimdagi simlar, bolg'alash va shtamplash mahsulotlari. Bunday zagotovkalar 
materialni sovuqlayin yoki issiqlayin bosim ostida ishlash usuli bilan olinadi 
(presslash, ekstruzerdan o'tkazish, bolg'alash, shtamplash, jo'valash hamda 
volchirlash). Zagotovkalarni plastik deformatsiyalash yo'li bilan olish samarali 
texnologik 
jarayon 
bo'libgina 
qolmay, 
balki 
alyuminiy 
qotishmalarini 
mustahkamligini oshirish usuli hamdir. 
7.1-rasm.
Alyuminiy-legirlovchi element tizimi holat 
diagrammasining umumiy ko'rinishi:
A-deformatsiyalanadigan 
qotishmalar; V-quyma qotishmalar. 
Lekin deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalarining ichida termik 
ishlov natijasida 
mustahkamligi oshmagan (I
) va 
oshadigani (II)
ham bor (7.1-
rasmning A qismi). Masalan, Al-C-Mg-Mn turkumga kiruvchi qotishmalar 
(duralyuminiy) termik ishlaganda ularning mustahkamligi oshadi (7.2-jadval). 
Duralyuminiylar sovuq holda ham, issiq holda ham yaxshi deformatsiyalanadi. 
Sovuqlayin deformatsiyalash odatda jarayonning orasida qayta kristallash bilan 
yumshatib (350...370
0
C), bosqichma-bosqich olib boriladi. 



Yüklə 234,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə