1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 


43

Har bir insonda iste’dod bor, ammo uni dangasalik o‘ldiradi.

Baxt - yalqovga begona. 
 
 
 
 
 
 
 
Go‘zal bog‘
Qadim zamonda bir bog‘bon bo‘lib, uning juda go‘zal bir bog‘i bor 
edi. Bu bog‘da turli mevalar bo`lib, bog‘bon har yili bog‘idan mo‘l hosil 
olar edi. Buning sababi bog‘bon erinmay daraxtlarning tagini chopib 
chiqar, yovvoyi o‘tlardan bog‘ni tozalar edi. Bog‘iga suv qo‘yishni 
unutmas edi. Bog‘bonni ikki o‘g‘il farzandi bo‘lib, katta o‘g‘li 
mehnatsevar, harakatchan yigit edi. Kichigi esa dangasa yalqov bo‘lib 
voyaga yetdi. Kunlar o‘tib bog‘bonni yoshi ulg‘ayib, bog‘ning ishiga 
yaramay qoldi. Shunda o‘g‘illarini chaqirib bugundan boshlab bog‘ni 
sizlarga topshirdim. Unga mehr berib qarasangiz, dasturxoningiz to‘kin, 


44
hayotingiz farovon bo‘ladi, deb nasihat qildi. Bog‘bon yaxshi niyat bilan 
haj safariga jo‘nab ketdi. Farzandlar shu yili otasining nasihatiga amal 
qilib, mo‘l hosil olishdi. Bir kuni katta o‘g‘il savdo safariga chiqishni 
niyat qildi. Ukasiga bog‘ ishlarini bajarib turishni tayinladi. Tez orada
o‘zi karvon bilan qo‘shilib jo‘nab ketdi. Ukasi bo‘lsa dangasalik va 
yalqovlik qilib bog‘ga qaramadi. Buning oqibatida bog‘ning hosili 
ozayib, hatto ayrim daraxtlar suvsizlikdan quriy boshladi.
Akasi safardan katta foyda bilan keldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, 
bog‘ abgor holatga kelgan. Shunda ukasini chaqirib: “Bu nimasi? Odam 
shunchalik ham dangasa, yalqov bo‘ladimi? Otamizga nima deb javob 
beramiz” –deb tanbeh beribdi. Akasining tanbehi o‘rinli edi. Otasining 
qilgan mehnati zoye bo‘lganini ko‘rib afsuslandi va akasidan kechirim 
so‘radi. 


Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə