1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 
 
1
.
Dangasalik deganda nimani tushunasiz?
 
2.Yalqovlikning oqibatlarini aytib bering?
3.Bog‘bon farzandlariga nima deb nasihat qildi? 

 
 
 
Dangasalik va yalqovlikka misollar keltiring.
 
 
 
 
 
 


45
Avval o‘yla, keyin so‘zla (2 soat) 
Xalqimizda avval o‘yla, keyin so‘zla degan hikmatli so‘z bor. Insonga 
berilgan ne’matlar juda ham ko‘p bo‘lib, ulardan biri nutq ya’ni so‘zlash 
imkoniyatidir. Inson so‘zlash jarayonida o‘zining ilmi, axloqi va ichki 
tuyg‘ularini namoyon qiladi.
So‘zlash jarayonida suhbatdoshining yoshi, salohiyati va ruxiy 
holatini hisobga olish lozim. Suhbat davomida muloyim va odob bilan 
muomala qilish, munosabatlarga yaxshi ta’sir qiladi. O‘ylamay 
so‘zlashning oqibatida kimningdir ko‘ngliga bilib-bilmay ozor 
berishingiz, uni ranjitib qo‘yishingiz mumkin. Natijada bu inson sizdan 
xafa bo‘ladi, o‘zaro aloqalarga putur yetadi. Oila va jamiyatda ahillik
o‘zaro hurmat, ishonch va do‘stlik rishtalari uziladi. Xafa bo‘lgan inson 
qalbida adovat, xusumat hatto, dushmanlik kayfiyati paydo bo‘lishi ham 
mumkin.
Alisher Navoiy bobomiz: “Og‘ziga kelganin demak nodonning ishi, 
oldiga kelganin yemak hayvonning ishi” -deb bekorga ta’kidlamaganlar. 


46
Ota-bobolarimizning “Aytilgan gap otilgan o‘q kabidir”, “Gapirsang 
chiroyli gapir, bo‘lmasa jim tur”! degan hikmatli so‘zlarini doimo yodda 
saqlash lozim. Shuni unutmaslik kerakki, dono odam dushmanni 
do‘stga aylantiradi, nodon odam esa do‘stni dushmanga aylantiradi.

Kishining go‘zalligi uning tilidan bilinur.

So`zda sehr bor, she’rda hikmat. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə