1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад



Yüklə 304,02 Kb.
səhifə28/29
tarix05.06.2023
ölçüsü304,02 Kb.
#115549
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkazi

O’yin qoidalari va reglament
To’rtinchi hakam tomonidan o’yindagi to’xtalishlar hisobiga yo’qotilgan vaqtni e’lon qilish
7 - Qoida: O’yining davomiyligi. Vaqt qo’shib berish.
O’yinning har bir bo’limida quyidagi holatlar uchun vaqt yo’qotilishi tufayli qo’shimcha vaqt qo’shib beriladi:
. o’yinchi (lar) almashtirish,
. o’yinchi jarohati darajasining jiddiyligini baholash,
. kuzatib qo’yish (o’yinchiga yordam ko’rsatilishi uchun maydondan tashqariga chiqarish),
. o’yinni cho’zish,
. boshqa biror sabab.
Vaqtni qo’shish bosh hakam ko’rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
Musobaqalar reglamentida belgilanishicha, o’yin vaqtida stadionlardagi soatlar ishlashi mumkin, yagona shart shundan iboratki har bir bo’lim, ya’ni 45 va 90 daqiqa tugagach, soatlar to’xtatiladi. Ushbu shart final o’yinlarining qo’shimcha bo’limlari uchun ham taalluqli. (Ya’ni, soatlar15 va 30 daqiqa o’tgach, to’xtatiladi).
O’yindagi to’xtalishlar hisobiga yo’qotilgan vaqtni e’lon qilish
Agar o’yin tugamagan bo’lsa, bosh hakam o’yindagi to’xtalishlar uchun qo’shimcha vaqt ajratsa, unga juda katta bosim o’tkaziladi. O’yinchilar, murabbiylar, jamoalar rahbarlari va axborot vositalari qancha vaqt qo’shilganidan bexabar bo’lishadi va bosh hakam tomonidan qo’shib berilgan vaqtda gol urilsa, bu holat bosh hakamga e’tirozlarni kuchaytirib yuboradi.
Hakamlar Qo’mitasi qiziqayotgan tomonlar o’yindagi to’xtalishlar uchun qancha vaqt qo’shib berilayotgani to’g’risida ogohlantirilsa, bosh hakamga bosim keskin kamayadi degan to’xtamga keldi.
Bosh hakam va to’rtinchi hakam o’yindagi to’xtalishlar hisobiga vaqt yo’qotilishiga ko’proq e’tibor berishlariga to’g’ri keladi. Hakamlar Qo’mitasi oddiy holatlarda o’yinchi almashtirishga 30 soniya, jarohatlangan
o’yinchini maydon tashqarisiga kuzatish uchun 1 daqiqa qo’shib berishni tavsiya etadi. Alohida hollarda bosh hakam yuqorida qayd etilgan holatdan farqli o’laroq, vaqt yo’qotilishini aniqroq hisoblashi zarur bo’ladi. (Masalan, maydonda darvozabonga yordam ko’rsatilganda).
Italiyada keyingi yillarda to’plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Hakamlar Qo’mitasi UEFA musobaqalarining barcha o’yinlarida e’lon qilishning quyidagi qoidalariga asosan, to’rtinchi hakam tomonidan qo’shib berilayotgan vaqtni e’lon qilishni tavsiya etadi:

  • Har bir bo’limda asosiy o’yin vaqti tugagandan so’ng (45- va 90-daqiqalar o’tib bo’lgach) bosh hakam to’rtinchi hakamga imo- ishora yoki ovoz chiqarib, qancha vaqt qo’shishga qaror qilganini bildiradi. O’yinga yarim daqiqa yoki soniyalar emas, to’liq daqiqalar qo’shib beriladi. Ushbu qoida qo’shimcha bo’limlarda ham amal qiladi (15- va 30-daqiqalar tugagandan so’ng).

  • To’rtchi hakam o’yinchilar, murabbiylar, tomoshabinalar va axborot vositalariga eng kamida qo’shib berilayotgan daqiqalarni o’yinchi almashtirishda foydalaniladigan raqamlangan (oddiy yoki elektron) tablichkalar yordamida ko’rsatadi.

  • Bir marta va tomshabinlar uchun ushbu axborot stadionning retranslyastion tizimi yordamida e’lon qilinishi mumkin, shuningdek, qisqa vaqt mobaynida stadiondagi gigant monitorda ham ko’rsatilishiga ruxsat beriladi.

  • O’yinning asosiy vaqti tugagach, ya’ni 45- va 90-daqiqalar o’tib bo’lgach, stadiondagi soat to’xtatiladi, agar qo’shimcha bo’limlar o’tkazilsa, 15- va 30-daqiqalardan so’ng soat yana to’xtatilishi kerak.

O’yinga qo’shib berilgan daqiqalarda biror holat yuz bersa va bu holat o’z-o’zidan yana vaqt qo’shishni talab qilsa, na bosh hakam, na to’rtinchi hakam yana qancha vaqt qo’shilishini ko’rsatmaydi. O’yin qoidalariga muvofiq, qo’shib berilgan vaqtda o’yin to’xtalishlari uchun, shubhasiz, yana bir qancha vaqt qo’shib beriladi.


Yüklə 304,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə