27 modul: Shtamplash. Reja



Yüklə 168,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix22.03.2024
ölçüsü168,13 Kb.
#180792
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lecture-27



27 - modul: Shtamplash. 
Reja. 
1.
Ochiq va yopiq shtamplar va ularda pakovkalar olish.Epoksid smolasi 
2.
Qizdirib hajmiy shtamplashda qo‘llaniladigan uskunalar. 
3.
Hajmiy shtamplangan pakovkalarni pardozlash operatsiyalari. 
4. List shtamplash 
5. Yuqori tezlikda shtamplash 
Materiallarni hajmiy shtamplash 

Hajmiy shtamplash 
deb ko’pincha ma’lum temperaturagacha qizdirilgan 
metall zagotovkalarning shtamp deb ataluvchi (odatda, ikki palladan iborat 
bo’lgan) asbobning pastki palla o’yig’iga quyilib, ustki palla bilan zarblab 
ishlashda deformatsiyalanib, shtamp o’yig’ini to’ldirishiga aytiladi (120–rasm, 
a). 
Bu usul yuqorida tanishilgan erkin bolg’alashga qaraganda ish unumining 
yuqoriligi, murakkab shaklli pokovkalar olinishi, shakli va o’lchamlarining 
aniqligi, sirti yuzasi g’adir-budirligining kamligi, yuqori malakali ishchini talab 
etmasligi kabi afzalliklariga ko’ra ko’plab bir xildagi pokovkalar tayyorlanadigan 
yirik temirchilik tsexlarida keng qo’llaniladi. Lekin shtamp narxining qimmatligi, 
pokovka massasining 250–300 kg gacha bo’lishi bu usulning kamchiligi 
hisoblanadi. 
 
Hajmiy shtamplash sxemasi: 
a–ochiq shtamplash; b–yopiq shtamplash; 1,2– shtamp pallalari; 3– pitr ariqchasi; 
4– zagotovka;
5– pokovka; v–pitr ariqchasining ko’rinishi 
SHtamplar, materiallar xili va konstruktsiyasi 
Yuqorida aytilganidek, metallarni hajmiy shtamplashda foydalaniladigan 
asboblarga 
shtamp 
deyiladi. Ular yuqori sifatli legirlangan po’latlarning 5XNV, 


5XNM, 5ATM, ZX2V9F va boshqa markalaridan tayyorlanib, tegishli termik 
ishlovlardan o’tadi. 
Ularning o’yiqlari shakli, o’lchamlari pokovkalar tashqi shakli va o’lchamiga 
juda yaqin bo’ladi. SHtamplar konstruktsiyasiga ko’ra ochiq va yopiq xillarga 
ajratiladi. Ochiq shtamplarning ajralish tekisligida olinuvchi pokovka tashqi 
konturi bo’ylab o’yig’i bo’lib, u bilan bog’langan tor pitr ariqchasi bo’ladi. Bu xil 
shtamplarda zagotovkalarni shtamplashda shtamp o’yig’idan ortiqcha bo’lgan 
metall tor ariqcha orqali pitr magaziniga o’tib pitr hosil bo’ladi. U keyin kesib 
tashlanadi. 
Uni bu tor va kichik hajmli ariqchada tezroq sovushida bir tomondan metallni 
pitr magaziniga o’tishiga ko’rsatuvchi qarshiligi ortishi shtamp o’yig’ini metall 
bilan to’laroq to’lishiga ko’maklashsa, ikkinchi tomondan shtamp pallalarini bir-
biriga urilishidan saqlaydi. Pitr ariqcha konstruktsiyasi va o’lchami pokovka 
materialiga, shakliga, o’lchamlariga va boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq Odatda, 
pitr massasi pokovka massasining 10–20 foizi oralig’ida bo’ladi. 
Metallarni erkin bolg’alashda ko’rilganidek, shtamplashda ham pokovka 
chizmasini loyihalashda detalь chizmasi asosida uning shaklini iloji boricha 
soddalashtirib, quyim, nominal o’lchamlar dopusklari, qoldirmalar, shuningdek, 
qizdirilgandagi kirishuv qiymatlari hisobiga pokovka hajmi (1,2-1,5 foiz) 
orttiriladi. Agar detalda teshik bo’lsa, u belgilanib, kesiluvchi parda qalinligi ham 
ko’rsatiladi. Zagotovkaning shtamp o’yig’iga osonroq o’tishi va pokovkaning 
undan oson ajratilishi uchun shtamp o’yig’ining kichik bo’lishi, ajralish 
tekisligining oddiy sirt bo’yicha bir yuzadan ikkinchi yuzaga o’tmas burchak 
bo’yicha o’tishi, shtampning ustki va pastki konturlari teng bo’lishi, yondoshgan 
yuza devor qalinliklari keskin farklanmasligi, shtamplashda metallning pastga 
qaraganda yuqoriga osonroq oqib o’tishi va boshqa talablarga alohida ahamiyat 
berish lozim. 
Amalda oddiy shaklli pokovkalar bir o’yiqdi shtamplarda, murakkab 
shakllilari ko’p o’yiqdi shtamplarda olinadi. 122–rasm, a da misol sifatida 
pokovkalarni ko’p o’yiqdi shtampda olish ko’rsatilgan, ko’p o’yiqli shtamplarning 
o’yiqlari odatda cho’zish, ayrim joylariga shakl berish, egish va boshqa ishlarni 
bajaradi. SHunga ko’ra, ular xomaki va uzil-kesil ishlovchi o’yiqlarga ajratiladi. 
Uzil-kesil ishlanuvchi pokovka o’yig’i uning tashqi shakliga va o’lchamiga mos 
bo’ladi, lekin sovigach, metallning kirishuv hisobiga o’yiq hajmi bir oz kattaroq 
qilinadi. Odatda, murakkab shaklli pokovkalarni ko’p o’yiqli shtamplarda olish 
iqtisodiy jihatdan ma’qulroqdir. 122–rasm, 

da ko’p o’yiqdi shtampda tsilindrik 
zagotovkadan shatun pokovkasi olishga misol keltirilgan.–rasmdagi ishlov ketma-


ketligiga qaralsa, zagotovka avvaliga shtampning o’tish o’yig’i 1 ga o’tkazilib 
chiziladida, keyin ayrim joyini yumaloqlash joyi o’yig’i 

ga o’tkazib ishlanadi
so’ngra shakl berish o’yig’ida va oxiri uzil-kesil ishlash o’yig’i 

da ishlanadi. 
Ko’p o’yiqli shtamp va shtamplashdagi o’tishlar: 
1–cho’zish o’yig’i; 2– ayrim joyini yumaloqlash o’yig’i; 3– shakl berish o’yig’i; 
4– pardozlash o’yig’i 

Yüklə 168,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə