1-амалий машғулот. Futbol musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish. Ишдан мақсад



Yüklə 304,02 Kb.
səhifə27/29
tarix05.06.2023
ölçüsü304,02 Kb.
#115549
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
1 амалий маш улот Futbol musobaqalarni tashkil etish va o\'tkazi

TEXNIK MAYDONCHA
Rasmda ko’rib turganingizdek, maydonda bo’ladigan uchrashuvlarda zaxira futbolchilari uchun maxsus o’rindiq va jamoa rahbariyati uchun mo’ljallangan 3-qoida va 2-qarordagi kabi texnik maydoncha bo’ladi.
Texnik maydonchalar turli maydonlarda bir - biridan farq qilishi
mumkin. Masalan, kattaligi va o’rnatilgan joyi bilan farq qiladi. Lekin bu maydonchalarni aniqlash uchun quyidagi bir xil pirnstiplarga asoslanadi:
. Texnik maydoncha zaxira o’rindig’idan barcha tomonlarga 1 metr masofada chiziq tortilib chegaralanadi. Maydonning yon chizig’idan ham 1 metr masofada ajralib turadi.
. Texnik maydonchaning chegarasini aniqlash uchun aniq belgilardan foydalanish tavsiya etiladi.
. Musobaqa reglamentiga ko’ra texnik maydoncha ichidagi
shaxslar soni aniqlanadi.
. Texnik maydonchada turishga musobaqa reglamentiga ko’ra
aniqlanagan shaxslarga ruxsat beriladi. Ularning familiyalari musobaqa bayonnomoasiga o’yin boshlanguncha kiritilishi shart.
. Hamma vaqt faqat bitta shaxsga o’yinchilarga ko’rsatma berishga ruxsat beriladi va ko’rsatmalarni berib bo’lingandan keyin u darhol o’rindiqdagi o’zining joyiga qaytishi shart.
. Murabbiy va rasmiy shaxslar texnik maydonchadan tashqariga chiqish huquqi berilmagan. Faqat shifokorlar bundan mustasno. Ular maydondagi bosh hakam ko’rsatmasiga asosan jarohat olgan futbolchiga tibbiy yordam ko’rsatish maqsadidagina texnik maydonchadan tashqariga chiqishi mumkin.
. Texnik maydonchadagi murabbiy va rasmiy shaxslar o’zlarining javobgarlik doirasiga kiradigan darajada to’g’ri tutishlari lozim.


TO’RTINCHI HAKAM
. Musobaqa reglamentiga ko’ra har bir o’yinga to’rtinchi hakam tayinlanishi mumkin. Agar maydonda harakat qilayotgan 3 hakamdan birontasi o’zining vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa, unda 4-hakam uning o’rniga almashtiriladi.
. Agar hakam o’z vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa unda hakamlarni almashtirish tartibi musobaqa reglamenti asosida amalga oshiriladi.
. Bosh hakam ko’rsatmasiga binoan to’rtinchi hakam o’yingacha, o’yin paytida va o’yindan keyin bosh hakamga barcha tashkiliy ishlarda yordam berishi mumkin.
. To’rtinchi hakam o’yin paytida futbolchilarning almashtirish jarayoniga bevosita yordam berishga majbur.
. Agar o’yin jarayonida o’yindagi to’pni almashtirish zaruriyati tug’ilsa, unda to’rtinchi hakam bu ishga ma’suldir. O’yin vaqtini cho’zmaslik uchun to’rtinchi hakamda zaxira to’pi bo’lishi lozim.
. To’rtinchi hakam futbolchi zaxiradan maydonga tushishidan oldin o’yinchini tekshirib ko’rish huquqiga ega. Agar futbolchining kiyinishada xatolikni sezsa buni darhol bosh hakam yordamchisiga ma’lum qiladi. U esa o’z o’rnida bosh hakamga bu haqda ma’lumot beradi.
. To’rtinchi hakam barcha masalalarda bosh hakamga yordam beradi.
. O’yin tugashi bilan to’rtinchi hakam o’yin haqidagi bayonnomona musobaqa o’tkazuvchi tashkilotga olib borib beradi. Agar o’yin vaqtida bosh hakam va uning yordamchilari rasmiy shaxslarning o’zlarini noto’g’ri tutishi va baxtsiz hodisalarni nazaridan chetda qoldirgan bo’lsa, unda to’rtinchi hakam hakamlar jamoasi bilan kelishilgan holda bu haqda bayonnomada aks ettirish lozim.



Yüklə 304,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə