1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

O`ylamay so‘zlashning oqibati
Bahorning iliq shabbodasi inson dimog‘iga urilib, daraxtlar gullari hidini 
butun borliqqa sochmoqda. Maktab sport maydonchasida 9-“A” va 9-“B” 
sinf o‘quvchilari ortasida voleybol musobaqa bo‘lmoqda. Oxirgi hal qiluv 
pallasida Nafisa tomoniga otilgan ketma-ket to‘p o‘yin natijasini hal qildi. 
Oyin taqdiri “A” sinf “B” sinfdan ikki ochko ortiq bilan g‘olib 
bo‘ldi.Nafisa to‘pni ushlashga harakat qildi ammo, uddasidan chiqa 
olmadi. 
Sinf sardori Ma’luda bunga chiday olmadi. Bor alamini 
Nafisadan oldi: –Eplolmas ekansan, nima qilarding voleybol o‘ynab. 
Jamoamizni kulguga qoldirding-ku. –Afsusdaman. Meni kechiringlar. 
Ma’ludaning gapi Nafisaning qalbiga qattiq botgan edi. U bunday 
bo‘lishini kutmagan edi. Qo‘lini imkoniyati cheklangani bunga pand 
berdi. Ma’luda buni ham o‘ylamadi, og‘ziga nima kelsa shuni gapirdi 
sinfdoshlari esa: - Axir, bu bir o‘yin-ku! Nega Nafisani kamsitayapsan? 
Bugun mag‘lub bo‘ldik, keyingi bellashuvda g‘olib bo‘larmiz! 
Arzimagan o‘yin uchun o‘rtog‘imizning dilini ranjitishing shartmi? –dedi. 
Bunday tortishuvdan so‘ng Nafisa ortiq turolmadi tezda o‘quv 
xonasiga kirib ketdi. Nafisa a’lochilar safida bo‘lmasa ham tirishqoq 
zehnli qiz edi. Barcha sinfdosh do‘stlarini tug‘ilgan kuniga o‘z qo‘li bilan 
qanqaydir sovg‘a tayyorlashga harakat qilar edi. Oradan ikki oy o‘tib 
Ma’ludaning tug‘ilgan kuni bo‘ldi.


47
Sovg‘alar ichida eng bejirim va chiroylisi Nafisaning tuhfasi bo‘ldi. 
To‘g‘risi, Ma’luda kashtalar bilan bezatilgan bunday sumkani hali hech 
kimda ko‘rmagan edi. Uni ertaga maktabga tutib borishga va Nafisadan 
uzr so‘rashga qaror qildi. O‘zini telefonga chaqirishayotganini eshitgan 
Nafisa go‘shakdan Ma’ludani ovozini eshitdi: 
- Nafisa yaxshimisan
meni kechir 
men adashgan ekanman. Uzr so‘rash uchun telefon 
qilgandim. Hammani oldida uzr so‘ragani g‘ururim yo‘l qo‘ymas edi. 
Mendan xafa emasmisan? – deb so‘radi. 
-Yo‘q, xafa emasman, -deya 
sekin javob qildi Nafisa. Bu suhbatni eshitib turgan ukasi nima bo‘lganini 
bilmas edi.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə